O‘z vaqtidalik axborotlarni boshqaruv apparati va tashqi foydalanuvchilarga «bir zumda» yetkazishni nazarda tutadi. Olinadigan axborotlarning sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalaridan vaqt bo‘yicha orqada qolishi boshqaruv jarayoniga o‘z vaqtida ta’sir ko‘rsatishga to‘sqinlik qiladi va bunday axborotlar amalda keraksiz bo‘lib qoladi.
Ayni vaqtda axborotlarning o‘z vaqtidaligi ularning foydaliligini kafolatlamaydi. Shu munosabat bilan mazkur talab e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotning ajralmas xususiyati bo‘lishi lozim. Faqat shundagina foydalanuvchilar uchun bunday axborotlar naf keltiradi.
Aniqlik buxgalteriya hisobiga azaldan xos bo‘lib, uning ajralib turuvchi xususiyati – xo‘jalik muomalalarining mas’ul shaxslar tomonidan hujjatlashtirilishi va uzluksiz ro‘yxatga olib borilishidan kelib chiqqan.
Buxgalteriya axborotlarining aniqligi ularning muhimligi bilan bevosita bog‘liq. Muhimlik bozor iqtisodiyotiga o‘tgandan so‘ng vujudga kelgan. Hozirgi paytda ushbu talab, agar muhimlik darajasi axborotdan foydalanuvchilar tomonidan qaror qabul qilinishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan bo‘lsa, tan olinadi va qabul qilinadi. Bunda moliyaviy hisobotning ataylab yoki bilmasdan chalkashtirilishi ahamiyatga ega emas. Bunday hisobotga asoslanib xato xulosa qiladigan yoki qaror qabul qiladigan, malakali axborotdan foydalanuvchiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan, uning ko‘lami muhim hisoblanadi. Xato xulosalarni qabul qilishga hisob axborotlarining hajmi juda katta bo‘lishi ham, juda kichik bo‘lishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda axborotlarning keragidan oshiqchaligi va ma’lumotlarning nomuvofiq- ligi oqibatida ularning muhimligini baholash imkoni yo‘qligi natijasida ularning foydaliligi yo‘qoladi.
Ikkinchi holatda zarur axborotlarning yetishmasligi oqibatida axborotdan foydalanuvchi o‘z tadbirkorlik faoliyatining barcha segmentlarini puxta rejalashtira olmaydi.
Shunday qilib, har ikkala holatda ham natija bir xil, ya’ni asoslanmagan qarorlar qabul qilinadi.
Muhimlikni aniqlashda kamchiliklarni pasaytirish uchun elektron hisoblash mashinalaridan foydalangan holda har xil variantlarni ishlab chiqish va keyinchalik ularni aniq qarorlar qabul qilish chog‘ida taqqoslash mumkin.
Bizning fikrimizcha, buxgalteriya axborotlarining muhimligi, ularning ahamiyatliligi to‘g‘risidagi talabni O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy tartibga soladigan tizimdagi me’yoriy hujjatlarga ham kiritish zarur. Jumladan, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasiga quyidagi tahrirda o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq: «Yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xati xo‘jalik yurituvchi subyekt, uning moliyaviy ahvoli, hisobot yili va undan oldingi yillar ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligi, baholash metodlari va moliyaviy hisobotning ahamiyatli moddalari to‘g‘isidagi muhim axborotlarni o‘z ichiga olishi lozim».
Shuningdek, moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlari uchun muhimlik darajasi nisbiy ko‘rsatkich ko‘rinishida tegishli buxgalteriya hisobi milliy standartlarida ham (№1 BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot», №5 BHMS «Buxgalteriya balansi». №23 BHMS «Qayta tash- kil etishni amalga oshirish», «Moliyaviy hisobotni to‘ldirish qoidalari» (O‘zR MV 27.12.2002-y. 140-sonli buyrug‘ining 7-ilovasi) va b.) keltirish zarur.
Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida aktivlar, majburiyatlar, daromadlar, xarajatlar va xo‘jalik muomalalari alohida ochib berilishi lozim, chunki bularni bilmasdan, manfaatdor axborotdan foydalanuv- chilar xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy ahvolini yoki uning moliya- xo‘jalik faoliyati natijalarini to‘g‘ri baholay olmaydilar.
Moliyaviy axborot ahamiyatliligining ko‘lamidan qat’i nazar, mazkur talab faqat uning manbasi tegishli foydalanuvchilar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumotlarning bir-biriga zid bo‘lmaslik talabi mablag‘lar yoki manbalarning alohida turlari bo‘yicha joriy hisob ma’lumotlari hamma vaqt, har oyning birinchi sanasiga, ularni umumlashtiruvchi hisob obyektining oborotlari va qoldig‘iga mos kelishi lozimligidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |