Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI TAVSIFI



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

2. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI TAVSIFI. 

Har bir fanning о‘rganadigan predmeti va obyekti mavjud. Fanning predmeti 

deganda  shu  fanda  nima  о‘rgatilishi  tushuniladi.  Masalan,  kimyo  fani  tabiatda 

mavjud  bо‘lgan  kimyoviy  elementlarni  tarkibini  va  tuzilishini,  anatomiya  inson 

organizmning  tuzilishini,  zoologiya  hayvonot  dunyosini,  falsafa  olamning  paydo 

bо‘lish  va  rivojlanish  qonuniyatlarini,  tarix  kishilik  jamiyatini  yuzaga  kelishi  va 

rivojlanishini  о‘rganadi.  Shunga  kо‘ra,  buxgalteriya  hisobi  fan  sifatida  nimani 

о‘rganadi? Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, nima bо‘lib hisoblanadi? Ya’ni 

buxgalteriya hisobi fanida nimalar о‘rganiladi, degan haqli savollar paydo bо‘ladi. 

Buxgalteriya hisobiga doir chop etilgan adabiyotlarda buxgalteriya hisobining 

maqsadi va vazifalari, subyektlari va obyektlari xalqaro andozalar talabi doirasida 

keng  yoritilgan.  Ammo  uning  predmetini  bayon  etishda  mualliflar  turlicha 

yondashishgan.  Jumladan,  Lomonosov  nomidagi  Moskva  davlat  universitetining 

professori  I.A.Lamikin  universitet  talabalari  uchun  tayyorlagan  darsligida 

buxgalteriya  hisobi  predmetini  quyidagicha  ta’riflaydi:  “...ijtimoiy  mulk  va 

birlashmalar (korxonalar)ni va xalq xо‘jaligi tarmoqlarining rejali xо‘jalik-moliya 

faoliyati sotsialistik buxgaltetiya hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi”

43

. Fikrini 



davom  ettirib,  buxgalteriya  hisobi  predmetining  obyektlarini  quyidagicha 

ta’riflaydi:  “Korxonalarning  xо‘jalik  materiallari  va  pul  mablag‘lari;  xо‘jalik 

mablag‘larini  kelar  manbalari;  xо‘jalik  jarayonlari;  korxonalarning  xо‘jalik-

huquqiy aloqalari; xо‘jalik faoliyatlari natijalari uning obyektlaridir

44

. Bu ta’rifning 



 

43

Ламикин И. А. Основи бухгалтерского учёта. Московский унверситет. 1981,11 b. 



44

Ламикин И. А. Основи бухгалтерского учёта. Московский унверситет. 1981, 11 b. 




174 

 

 



birinchi  qismida  ijtimoiy  mulk,  ikkinchi  qismida  esa  birlashmalarning 

(korxonalarning)  va  xalq  xо‘jaligi  tarmoqlarining  rejali  moliyaviy-xо‘jalik 

faoliyatlari  buxgalteriya  hisobining  predmetini  sifatida  ta’riflanadi.  Bizningcha, 

muallif fanning predmeti va obyektlarini chalkashtirib yuborgan.  

Professor M. Ostonaqulov tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta 

maxsus ta’lim vazirligi oliy о‘quv yurtlarining talabalariga mо‘ljallangan darslikda 

buxgalteriya  hisobi  predmetiga  quyidagicha  ta’rif  berilgan  “...buxgalteriya  hisobi 

predmeti  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  sharoitida  korxonaning  pul 

ifodasida  aks  ettiriladigan  xо‘jalik  mablag‘lari  va  shu  mablag‘lar  manbalari, 

ularning  xо‘jalik  faoliyati  va  moliyaviy  natijalaridir”

45

.  Mazkur  ta’rifda  xо‘jalik 



mablag‘lari  va  shu  mablag‘lar  manbalariga  buxgalteriya  hisobining  predmeti 

sifatida  qaralgan.  Muallif  xо‘jalik  mablag‘lari  va  ularning  tashkil  topish 

manbalarini  yoritib  “...buxgalteriya  hisobi  har  bir  korxonada  xо‘jalik  jarayonida 

sodir  bо‘layotgan  xо‘jalik  operatsiyalarini  va  bu  operatsiyalar  ta’sirida  xо‘jalik 

faoliyatidagi  о‘zgarishlarni  aks  ettirishi  zarur”,  shuningdek  buxgalteriya  hisobi 

obyektlari  tо‘g‘risida  “...buxgalteriya  hisobi  yuqorida  kо‘rib  о‘tilgan  obyektlari 

uning predmetining asosiy mazmunini tashkil qiladi”

46

 degan xulosaga kelgan.  



Iqtisodchi  olimlar  A.Karimov,  F.Islomov,  A.Avloqulovlarning  fikricha, 

buxgalteriya  hisobi  predmeti  “...korxonaning  pul  ifodasida  aks  ettiriladigan 

xо‘jalik  mablag‘lari,  shu  mablag‘lar  manbalari,  ularning  xо‘jalik  faoliyatlari  va 

moliyaviy  natijalaridir”

47

.  Mualliflar  professor  M.  Ostonaqulov  tomonidan 



yuqorida  keltirilgan  ta’rifni  yanada  ham  soddalashtirib,  buxgalteriya  hisobi 

predmeti  doirasidan  takror  ishlab  chiqarish  jarayonini  chiqarib  yuborishgan. 

Ularning fikricha “Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, о‘z sarmoyasi, daromad 

va  xarajatlar,  foyda  va  zararlar  hamda  ularning  harakati  bilan  bog‘liq  bо‘lgan 

xо‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobi obyektlari hisoblanadi”

48

.  



 

45

Ostanoqulov M. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent “O’zbekiston”, 1993 y. 34 b. 



46

 Ostanoqulov M. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent “O’zbekiston”, 1993 y. 34 b. 

47

Karimov A. va boshq. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T."Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2004 



26 b. 

48

Karimov  A.  va  boshq.  Buxgalteriya  hisobi.  Darslik.  -  T.:  "Sharq"  nashriyot-matbaa  aksiyadorlik  kompaniyasi, 



2004  26 b. 


175 

 

 



Professor  N.  Jо‘rayev  va  boshqalar  muallifligida  “Moliyaviy  va  boshqaruv 

hisobi”  darsligida  buxgalteriya  hisobining  predmetiga  “...buxgalteriya  hisobining 

predmeti 

–  ishlab  chiqarish  jarayonidagi  korxonalar,  tashkilotlar  va 

muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli 

foydalanish  haqidagi  axborotlarni  shakllantirish  hisoblanadi”

49

,  -  deb  ta’rif 



berishgan.  Bu  ta’rifda  mualliflar,  birinchidan,  buxgalteriya  hisobini  faqatgina 

ishlab chiqarish sohasida tashkil qilinishiga ishora qilishgan; ikkinchidan, fanning 

predmeti  bilan  obyektlari  chalkashtirib  yuborilgan;  uchinchidan,  buxgalteriya 

hisobiga  faqatgina  mablag‘lar  holati  hamda  ulardan  unumli  foydalanish  haqidagi 

axborotlarni  shakllantirish  vositasi  sifatida  qaralgan;  tо‘rtinchidan  esa,  xо‘jalik 

mablag‘larining tashkil topish manbalarini buxgalteriya hisobi doirasidan chiqarib 

yuborishgan. 

Angliyalik  olim  Frenk  Vud  buxgalteriya  hisobi  fanini  predmetini  “...eng 

avvalo,  yozuvlar  nima  uchun  belgilanganligi,  ularni  tahlil  etish  va  bayon 

etishdir”

50

,  -  deb  izohlaydi.  Uning  fikricha, 




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish