Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BUXGALTERIYA HISOBINING SUBYEKTI VA OBYEKTI



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

7. BUXGALTERIYA HISOBINING SUBYEKTI VA OBYEKTI. 

Korxonalar  faoliyatini  boshqarishda,  ishlab  chiqarilgan  mashulot  miqdori, 

bajargan ish va kо‘rsatgan xizmatlar tannarxi va boshqa faoliyat turlari tо‘g‘risida 

kо‘plab ma’lumotlar zarur bо‘ladi. 

Bozor  munosabatlariga  asoslangan  boshqaruv  tizimi  korxonalar  о‘rtasida 

erkin  raqobat  va  tijorat  sirini  vujudga  keltiradi.  Ulardan  ishlab  chiqargan 

mashulotlari,  bajargan  ishlari,  kо‘rsatgan  xizmatlari  tannarxini  shakllanish 

tamoyillari  haqidagi  ma’lumotlarni  raqobatchilariga  sezdirmaslik  talab  etiladi. 

Chunki  mashulot,  ish,  xizmatlar  tannarxi  tо‘g‘risidagi  ma’lumotlar  korxonaning 

tijorat siri bо‘lib hisoblanadi.  Shuning uchun ishlab  chiqargan  mashulot  miqdori, 

bajargan ish va kо‘rsatgan xizmatlar tannarxi tо‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari faqat 

korxona  egalari,  investorlar,  kreditorlar,  menejerlari  va  mutaxassislarga  taqdim 

etiladi.  

Korxona  egalari,  menejerlari,  iqtisodchilari,  buxgalterlari,  ta’minotchilari 

bilan  bir  qatorda,  korxonaning  moliya-xо‘jalik  faoliyatini  sifat  kо‘rsatkichlarini 

tavsiflovchi moliyaviy ma’lumotlar bilan uning faoliyatiga investitsiya kirituvchi, 

“begona”  xuquqiy  va  jismoniy  shaxslar  hamda  korxonaning  boshqa  hamkorlari, 

bankirlar,  aksionerlar,  kreditorlar,  hukumat  tashkilotlari  ham  qiziqadilar.  Ular  har 

doim  korxonani  moliya  -  xо‘jalik  faoliyati  tо‘g‘risidagi  ma’lumotlarga  ega 

bо‘lgilari  keladi.  Misol  “Vodiygaz”  korxonasiga  kapital  kiritgan  aksiyadorlar 




199 

 

 



korxonaning  moliyaviy  holati  tо‘g‘risidagi  axborotga  ega  bо‘lgisi  keladi.  Yoki 

korxona  ssuda  olishni  hoxlasa,  bank  yoki  boshqa  ssuda  beruvchi  tashkilot 

korxonadan  tо‘lov  qobiliyati  tо‘g‘risidagi  axborotni  talab  qiladi.  Amaliyotda 

bunday  ma’lumot  va  axborotlar  moliyaviy  hisob  orqali  olinadi.  Demak  korxona 

egalari,  menejerlari,  iqtisodchilari,  buxgalterlari,  ta’minotchilari  va  tashqi 

foydalanuvchilarga  (bankirlar,  aksionerlar,  kreditorlar,  hukumat  tashkilotlari) 

tayyorlangan, shuningdek, jamoatchilik hukmiga taqdim  etish uchun chop  etishga 

mо‘ljallangan  axborotlar  moliyaviy  hisob  axborotlari  deyiladi.  Shuningdek 

korxona  rahbarlari  va  menejerlari  о‘zlarining  xizmat  vazifalarini  bajarishlari 

jarayonida  boshqaruv  qarorlari  qabul  qilishlari  uchun  tahlil  qilingan  qisqa 

ma’lumotlardan  va  boshqa  axborotlardan  foydalanadilar.  Bunday  ma’lumot  va 

axborotlar boshqaruv hisobi orqali olinadi. 

Shunday  qilib,  korxona  rahbarlari,  menejerlari,  iqtisodchilari,  buxgalterlari 

va  ta’minotchilariga  yordam  uchun  tayyorlangan  hisob  axboroti  boshqaruv  hisob 

axboroti deb ataladi. Boshqaruv hisob axborotlari korxona faoliyatini rejalashtirish, 

xо‘jalik  muomalalari  va  mashulot  ishlab  chiqarish  ustidan  nazorat  о‘rnatish, 

korxonada  byudjet  bajarilishi  va  foyda  olishning  monitoringini  о‘rnatish, 

shuningdek,  kompaniyaning  kelajakda  muvaffaqiyatga  erishishini  bashorat  qilish 

uchun ham foydalaniladi.  

Shunga  kо‘ra,  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  ikki  turga  bо‘linadi: 

moliyaviy hisob ma’lumotlari; boshqaruv hisobi ma’lumotlari. 

Moliyaviy  hisob  ma’lumotlari  -  barcha  qiziquvchilar  uchun,  boshqaruv 

hisobi  ma’lumotlari  esa  faqatgina  chegaralangan  shaxslar,  korxona  xodimlari 

uchun  taqdim  etiladi.  Hisob  ma’lumotlarini  bunday  ikki  yо‘nalish  bо‘yicha 

ajralishiboshqaruv va moliyaviy hisoblarini vujudga keltiradi. 

Boshqaruv  hisobi  foydalanuvchilarni  korxona  ishlab  chiqarish  jarayonlari 

uchun zarur bо‘lgan xom-ashyo, materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan 

yarim  tayyor  mashulotlar,  yoqilg‘i  va  ehtiyot  qismlarni  zahiralari,  korxonaning 

ishlab  chiqarish  sarflari,  xodimlarning  ish  haqlari,  asosiy  vositalarni  eskirishi, 

ishlab  chiqarilgan  mashulotlarni  tannarxi  va  boshqa  shu  kabi  ma’lumotlar  bilan 




200 

 

 



ta’minlaydi.  Shuning  uchun  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  ishtirok  etadigan, 

mehnat  vositalari  zahiralari  va  sarflari,  mehnat  xarajatlari  va  mashulot  tannarxini 

kalkulyatsiya qilish boshqaruv hisobining obyekti bо‘lib hisoblanadi. 

Moliyaviy 

hisob 

ma’lumotlari 



moliyaviy 

hisobotlar 

orqali 

foydalanuvchilarga  yetkaziladi.  Moliyaviy  hisobot  ma’lumotlariga  asoslanib,  har 

bir  mulkdor,  investor,  kreditor,  aksiyador  korxonaning  moliyaviy  faoliyati 

tо‘g‘risida  xulosa  qiladi  va  о‘zi  uchun  zarur  bо‘lgan  qarorlarni  qabul  qiladi. 

Moliyaviy  hisob  ma’lumotlaridan  foydalanuvchilar  juda  kо‘p.  Ularni 

umumlashtirib 

ikki 

guruxga 


ajratamiz: 

ichki 


foydalanuvchilar, 

tashqi 


foydalanuvchilar.  

Ichki  foydalanuvchilarga  korxona  menejerlari,  iqtisodchilari,  buxgalterlari, 

ta’minot bо‘limi xodimlari va boshqa mutaxassislar kiradi.  

Tashqi foydalanuvchilar о‘z navbatida yana ikki guruhga bо‘linadi: 

1.  Korxona  faoliyatidan  bevosita  manfaatdor  bо‘lganlar  (korxona  egalari 

ya’ni  mulkdorlar,  ular  korxonada  о‘z  mablag‘lari  hissasini  kо‘paytirishni  yoki 

kamaytirishni  belgilab,  korxona  rahbariyati  tomonidan  moddiy  va  moliyaviy 

resurslardan  qanchalik  samarali  foydalanayotganligini  baholaydilar), aksiyadorlar, 

investorlar,  kreditorlar  (berilgan  kreditlarini  qaytarib  olish,  ular  yuzasidan  foiz 

tо‘lanish  ehtimolini  baholaydilar),  ta’minotchi  va  pudratchilar,  soliq  idoralari 

xodimlari va korxonaning ishchi va xizmatchilari. 

2. Korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdor bо‘lganlar, auditorlik firmalari, 

moliyaviy maslahatchilar, fond birjasining makler va brokerlari, qonun chiqaruvchi 

idoralar, huquqshunoslar, matbuot va axborot agentliklari, kasaba uyushmalari. 

Buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlaridan  foydalanuvchilar  buxgalteriya  hisobining 

subyektlari deyiladi. 

Takror ishlab chiqarish jarayonlarida mehnat vositalari, mehnat buyumlari va 

jonli  mehnat  bilan  bog‘liq  bо‘lgan  sarflar  sodir  bо‘ladi.  Bizga  ma’lumki, 

buxgalteriya  hisobi  bu  jarayonlarda  sodir  bо‘layotgan  moddiy  va  moliyaviy 

resurslarni  harakatini,  korxonalar  faoliyatidagi  passivlar  va  majburiyatlarda  sodir 




201 

 

 



bо‘ladigan о‘zgarishlarni qonuniyligini kuzatish va hujjatlashtirish asosida hisobga 

olish vazifasini bajaradi.  

Har bir korxona ish boshlashidan avval mashulot ishlab chiqarish jarayonida 

va  faoliyatining  boshqa  sohalarida  ishlatiladigan  xom  ashyo,  material,  yoqilg‘i, 

yarim  tayyor  mashulotlar,  ehtiyot  qismlar,  savdo-sotiq  bilan  shug‘ullanuvchi 

korxonalar esa tovarlar va boshqa moddiy qiymatliklarning zaruriy zahiralariga ega 

bо‘lishi shart. Bunday zahiralar korxonaning ta’minot bо‘limi tomonidan ta’minot 

jarayonida  harid  qilinadi.  Ta’minot  jarayonining  obyektlari  bо‘lib,  xom  ashyo, 

materiallar,  yoqilg‘i,  ehtiyot  qismlar,  mol  yetkazib  beruvchilar  bilan  bо‘ladigan 

hisob-kitoblar va boshqalar hisoblanadi. Bunday hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi 

vositasida  olib  boriladi  hamda  nazorat  qilinadi.  Shuning  uchun  ham  ta’minot 

jarayonini buxgalteriya hisobi predmeti, deb hisoblaymiz.  

Ishlab  chiqarish  jarayonida  mehnat  qurollari,  mehnat  buyumlari  va  ishchi 

kuchi ishtirok etadi. Bunda ishlab chiqarish zahiralariga mehnat qurollari va ishchi 

kuchi vositasida ta’sir etib, mashulot yaratiladi. Yangitdan yaratilgan mashulotlarni 

tannarxini  hisoblashga  bо‘lgan  zaruriyat,  ishlab  chiqarish  jarayonida  sarflangan 

barcha mehnat vositalarining (mashinalar, ulchov uskunalar, xom ashyo, material, 

yarim tayyor mashulotlar hamda arzon baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar) 

qiymatini  hamda  sarflangan  ish  vaqti  davomida  bajargan  ishlarning  puldagi 

miqdorlarini  bilishga  ehtiyoj  tug‘diradi.  Ishlab  chiqarish  jarayonida  ishtirok 

etayotgan  mashinalar,  ulchov-uskunalar  va  boshqa  mexanizmlarning  eskirishini 

hisoblash, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mashulotlar hamda arzon baholi va 

tez ishdan chiqadigan buyumlarni ishlab chiqarish davridagi harakatini (korxonaga 

kelishini,  ishlab  chiqarishga  sarflanishini)  va  ishlab  chiqarishda  bajarilgan 

ishlarning  miqdorini  qayd  qilish,  ular  ustidan  nazorat  olib  borish  buxgalteriya 

hisobi vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mashulot ishlab chiqarish, 

xizmatlar  bajarish  va  mashulotlar  tannarxini  kalkulyatsiya  qilish  buxgalteriya 

hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi.  




202 

 

 



Sotish  jarayonida  ishlab  chiqarilgan  tayyor  mashulot  haridorlarga  yuboriladi 

va  buning  evaziga  korxonaga  pul  kelib  tushadi.  Sotish  jarayonining  obyektlariga 

quyidagilar kiradi: 

1.

 



Korxonaning tayyor mashulotlarini omborlardagi harakatini hisobga olish va 

ularni ombordan haridorlarga yuborish; 

2.

 

Haridorlar va buyurtmachilar bilan bо‘ladigan hisob - kitoblar; 



3.

 

Moliyaviy natijalarni aniqlash; 



4.

 

Kassadagi pullar va bankdagi boshqa schyotlardagi mablag‘lar. 



Bunday hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi vositasida olib boriladi va nazorat 

qilinadi.  Shuning  uchun  ham  sotish  jarayoni  buxgalteriya  hisobining  predmeti 

bо‘lib hisoblanadi.  

Xulosa qilib aytish mumkinki, korxonalar ixtiyoridagi xо‘jalik mablag‘lari va 

manbalarining  hajmi,  tarkibi,  joylanish  va  tayinlanishi,  ularning  takror  ishlab 

chiqarish  jarayonlaridagi  faoliyatlari  davrida  sodir  bо‘ladigan  hodisalar  ta’sirida 

о‘zgaradi. Bu о‘zgarishlar buxgalteriya hisobida qayd qilib boriladi va korxonalar 

xо‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi. 

О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonunning 7-

moddasida  buxgalteriya  hisobining  obyektlariga  “Aktivlar,  majburiyatlar,  xususiy 

kapital, zahiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan 

bog‘liq xо‘jalik  operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya 

hisobi  obyektlari  sintetik  va  analitik  hisoblarda  yuritiladi,  -  deb  ta’rif  berilgan. 

Asosiy va joriy aktivlar, zahiralar, daromadlar, xarajatlar - aktivlardir, shuningdek, 

xususiy  kapital,  foyda,  zararlar  esa  -  passivlardir.  Shunga  muvofiq,  ushbu  ta’rifni 

soddalashtirgan  holda  quyidagicha  talqinda  bayon  etishni  tavsiya  etamiz: 




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish