Buxgalteriya hisobining umumiy tavsifi



Download 297,9 Kb.
bet6/14
Sana12.07.2022
Hajmi297,9 Kb.
#780703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBINING UMUMIY TAVSIFI

Nazorat funksiyasi – iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini erkinlashtirish, turli mulkchilik shakllarining mavjudligi sharoitlarida buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksi- yasi kuchaymoqda. Bunga uning shakl va uslublarini takomillashtirish, buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarini joriy qilish, hisob ishlarini kompyuterlashtirish, buxgalter, iqtisodchi va tahlilchi- larning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari imkoniyatlaridan keng foydala- nish sabab bo‘lmoqda.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish turli mulkchilik shakllarining mavjud- ligi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar huquqlarining kengaytirilishi, xalq xo‘jaligida moliyaviy nazorat tizimining mahsulot ishlab chiqarish va
realizatsiya qilish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari ustidan nazoratning pasaytirilishini bildirmaydi. Aksincha, moliya-hisob mar- kazi (MHM), vazirlik va davlat idoralarining nazorat va taftish xizmat- lari, banklar, auditorlik tashkilotlar va soliq inspeksiyasi xodimlari yangicha xo‘jalik yuritish uslublariga tayangan holda barcha resurs- lardan oqilona foydalanish ustidan kuchli nazorat o‘rnatishlari lozim. Buxgalteriya hisobining yagona yaxlit tizimida nazorat qilish funksi- yasining roli kuchaymoqda va yanada ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, korxona ma’muriyati yoki mulkdorlarga nafaqat o‘z korxona- sining moliyaviy ahvolini bilish, balki raqobatchi korxonalarning hamda hamkorlarining moliyaviy ahvolini, to‘lov layoqatini bilish zarur.
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida nazoratning uchta turi yuritiladi: dastlabki nazorat – xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgungacha; joriy nazorat – xo‘jalik muomalasini amalga oshirish; keying nazorat – muomala sodir bo‘lganidan so‘nggi.
Nazorat qilish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

    • ishlab chiqarilgan, jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning hajmi bo‘yicha reja va shartnomalarning bajarilishi;

    • korxona mulklarining saqlanishini ta’minlash;

    • moddiy xomashyo, yoqilg‘i-energetika, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish;

    • asosiy vositalar, amortizatsiya fondi va boshqa fondlardan foydalanish;

    • mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar (bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar) tannarxini hisoblash;

    • realizatsiya qilingan mahsulot(ish va xizmat)larning to‘la tannarxini shakllantirish;

    • turli xarajat smetalarining bajarilishi (masalan, vakillik xarajatlari, tijorat va reklama xarajatlari);

    • korxonaning turli ichki xo‘jalik bo‘linmalari faoliyati: ishlab chiqarish sexlari, uchastkalari va sh.o‘.;

    • moliya bozorida ishtirok etish bilan bog‘liq muomalalar bo‘yicha (aksiyalar, obligatsiyalar va sh.o‘.);

    • korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllantirish va soliqqa tortiladigan bazani hamda taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)ni aniqlash;

    • mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish;

    • shubhali qarzlar bo‘yicha rezervlar va boshqa maxsus fondlarni yaratish hamda ularning ishlatilishi;

    • korxonaning moliyaviy ahvoli hamda raqobatchi korxonalar to‘g‘risida ma’lumot to‘plash;

    • moliyaviy hisobot va boshqa turdagi hisobotlarni tuzish.

Hisob jarayonining axborotlarni to‘plash, o‘lchash, ro‘yxatga olishdan tortib, to zarur bo‘lgan oraliq, natijaviy va hisobot ko‘rsatkich- larini olish bilan yakunlanadigan barcha bosqichlarida kompyuter va boshqa tashkiliy-texnik vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasini kuchaytirishga doir vazifalarni bajarishga yordam beradi.
Korxona mablag‘larining butun doiraviy aylanishi, ularning vujudga kelish manbalari va xo‘jalik jarayonlari buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Sifatli hisob axborotlari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida nazorat o‘rnatish, zarur bo‘lganda korxona va uning bo‘linmalari faoliyatining butun tafsilotini nazorat qilish, uni tahlil qilish va ushbu axborotlar asosida boshqaruvning barcha pog‘onalarida tegish- li boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilishga imkoniyat yaratadi.
Bosh buxgalter, moliya hisob markazi xodimlari tegishli bo‘linmalar (yordamchi ishlab chiqarish jamoalari va boshqalar)ning rahbarlari hamda xodimlari bilan birgalikda quyidagi sohalarni nazorat qiladi:

  • tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish va chiqarish bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya qilinishi;

  • bozor munosabatlari amal qilayotgan sharoitda qo‘llanilayotgan baholarning to‘g‘riligi va asoslanganligi;

  • barcha asoslar bo‘yicha ish haqi hisoblash, hisoblangan ish haqidan ushlanadigan summalar (daromad solig‘i, kasaba uyushmasiga a’zolik badali, pensiya fondiga ajratmalar va boshqalar) ning to‘g‘riligi;

  • tarif setkalari, lavozim maoshlarini qo‘llashning to‘g‘riligi, shtat, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya qilish;

  • pul mablag‘lari, tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, hisob-kitoblar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish qoidalariga rioya qilinishi;

  • belgilangan muddatlarda debitor qarzlarning undirish va kre- ditor qarzlarning qaytarilishi, to‘lov intizomiga rioya qilinishi;

  • har xil kamomadlar, yo‘qotishlar, debitor qarzlar va boshqa summalarni hisobdan o‘chirishning qonuniyligi;

  • soliqqa tortiladigan bazani hisob-kitob qilishning to‘g‘riligi;

  • sof foydani aniqlash, aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlarni hisob-kitob qilish va o‘z vaqtida to‘lashning to‘g‘riligi;

  • taqsimlanmagan foyda, foydaning jamg‘arilishi hamda ishla- tilishning to‘g‘riligi.


  1. Download 297,9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish