Buxgalteriya hisobini yuritishga qo‘yiladigan asosiy talablar
Hisob yuritish oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun u ma’lum talablarga javob berishi kerak. Bular: xo‘jalik muomalalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish, hisob ko‘rsatkich- larining reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanuvchanligi, to‘liqlik, o‘z vaqtidalik, aniqlik, muhimlik, bir-biriga zid bo‘lmaslik, tushunarlilik va soddalik, tejamlilik va oqilonalik.
Xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar bilan rasmiylashitirish talabi O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 14-moddasi 1-bandi bilan mustahkamlangan bo‘lib, unga muvofiq har bir xo‘jalik muomalasi dastlabki hujjat bilan rasmiy- lashitirilishi lozim. Dastlabki hujjatning yo‘qligi xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lmaganligini bildiradi. Agar biron-bir xo‘jalik muomalasi hisobda aks ettirilmaganligi aniqlansa, bu hisob ma’lumotlarini ataylab yoki bilmasdan buzib ko‘rsatish, yoki hisobning alohida hodisalarga (masalan, tovar-moddiy boyliklarning tabiiy kamayishi oqibatida yo‘qolishi) ta’sir ko‘rsata olmasligi deb qaraladi.
Xo‘jalik muomalasi faktining o‘zi hisobda korxona boshqaruvidagi xo‘jalik jarayonining ma’lum vaqt oralig‘ida sodir bo‘lib, uning natijasida mablag‘lar va manbalar tarkibi, ularning o‘zgarishi tasdiqlanadi. Vaqt omili muayyan xo‘jalik muomalasining mohiyatini qat’iy belgilangan paytda axborotning kirishi va chiqishi bir vaqtda ochib berishga imkon beradi. Shu bilan bir vaqtda ikki yoqlama yozuvning mohiyatidan kelib chiqadigan, boshqa bir masala ham hal bo‘ladi. Bu shunday xo‘jalik muomalasini ro‘yxatga olish sanasida buxgalteriya hisobining muhim funksiyasi – nazoratni ta’minlaydi.
Hisobning oldiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu biznes- reja va hisobot ko‘rsatkichlarining taqqoslanuvchanligi bo‘lib, u ham buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasini ta’minlaydi. Bunday
taqqoslanuvchanlik bo‘lmasa, rejaning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, uni oshirib bajarish imkoniyatlarini izlab topish mumkin emas.
To‘liqlik boshqaruv ehtiyojlarini qondirish uchun zarur hajmdagi hisob axborotlarini pul o‘lchovida shakllantirishni taqozo etadi.
Hisob axborotlarining to‘liqligi aktivlar va majburiyatlarning inventarizatsiya ma’lumotlari bilan tasdiqlangan, hisobot davridagi barcha xo‘jalik muomalalarining hisobda aks ettirilishi bilan ta’min- lanadi. Keraksiz axborotlar axborot olish jarayonini murakkablashtiradi, buxgalteriya hisobini yuritish jarayonini chalkashtiradi. Hisobot ko‘rsat- kichlarining shaffofligini pasaytiradi va natijada boshqaruv hamda nazorat samaradorligini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |