“Modomiki,biz yangi davrga oyoq qo‘ydik,bas,biz har bir yo‘sinda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchilik,ro‘monchilik va hikoyachiliklarda ham yangarishg‘a,xalqimizni shu zamonning “Tohir-Zuhro”lari, “Chor darvesh”lari, “Farhod-Shirin” va “Bahromgo‘r”lari bilan tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz”. Ushbu fikrlar muallifi kim? – Abdulla Qodiriy
“…Uning otasi Qodirmuhammad uzoq vaqt savdogarchilik bilan,1870-yillardan umrining oxirigacha Samarqand darvozada anchagina katta – 1300 sarjin bog‘da bog‘dorchilik bilan oila tebratar edi. Uning onasi Josiyat bibi uy bekasi bo‘lgan”. Ushbu tarjimayi hol kimga tegishli? – Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy 1912-yilda kimning qo‘lida prikazchik(ish yurituvchi) bo‘lib xizmat qila boshlaydi? – Rasulmuhammadboy
Abdulla Qodiriyning turmush o‘rtog‘ining ismi? – Rahbaroy
Abdulla Qodiriyning farzandlarining ismlari? – Nafisa, Habibullo, Adiba, Mas’ud
“Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadurg‘on gazetalarni o‘qub,dunyoda gazeta degan gap borlig‘iga imon keltirdim. 1913-yilda o‘zbekcha “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand”, “Oyna” gazetalari chiqa boshlag‘ach,menda shularga gap yozib yuborish fikri uyg‘ondi”. Ushbu fikrlar kimning tarjimayi holida aks etgan? – Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriyning ilk maqolasi? – “Yangi masjid va maktab”
Abdulla Qodiriyning qaysi asarlari Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasining bevosita ta’sirida yaratilgan? – “Juvonboz” hikoyasi va “Baxtsiz kuyov” dramasi
“Hikoyaning bosh qahramoni – katta savdogar Raufboyning o‘g‘li Sa’dulla.U o‘qish,ilm olish o‘rniga iflos,faxsh yo‘llarga kirib,otasining butun mol-dunyosini sovuradi,oxir-oqibatda odam o‘ldirib,o‘z umrini ham barbod qiladi”.Ushbu obraz Abdulla Qodiriyning qaysi asarining bosh qahramoni hisoblanadi? – “Juvonboz” hikoyasi
“Abdulla Qodiriyning ijod yo‘li” asarining muallifi kim? – Oybek
“ Millionlab,o‘n millionlab xalqlar jahon urushi girdobiga tortilgan,ularning taqdiri hal qilinayotgan bir paytda qora xalq uloq,ko‘pkari kabi odatlar bilan ovora, shulardangina zavq oladi. Shu darajada “sodda”,taraqqiyotdan yiroq xalqning qismati kishini tashvishga soladi.Yozuvchi oldingi asarlariga nisbatan ancha ilgarilab ketgan:u voqealarni shunchaki bayon qilmaydi,har bir timsolning o‘ziga xos surati va siyratini kitobxon ko‘zi o‘ngida namoyon qiladi”. Ushbu fikrlar Abdulla Qodiriyning qaysi asari haqida? – “Uloqda” hikoyasi
“ “Mushtum” jurnalining 1924-yil sonlaridan birida dadamning suratini o‘rtoqlik hazili tariqasida masxaralab bosishgan va tagiga shu so‘zlarni yozib qo‘yishgan edi: “Felyetonlar qiroli Julqunboy:yig‘latib kuldiradi,kuldirib yig‘latadi”. Abdulla Qodiriy haqidagi ushbu fikrlar muallifi kim? – Habibullo Qodiriy
Abdulla Qodiriyning qaysi maqolasi uning ilk marta qamoqqa olinishiga bahona bo‘ldi? – “Yig‘indi gaplar”
“O‘tkan kunlar” romanidan parchalar dastlab 1922-yilda qaysi jurnalda bosildi? – “Inqilob”
“O‘tkan kunlar” romani qachon butun bir kitob holida bosmadan chiqdi? – 1926-yilda
Ko‘r biz(n)ing ahvolimiz,g‘aflatda qanday yotamiz, Joyi kelgan chog‘ida vijdonni pulga sotamiz. O‘g‘limizga na adab,na fan,na yaxshi so‘ylamoq, Na Xudoni buyrug‘i bo‘lgan ulum o‘rgotamiz. Korimiz shundan iborat bo‘ldi ushbu chog‘da, O‘ntadan bedona boqib,yoz-u qish sayrotamiz. Hamda har kun takyalarda nasha,ko‘knori chakib, Bachchaga kokil solib,oh-voh bilan o‘ynotamiz. Kelingiz,yoshlar,ziyolilar,bu kun g‘ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak uyg‘otamiz. Ushbu she’r muallifi kim? – Abdulla Qodiriy
“Mushtum” nomli tanqidiy maqola muallifi kim? – Abdulla Qodiriy
“Tanqidmi,tosh otish?!” maqolasi muallifi kim? – G‘ozi Olim
Abdulla Qodiriyning qaysi asarida haqiqiy hayotdan butunlay uzilgan,xurofotdan boshqa narsani ko‘ra olmaydigan mahalla masjidi imomi Kalvakning kulgili sarguzashtlari,tug‘ilishidan boshlab boshdan kechirgan voqea-hodisalar hikoya qilinadi? – “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan” asarida
Abdulla Qodiriy qaysi madrasada tahsil olgan? – Abulqosim madrasasida
“…– taraqqiyot dushmani.Har qanday ijobiy o‘zgarishlarga qarshi bir odam. Uni jamiyat allaqachon chiqindi sifatida uloqtirib tashlagan. U shu darajada mutaassibki,ruhoniy bilimlarni ham yolchitib o‘rgangan emas.U shu darajada taraqqiyotdan orqada qolib ketganki,sho‘rolar maktabida o‘qiyotgan yosh qizchalarning maktabga ochiq borishi-yu ularning kiyinishi unga buzuqlik,g‘ayri shar’iy ko‘rinadi.U o‘z so‘zlari,savollari bilan o‘z ruhiy olamini ham namoyish qiladi. Bu olam g‘oyat kir va qop-qora zimistondan iborat. Bu uning qiroatxonada o‘zini tutishida,12-13 yoshli o‘quvchi qizchaga bergan savollarida,umuman,fikrlashida ko‘zga yaqqol tashlanadi”. Ta’riflangan obraz Abdulla Qodiriyning qaysi asarining bosh qahramoni hisoblanadi? – “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”
Abdulla Qodiriy kimni o‘zini roman yozishga rag‘batlantirgan ustoz sifatida ta’riflaydi? – Jirji Zaydon
“Qodiriy rus asarlarini o‘z ona tilidagi kabi tez o‘qir,katta-katta kitoblarni ikki-uch kunda o‘qib tushiraverar,imlo-insholari ham yaxshi edi”. Abdulla Qodiriy haqidagi ushbu fikrlar muallifi kim? – Habibullo Qodiriy
“Yozg‘uchidan. Keyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan Yodgorbek to‘g‘risini surishtirib bildim:Yodgorbek ushbu asrning o‘n to‘qquz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib,undan ikki o‘g‘il qolibdur. O‘g‘ullaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridan bo‘lib,ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan.Bu kunda nom-u nishonsiz,o‘luk-tirigi ma’lum emas,deydilar”. Ushbu fikrlarni Abdulla Qodiriy qaysi asarining xotimasida keltirgan? – “O‘tkan kunlar”
“Yozuvchi asariga so‘nggi “xon zamonlari”ni – XIX asr o‘rtalarini,yanada aniqrog‘i 14 yoshli Xudoyorning birinchi bor taxtga o‘tirishi davrini mavzu qilib belgiladi”. Ushbu fikrlar Abdulla Qodiriyning qaysi asari haqida? – “O‘tkan kunlar”
Abdulla Qodiriyning qaysi asari “1264-nchi hijriya,dalv oyining 17-nchisi,qishqi kunlarning biri,quyosh botqan,tevarakdan shom azoni eshitiladir…” degan jumla bilan boshlanadi? – “O‘tkan kunlar”
Muhammad Rajabbek qo‘rboshi,Muhammadniyoz qushbegi,Qosim mingboshi,Qambar sharbatdor,Karimqul ponsad kabi obrazlar Abdulla Qodiriyning qaysi asarida uchraydi? – “O‘tkan kunlar”
“Birodarlar! O‘rus o‘z ichimizdan chiqadirg‘an fitna-fasodni kutib,darvozamiz tegida qo‘r to‘kib yotibdir.Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovg‘a beradirgan kuchimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘ldirsak,sen falon deb qirilishsak,holimiz nima bo‘ladir.Bu to‘g‘risida ham fikr qilg‘uchimiz bormi? Kunimizning kofir qo‘lig‘a qolishi to‘g‘risida ham o‘ylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik ko‘rib qo‘yg‘anmizmi?! Siz o‘z qipchog‘ingiz uchun qabr qazig‘an fursatda,sizga ikkinchilar tobut chopadir.Biz qipchoqqa qilich ko‘targanda,o‘rus bizga to‘p o‘qlaydir.Siz dunyoda o‘zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rasiz,men boshqa yovni har zamon o‘z yaqinimg‘a yetkan ko‘raman!.. Bu fikringizdan qayting,birodarlar!” Ushbu fikrlar “O‘tkan kunlar” romanida qaysi qahramon tilidan aytilgan? – Yusufbek hoji
“O‘tkan kunlar” romanida qaysi qahramon Vatan,xalq manfaati,uning istiqboli uchun qayg‘uradi,hatto o‘z jonini tahlikaga qo‘yib bo‘lsa ham o‘zaro nizolar,mansab,shaxsiy manfaatlar uchun bo‘layotgan qonli to‘qnashuvlarning oldini olishda jonbozlik ko‘rsatadi? – Yusufbek hoji
“O‘tkan kunlar’ romanida qaysi qahramon kelajakni chuqur idrok qiluvchi,xalqni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi siyosiy arbob sifatida namoyon bo‘ladi? – Yusufbek hoji
Abdulla Qodiriy qaysi asarni yaratish jarayonida Muhammad Solih Qorining “Tarixi jadidi Toshkand”,Mirza Olim Mushrifning “Ansobus-salotin va tavorixul-xavoqin”, Is’hoqxon Ibratning “Tarixi Farg‘ona”, Mulla Olim Mahdum Hojining “Turkiston tarixi” asarlarini chuqur o‘rgangan va ulardan istifoda qilgan? – “O‘tkan kunlar”
“O‘tkan kunlar” romani haqidagi birinchi tanqidiy maqola muallifi kim? – Rus yozuvchisi Mixail Sheverdin
“O‘tkan kunlar” haqidagi “Birinchi o‘zbek romani” nomli maqola muallifi kim? – Rus yozuvchisi Mixail Sheverdin
Kim “O‘tkan kunlar” romanini “zararli” asar sifatida baholagan edi? – Rus yozuvchisi Mixail Sheverdin
Kim “O‘tkan kunlar” romanidagi O‘zbek oyim obrazini “eng jonli va realistik chiziqlar bilan ko‘rsatilgan shaxs” deb baholagan edi? – Oybek
Quyidagi fikrlar “O‘tkan kunlar” romanida qaysi obraz tilidan aytilgan: “Shamayga bormasimdan ilgari o‘z hukumatdorlig‘imizni ko‘rib,boshqalar ham shundaydir,deb o‘ylar edim,lekin Shamay manim bu fikrimni ost-ust qilib,o‘zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi. Men o‘risning idora ishlarini ko‘rib,o‘z idoramizning xuddi bir o‘yinchoq bo‘lg‘anlig‘ini iqror etishga majbur bo‘ldim.Bizning idoramiz bu kungi tartibsizligi bilan ketabersa,holimizning nima bo‘lishiga aqlim yetmay qoldi”. – Otabek
Quyidagi fikrlar “O‘tkan kunlar” romanida qaysi obraz tilidan aytilgan: “Shamayda ekanman,qanotim bo‘lsa,vatanimga uchsam,to‘ppa-to‘g‘ri xon o‘rdasiga tushsam-da,o‘risning hukumat qonunlarini birma-bir arz qilsam,xon ham arzimni tinglasa-da,barcha elga yorlig‘ yozib o‘risning idora tartibini dasturul-amal etishka buyursa,men ham bir oy ichida o‘z elimni o‘risniki bilan bir qatorda ko‘rsam…”. – Otabek
“O‘tkan kunlar” romanining pafosi ko‘proq qaysi qahramon harakatlarida,so‘zlarida namoyon bo‘ladi? – Yusufbek hoji
“Mehrobdan chayon” romani qachon yozib tugatilgan? – 1928-yilda
Abdulla Qodiriyning qaysi dramasiga Oybek “Jadid adabiyoti uchun xarakterli alomat, ya’ni san’atkorning o‘rnini voiz egallashi, nasihatgo‘ylik,” oqartiruvchilik” kabi sifatlar yaqqol namoyon bo‘ladi”, deb tarif beradi? – “Baxtsiz kuyov”
Abdulla Qodiriyning birinchi maqolasi qaysi gazetada nashr etilgan? – “Sadoyi Turkiston”
1926-yilda “Mushtum” jurnalida bosilgan Abdulla Qodiriyning hajviy maqolasi nomi? – “Yig‘indi gaplar”
Baxmalbop mahallasida g‘arib Salim bo‘yoqchi oilasida oltinchi farzand “chaqirilmagan mehmon” bo‘lib dunyoga kelgan obraz? – “Mehbrobdan chayon”da Anvar
“Mehrobdan chayon” romanida Anvarning onasining ismi? – Anorbibi
Quyida “Mehrobdan chayon” romanidagi qaysi qahramon tasvirlangan: “U ancha xasis odam,shu bilan birga,yoshlikdan qolg‘an g‘ayirlik,tamagirlik xususiyatlari bo‘rtib ko‘rinadi,oilani yeyish-ichishdan,kiyim-kechakdan ancha tergaydi.Hatto iqtisodiy jihatdan o‘zini o‘nglab olgandan keyin ham bu yaramas odatlari unit ark etmadi. U boshqa maktabdorlarni kamsitish yo‘li bilan e’tiborli oilalardan chiqqan bolalarni o‘z maktabiga tortishga harakat qiladi”? – Solih maxdum
“Yog‘lar to‘kilsa yerga yotib yalar taqsirim, Bo‘lsa bozorda pastlik sotib olar taqsirim. Menim uchun bir zirak,Ra’nobonuga jevak, Desa oyim – “Ne kerak?!” yumma talar taqsirim. “Quloq teshish fazl emas,pulni toppish hazl emas, Jevak taqish farz emas!” g‘avg‘o solar taqsirim”. “Mehrobdan chayon”da ushbu hazil-mutoyiba she’rni Ra’no kim haqida bitadi? – Solih maxdum
“…surma qo‘ygandek ohu ko‘zi bor,qizil olmadek tarang yuzi bor,endi chiqib kelgan maysa mo‘ylabi,Roziya xonimnikidan ham nafisroq qalam qoshi…Ustiga kiygan beqasam to‘ni o‘ziga shunday yarashqanki,biz qizlar ixtiyorsiz unga qarashdiq…”. “Mehrobdan chayon” romanida Nozik tilidan qaysi obraz tasvirlangan? – Anvar
Mehrobdan chayon” romanining bosh salbiy obrazi? – Abdurahmon domla
“Mehrobdan chayon”da muqaddas joydan chiqqan odam shaklidagi chon kim? – Abdurahmon domla
– Agar Farhodning Shirin,bo‘lsa Majnunlarning Laylosi, Nasib o‘lmish menga gulshan aro gullarning Ra’nosi. – Agar or etsa Layli haqlidir Qaysning jununidin, Ne baxt,Ra’no xaridoring talab ahlining “Mirzo”si… Ushbu muhabbat mushoirasi qaysi asardan olingan? – “Mehrobdan chayon”
Abdulla Qodiriy 1934-yilda zamonaviy mavzuda – qishloq ahli,dehqonlar hayoti haqida qaysi asarini yaratdi? – “Obid ketmon” qissasi
Abdulla Qodiriyning qaysi asarini 1930-yillar vulgar sotsiologizmi bilan qurollangan adabiy tanqidchilik mafkuraviy buzuq asar sifatida baholadi? – “Obid ketmon” qissasini
“Ochiq xat”, “Ma’shuqa mahbasi”, “Jasur qiz” kabi boblar Abdulla Qodiriyning qaysi asarida mavjud? – “Mehrobdan chayon”
“Abdulla Qodiriy, men texnikumda o‘qiydigan paytlardayoq mashhur yozuvchi, hammamiz qo‘ldan qo‘ymay o‘qiydigan o‘zbek adabiyotidagi birinchi ulkan va go‘zal romanning avtori edi. Abdulla Qodiriy iste’dodli, qalbi butun va o‘ziga xos ravishdagi shaxs edi. Abdulla Qodiriyning prozasi, birinchi navbatda, g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi. Qodiriyning tilidan u xalqning boy va ajoyib tilini g‘oyatda yaxshi bilganligi yaqqol sezilardi. Uning romanlari ana shunday go‘zal til bilan yozilgan. U tug‘ma epik yozuvchi, keng ko‘lamdagi master, yuksak ma’nodagi realist san’atkor edi”. Abdulla Qodiriy haqidagi ushbu fikrlar muallifi kim? – Oybek
Abdulla Qodiriy qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1894-yil 10-aprel Toshkent
Abdulla Qodiriy kimning qiziga uylangan? – Rasulmuhammadboyning
“Mehrobdan chayon” romanida muallif qaysi obraz orqali kitobxonni xonning eng ishongan,e’tiborli ayoli Og‘ocha oyim bilan,erkak zotining ko‘z qiri tushishi mumkin bo‘lmagan haramning ichki xonalari-yu sir-asrorlari bilan tanishtiradi? – Gulshanbonu
“Mehrobdan chayon” romanida Anvarni bir ko‘rishda sevib qolgan obraz? – Nozik
“Amir Umarxon kanizi” nomli roman yozishga taraddudlangan yozuvchi? – Abdulla Qodiriy
Oybek “Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li” asarida “O‘tkan kunlar”dagi qaysi obrazni “eng jonli va realistik chiziqlar bilan ko‘rsatilgan shaxs” deb baholagan ? – O‘zbek oyim
Tuzuvchi: 191-guruh talabasi Masharipova Sanamjon
Do'stlaringiz bilan baham: |