Buxgalteriya hisobining umumiy tavsifi


Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari



Download 297,9 Kb.
bet4/14
Sana12.07.2022
Hajmi297,9 Kb.
#780703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBINING UMUMIY TAVSIFI

Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari


Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi axborotdan foydala- nuvchilarni o‘z vaqtida, to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axborotlari bilan ta’minlashdir.


Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;

    • samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumot- larini umumlashtirish;

    • moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iborat.

Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilini- shi ustidan nazorat o‘rnatish, xo‘jalik faoliyatida salbiy holatlarning oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo‘jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur.
Buxgalteriya hisobining birinchi vazifasi korxona rahbarlari, ta’sis- chilari, ishtirokchilari va mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqadi. Buxgalteriya axborotlari to‘liq va ishonchli bo‘lishi, ya’ni foyda- lanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida, uning mulklari, majburiyatlari, faoliyat natijalari to‘g‘risida barcha zarur axborotlarni taqdim qilishi, demak, korxona ma’muriyati va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi lozim.
Ikkinchi vazifaning mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi tizimida korxona moliya-xo‘jalik faoliyati faktlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo‘jalik operatsiyalarining maqsadga muvofiqligini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim.
Uchinchi vazifa korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham hisobning vazifasiga kiradi.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish buxgal- teriya hisobi tomonidan ikkita vazifani bajarishda ifodalanadi. Birin-
chisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi.
Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moli- yaviy resurslarni hisobga olmay turib, haqqoniy biznes-reja topshiriq- larini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun bir vaqtning o‘zida ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish zarur.
Ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat- larning tannarxini pasaytirish, korxonalarda va uning bo‘linmalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bunday ulkan vazifalar korxonalarning hamma ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan samarali foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqa- rish zaxiralarini va xarajatlarini o‘z vaqtida hisobga olib borish bilan muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yiladigan ushbu vazifalar uning nafaqat xo‘jalik mablag‘lari (aktivlari) va mablag‘lar manbalari (passivlar) hamda xo‘jalik jarayonlarini (ta’minot, ishlab chiqarish, realizatsiya) ro‘yxatga oluvchi va axborotlarni saqlovchi tizim ekanligidan dalolat beradi. Uning asosiy maqsadi – korxona iqti- sodiyotini boshqaradigan tizimni ishonchli, turli pog‘onalardagi boshqaruvchilarni tushunarli hisob-iqtisod axborotlari bilan ta’min- lashdan iborat.
Boshqaruv tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini qaror toptirish va rivojlantirish butun buxgalteriya hisobi tizimini takomil- lashtirish, jumladan buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarini joriy qilishi bilan chambarchas bog‘liq.
Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi funksiyalarni bajaradi (2.3-rasm).

Download 297,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish