Тasdiqlovchi hujjatlar. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar
tegishli farmoyishning bajarilishini nazorat qilish, ba-
jarilishini tasdiqlash imkonini beradi. Bu guruhga kiruvchi
hujjatlarga moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari, kassa
kirim va chiqim kvitansiyalari, to‘lov qaydnomalari kabi
hujjatlar kiradi.
Misol uchun, moddiy javobgar shaxs do‘kon mu-
dirining tovar hisobotida qabul qilingan, sotilgan va hisobot
davrining oxirida qolgan tovarlarning to‘liqligi tasdiqlanadi.
138
Buning uchun har bir tasdiqlovchi hujjat javobgar shaxs-
lar tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi.