Asosiy schotlar. Bunday schotlarga korxona mablag‘lari holatini to‘liq aks ettiruvchi, mablag‘lar joylanishi va tashkil topishi manbalarini aks ettiruvchi schotlar kiradi. Demak, asosiy schotlar korxonaning asosiy va oborot mablag‘larini hisobga oluvchi schotlarga bo‘linadi. Asosiy vositalarning harakati faol „Asosiy vositalar“ schotida yuritilsa, oborot mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar faol schotlar hisoblanib, bu schotlarda mablag‘larning ko‘payishi debetda, ozayishi esa kreditda ko‘rsatiladi. Misol uchun, „Тovarlar“ schotini olaylik, bu schotda sotishga mo‘ljallangan jami tovarlar summasi ko‘rsatiladi. Schotning oy boshiga bo‘lgan qoldig‘i, hisobot davridagi ko‘payishi debet tomonda, kamayishi esa kreditda ko‘rsatiladi. O‘z navbatida, asosiy schotlar mablag‘larning joylanishi va tashkil topishi, mablag‘larini aks ettiruvchi schotlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni asosiy schotlar guruhi faol va nofaol schotlardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |