Buxgalteriya schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga
ajratish
- bunda schyotlarda nimalar hisobga olinishi e’tiborga olinadi. Bunday
guruhlash xо‘jalik mablag‘larini, ularni tashkil topish manbaalarini hamda xо‘jalik
jarayonlarining holati va harakatini aks ettirishda qaysi schyotlardan foydalanish
zarurligini kо‘rsatadi. Namunaviy schyotlar rejasini tuzishda schyotlarning
iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratish asos qilib olingan. Buxgalteriya
hisobi schyotlarini iqtisodiy mazmuniga kо‘ra turkumlarga ajratish asosida
buxgalteriya hisobi obyektlarining xо‘jalik mablag‘lariga, mablag‘larning
manbaalariga va xо‘jalik jarayonlariga bо‘linishi yotadi. Bu jihatiga kо‘ra
schyotlar xо‘jalik mablag‘larini, mablag‘larni tashkil topish manbaalarini va
xо‘jalik jarayonlarini hisobga oluvchi schyotlarga bо‘linadi.
Xо‘jalik
mablag‘larini
hisobga
oluvchi
schyotlardan
xо‘jalik
mablag‘larining holati va harakatini aks ettirish hamda ular ustidan nazorat olib
borish uchun foydalaniladi. Bu schyotlarda korxonalarning ishlab chiqarish
faoliyati, ishlab chiqarishda bо‘ladigan xarajatlar, xо‘jalik faoliyati natijasida
olingan foyda summasining taqsimoti, muomala munosabatlari va ishlab
chiqarishga tegishli bо‘lmagan sarflar hisobga olinadi. Bunday maqsadlar uchun
schyotlar rejasida “Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli
qо‘yilmalar”, “Tovar - moddiy zahiralar”, “Tayyor mashulotlar va sotish”, “Pul
mablag‘lari” degan schyotlar guruhi nazarda tutilgan.
298
Xо‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbaalarini hisobga oluvchi
schyotlarda xо‘jalik subyektlarining о‘z mablag‘lari manbaalari, ularning
oborotiga jalb qilingan mablag‘lar manbaalari va ularning xо‘jalik faoliyatidan
olinadigan moliyaviy natijalar aks ettiriladi.
Korxonalarni о‘z mablag‘lari manbai bо‘lib, har xil kapital va zahiralar
xizmat qiladi. Bu guruhi schyotlari yordamida mavjud kapital va zahiralar hamda
ularning о‘zgarishi, shuningdek, ulardan foydalanishga doir kо‘pgina
umumlashtiruvchi ma’lumotlar olinadi.
Korxona faoliyatiga jalb qilingan mablag‘larning manbaalarini aks
ettiriruvchi schyotlar amaldagi schyotlar rejasida alohida guruhga ajratilgan, bu
schyotlarda banklarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari, mol yetkazib beruvchi
va pudratchilar hamda har xil kreditorlar bilan hisob-kitoblar, qisqa muddatga
olingan qarzlar va boshqalar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Bu
schyotlar “Hisob kitoblar”, “Kreditlar va mablag‘ bilan ta’minlash” degan
bо‘limlarda keltirilgan.
Bundan kо‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi schyotlarining iqtisodiy
mazmuniga qarab turkumlarga ajratganda schyotlarda hisobga olinadigan
obyektlarning iqtisodiy mazmunini birligi asos qilib olinadi. Shuning uchun ham
iqtisodiy mazmuniga qarab bir guruhda keltirilgan schyotlarning tayinlanishi va
tuzilishi turlicha bо‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |