bosqichida, iqtisodiyotni isloh qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Eng
muhimi, mulkni xususiylashtirilishi natijasida davlat ham korxonalar qatori
iqtisodiy subyektga aylandi. Endilikda mashulot ishlab chiqarish va uni kimga,
qachon, qanchadan sotishni davlat emas, balki korxonalarning о‘zlari hal qiladi.
Bozorda raqobat vujudga kela boshladi. Qaysi ishlab chiqaruvchi bozorga arzon,
sifatli va keng assortimentli, xaridorgir bо‘lgan tovarni chiqarsa, uning mavqei
bozorda ortib boradi. Bozorda qanday tovar va mashulotlarga talab yuqori bо‘lsa,
207
mazkur tovar va mashulotlar о‘z haridorini tezroq topib, korxona kо‘proq foyda
oladi.
Korxonada axborot berish tizimi ish faoliyatini shunday tashkil qilishi
lozimki, korxonani boshqarish uchun zarur bо‘lgan, bozordagi narx, ishlab
chiqarilayotgan mashulot tannarxi va mashulotni sotishdan olinadigan daromad
tо‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqaruv apparati xodimlarining “qо‘l ostida” doimo
mavjud va istalgan paytda axborot olish imkoni yaratilgan bо‘lishi lozim. Bunday
vazifalar boshqaruv tizimining asosiy bо‘g‘ini bо‘lgan – buxgalteriya hisobi
yordamida bajariladi. Shuning uchun bozor munosabatlari rivojlangan
mamlakatlarda buxgalteriya hisobini “Biznes tili” deb, bekorga aytishmagan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob-taftish va
statistika vazifasini bajarmaydi. Balki hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilar
uchun korxonaning faoliyati tо‘g‘risida axborot tо‘plash, uni qayta ishlash va
uzatish vositasiga aylanadi. Shuning uchun bugungi kunda buxgalterlarga
qо‘yiladigan talabalar ham tubdan о‘zgardi. Ulardan xо‘jalik operatsiyalarini
buxgalteriya hisobida qayd etish bilan bir qatorda, hisob ma’lumotlarini tahlil
qilish, foydalanuvchilarni axborotlar bilan ta’minlash, menejerlarga korxona
moliyaviy ahvolining barqarorligini yaxshilashga imkon beradigan yо‘llarni
kо‘rsatib berish va korxona moliyasini boshqarish ishlari bilan shug‘ullanish talab
qilinadi.
Buxgalteriya hisobi korxonaning faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik
operatsiyalarini yoppasiga va uzluksiz kuzatib, miqdor jihatdan о‘lchab, hujjatlarda
qayd qilish asosida axborot tо‘plash va ularni о‘zining registrlarida о‘z vaqtida,
uzluksiz hisobga olish vazifasini bajaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning tashkil qilinadigan hisobi
siyosati, hisob kо‘rsatkichlarining tо‘laligi va buxgalteriya hisobini о‘z vaqtida,
ratsional tashkil qilishlik hamda analitik va sintetik hisob ma’lumotlarining mos
bо‘lishligi kabi talablarga javob berishi kerak.
Hisob kо‘rsatkichlarining tо‘laligi va hisobni о‘z vaqtida tashkil qilishlik
korxona moliya-xо‘jalik faoliyatining hamma tomonini qamrab olishini va ular
208
tо‘g‘risidagi axborotlarni tо‘la, hisob siyosatida о‘rnatilgan muddatlarda, о‘z
vaqtida, berishlikni taqozo etadi. Bunday axborotlar asosida korxonani boshqarish
uchun qabul qilingan qarorlar foydali bо‘ladi. Chunki о‘z vaqtida va tо‘g‘ri olib
borilgan hisob yordamidagina korxonaning xо‘jalik faoliyatiga samarali rahbarlik
qilish, sodir bо‘lgan kamchiliklarni aniqlash, korxonani rivojlantirishni ichki
imkoniyatlarini topish mumkin bо‘ladi.
Buxgalteriya
hisobini
ratsional
tashkil
qilishga,
hisob
ishlarini
avtomatlashtirish, buxgalteriya hisobining ilg‘or shakllaridan foydalanish,
buxgalterlarning avtomatlashgan ish joylarini tashkil qilish, hisob ishlarini
markazlashtirish asosida, buxgalteriya apparati tuzilmasini maqbullashtirish bilan
erishiladi. Bunday tadbirlarni qо‘llash hisob xodimlarining mehnat unumdorligini
yaxshilaydi, xodimlar sonini kamaytiradi, hisobning tezkorligini, aniqligini,
tо‘g‘riligini va nazorat qilish funksiyasini oshiradi va uni arzonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: