Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


-MODUL: «BUXGALTERIYAHISOBINAZARIYASI»



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

2-MODUL: «BUXGALTERIYAHISOBINAZARIYASI» 

9-MAVZU. BUXGALTERIYAHISOBININGMOHIYaTIVAAHAMIYaTI 

Ushbu  mavzuga  oid  atamalar: 

moliyaviy  hisob,  boshqaruv  hisobi, 

ma’lumotlardan  foydalanuvchilar,  predmet,  obyekt,  ta’minot,  ishlab  chiqarish, 

sotish,  takror  ishlab  chiqarish,  mablag‘,  mablag‘lar  manbai,  nomoddiy  aktiv, 

metod, metodologiya. 

1. KORXONA HAQIDA TUSHUNCHA, UNI BOSHQARISH TIZIMI. 

Respublika  iqtisodiyoti  bozor  iqtisodiyoti  talablari  asosida  rivojlanmoqda. 

Bozor  iqtisodiyoti  deganda  –  erkin  raqobat  va  tadbirkorlikka,  ishlab  chiqarish 

vositalariga  kо‘p  mulkchilikka,  narxni  bozorda  shakllanishi  va  davlatning 

korxonalar  faoliyatiga  aralashuvini  cheklanganligiga  asoslangan  iqtisodiyot 

tushuniladi.  Bozor  iqtisodiyotining  asosiy  belgilaridan  biri  -  sog‘lom  tadbirkorlik 

faoliyatini  barpo  etish  va  rivojlantirish  bо‘lib  hisoblanadi.  Fuqarolar  va  ularning 

uyushgan  guruhlarining,  korxonalar  tashkiliy-huquqiy  shakli  doirasida,  mulkiy 

javobgarlik  va  xatar  asosida  foyda  olishga  yо‘naltirilgan  mustaqil,  tashabbuskor 

faoliyati tadbirkorlik faoliyati deyiladi. Bu faoliyat bilan jamoa shaklidagi huquqiy 

shaxslar  va  jismoniy  shaxslar  shug‘ullanishlari  mumkin.  О‘zbekistonda 

“Korxonalar  tо‘g‘risida”gi  qonun  talabiga  binoan  mulkka  ega  bо‘lgan,  boshqa 

tashkilotlar  oldidagi  majburiyatlariga  javob  bera  oladigan,  mustaqil  balansga  ega 

bо‘lgan, sudda javobgar va davogar bо‘la oladigan, mustaqil Ustavga ega bо‘lgan 

va davlat rо‘yxatidan о‘tgan korxona huquqiy shaxs, deb tan olinadi. Shuningdek, 

foyda  olish  va  ijtimoiy  munosabatlarni  qondirish  maqsadida  ishlab  chiqarish, 

xizmat  kо‘rsatish  va  ishlar  bajarishni  tashkil  qilgan  huquqiy  shaxs  maqomidagi 

xо‘jalik subyekti korxona deb, tan olinadi.  




171 

 

 



Korxona qonun bilan cheklanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish 

huquqiga  ega.  Korxonaning  vazifalarini  mulk  egasining  (yoki  jamoaning) 

qiziqishi,  faoliyatga  yо‘naltirilgan  ustav  kapitalining  (pulining)  miqdori,  korxona 

ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va bozorni talabi belgilaydi. Faoliyat xususiyatlari 

bо‘yicha barcha korxonalar, tijorat va notijorat maqsadlari uchun tashkil qilinadi. 

Tijorat korxonalari notijorat korxonalaridan, xususan, assotsiatsiyalardan, ijtimoiy 

tashkilotlardan,  diniy  korxonalar  va  har  xil  fondlardan  о‘zining  asosiy  maqsadi 

bо‘lgan foyda olishi bilan farq qiladi. 

Mulkchilik  shakliga  kо‘ra  korxonalar:  davlat  korxonasi,  xususiy,  aralash 

mulkchilikka  asoslangan,  hamkorlikdagi,  mas’uliyati  cheklangan  jamiyat, 

aksiyadorlik,  kompaniya,  fermer  xо‘jaligi,  agrofirma,  chet  el  kapitali  bilan 

hamkorlikdagi va boshqa shakllarda tashkil qilinadi. 

Boshqaruv  deganda,  ma’lum  iqtisodiy  natijalarga  erishish  maqsadida 

korxonada  mavjud  bо‘lgan  obyektlarga,  sodir  bо‘ladigan  ijtimoiy-iqtisodiy 

jarayonlarga  va  korxona  faoliyatida  ishtirok  etuvchi  xodimlarga  (odamlarga) 

yо‘naltirilgan  ongli  faoliyat  tushuniladi.  Kishilik  jamiyatining  taraqqiyotida, 

boshqaruvni  turli  tizimlaridan  foydalanib  kelingan.  Tashqi  muhitga  ta’siri 

bо‘yicha boshqarishni mexanistik, organik, aralash va boshqa tizimlari mavjud.  

Boshqarishni  aralash  tizimiga  bashorat  qilish  va  iqtisodiy  tahlilga 

asoslangan  boshqarish  variantlarini  kiritish  mumkin.  Uning  asosiy  maqsadi  - 

korxona  faoliyatida  ishtirok  etadigan  barcha  moddiy,  moliyaviy  va  mehnat 

resurslarni holatini va korxona ish natijalarini о‘rganish hamda baholash asosida 

ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bо‘lib hisoblanadi.  

Iqtisodiy  tahlil  choraklik  va  yillik  buxgalteriya  hisobotlari  ma’lumotlari 

asosida  о‘tkazilib,  dastlabki  va  moliyaviy  tahlil  shaklida  tashkil  qilinadi. 

Dastlabki  tahlil  buxgalteriya  va  moliyaviy  hisobotlarini  tuzgunga  qadar 

о‘tkaziladi  va  hisobot  moddalarini  hamda  hisobotlarga  qо‘shimcha  tuziladigan 

tushuntirish xatini tо‘g‘ri tuzishni ta’minlaydi. Iqtisodiy tahlilning tarkibiy qismi 

bо‘lgan  moliyaviy  tahlil,  korxona  biznes-rejalarini  ishlab  chiqish  va  uning 

moliyasini boshqarishning ajralmas qismi bо‘lib hisoblanadi. 




172 

 

 



Korxonalar  faoliyatiga  baho  berish  va  yо‘l  qо‘yilgan  kamchiliklarni 

aniqlash  hamda  korxonani  iqtisodiy  rivojlantirishni  ichki  omillarini  topish 

maqsadida  moliyaviy  hisobotlarni  topshirgandan  keyin,  ularning  ma’lumotlari 

asosida  korxonalar  moliya-xо‘jalik  faoliyatlari  har  tomonlama,  tо‘liq  tahlil 

qilinadi. Uning natijalari asosida  kelgusi davr rejalari va korxonani rivojlantirish 

chora-tadbirlari  ishlab  chiqiladi.  О‘tkaziladigan  moliyaviy  tahlilnig  sifati  tahlil 

qilishda  qо‘llaniladigan  usullar  va  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlarining 

haqiqiyligiga  bog‘liq  bо‘ladi.  Iqtisodiy  tahlilga  asoslangan  boshqaruv  tizimi 

asosini 


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish