Hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligi.
Bu birlik reja ko‘rsatkichlarini hisob
ko‘rsatkichlari bilan solishtirish va reja topshiriqlarining bajarilish darajasini aniqlash uchun
zarurdir. Undan tashqari, hisob ma’lumotlaridan reja tuzishda foydalanilar ekan, bu o‘z
navbatida hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligini ham taqoza qiladi.
Hisobning aniq va to‘g‘riligi.
Bu talab shuni bildiradiki, hisob ma’lumotlari to‘g‘ri
bo‘lishi, haqiqatni to‘g‘ri va aniq aks ettirishi kerak. U faqat xo‘jalikdagi mavjud yutuqlarni
emas, balki kamchiliklarni ham aks ettirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |