Qo‘shma hujjatlar (kombinatsiyalashtirilgan hujjat).
Bu guruh hujjatlar bir vaqtning o‘zida farmoyish beruvchi
va tasdiqlovchi vazifani bajaradi.
Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar. Bunday
hujjatga bevosita buxgalteriya xodimlari tomonidan
rasmiylashtiriladigan hujjatlar kiradi. Hujjatlarni rasmiy-
lashtirishda farmoyish va tasdiqlovchi hujjatlarga amal
qilinadi. Misol uchun, asosiy vositalarga eskirish hisob-
lash varaqasi (qaydnoma) — bu hujjat bevosita buxgal-
teriyada to‘ldirilsa ham undagi ma’lumotlarning qonuniyligi
farmoyish yoki tasdiqlovchi hujjatlar yordamida olib
boriladi.
Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar tegish-
li schotlarda ikki yoqlama yozuv bilan ifoda qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |