Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bank balansi va uning tuzilishi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

 
1.6. Bank balansi va uning tuzilishi 
 
Bankning buxgalteriya balansi – bank moliyaviy faoliyati natijala-
rini  ko„rsatuvchi  buxgalteriya  hisobotining  asosiy  shaklidir.  Balans 
yordamida  bank  faoliyati  tahlil  qilinadi  va  nazorat  olib  boriladi.  Unda 
bankning  o„z  mablag„lari  va  jalb  qilingan  mablag„lari  hamda  ularning 
joylashtirilishi ifodalanadi. Turli  mulkchilik shakllariga tegishli bo„lgan 


 
27 
korxona va tashkilotlardan farqli ravishda banklarda har bir ish kuni bo„-
yicha kunlik balans tuziladi.  Bundan tashqari, oylik, choraklik va yillik 
hisobot balanslari ham tuziladi.  
 
Balans  so„zi  lotincha  “bislans”  so„zidan  olingan  bo„lib,  “bis”  – 
ikki marotaba, “lans” – tarozining ikki pallasi ma‟nosini bildiradi. 
 
 Demak,  balans  ikki  qismdan,  ya‟ni  aktiv  va  passiv  qismlardan 
iborat bo„lib, ular bir-biriga teng bo„lishi kerak. Bank nuqtayi nazaridan 
aktiv va passiv tomonlarning  o„zaro tengligi balans to„g„ri chiqarilgani, 
ya‟ni bank ish kuni to„liq yakunlanganligini bildiradi.  
Balansning  birinchi  bo„limi  «AKTIVLAR»  bo„limi  bo„lib,  o„z 
ichiga bir qator asosiy hisobvaraqlarni birlashtiradi. Bank aktivlari naqd 
pullardan  boshlab  hisobga  olinadi.  Naqd  pullarni  hisobga  olish  uchun 
10100  hisob  raqami  ajratilgan.  Bu  hisob  raqam  nomi  “Naqd  pullar  va 
boshqa  kassa  hujjatlari”  bo„lib,  o„z  ichiga  “Kassadagi  naqd  pullar”, 
“Naqd  pullar  zaxirasi”,  “Yo„ldagi  naqd  pullar”,  “Valuta  almashtirish 
shoxobchalaridagi naqd pullar”, “Bankomatlardagi naqd pullar”, “Bank 
binosidan tashqarida joylashgan kassalardagi naqd pullar” kabi bir qator 
subhisob raqamlarni birlashtiradi.  
Bundan tashqari, ushbu bo„limda 10300 – “O„zbekiston Respubli-
kasi Markaziy Bankidagi hisob raqamlari”, 10500 – “Bankning bosh-qa 
banklardagi  hisob  raqamlari”  nomli  asosiy  hisobvaraqlar  va  ularga 
tegishli  bo„lgan  bir  qator  subhisob  raqamlari  ochilgan.  Respublikadagi 
mavjud  qonun  qoidalarga  asosan  barcha  Respublika  tijorat  banklari 
O„zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Bankida  o„z  vakillik  hisobvaraq-
larini ochadilar. Mablag„ o„tkazish yoki mablag„larni tushirish bo„yicha 
amalga oshiriladigan banklararo operatsiyalar tijorat banklarining vakil-
lik hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Majburiy zaxiralar fondi ham 
Markaziy  Bankdagi  alohida  hisobvarag„ida  turadigan  bank  mablag„i 
bo„lib, O„zbekistonning barcha tijorat banklari tomonidan majburiy tar-
tibda  zaxiralanadi,  bu  esa  tijorat  bankining  likvidligini  saqlab  turishga 
ma‟lum darajada kafolat bo„ladi. Majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar-
ning  foiz  stavkalarini  belgilash  Markaziy  Bank  tomonidan  o„tkaziladi-
gan tijorat banklari likvidligini saqlab turuvchi eng ta‟sirchan mexanizm 
hisoblanadi. 
Oldi-sotdi  uchun  mo„ljallangan  qimmatli  qog„ozlar  bo„yicha  ope-
ratsiyalar  hisobini  yuritish  uchun  10700  hisob  raqam  ajratilgan  10900 
hisob raqami esa oldi-sotdi uchun mo„ljallangan qimmatbaho metallarni 


 
28 
hisobga olish uchun mo„ljallangan. Bu ikkala asosiy hisob raqamlar ham 
bir necha subhisob raqamlarni  o„ziga birlashtiradi. Qimmatli qog„ozlar-
ga  qo„yilmalar  tijorat  bankining  fond  bozoridagi  operatsiyalarini  aks 
ettiradi va balans aktivining boshqa ko„rsatkichlari bilan taqqoslanganda 
qimmatli  qog„ozlar  bilan  bo„ladigan  operatsiyalarida  bankning  amaliy 
faolligini ifodalaydi.  
Bank tomonidan berilgan qisqa muddatli kreditlar bir qator asosiy 
hisob raqamlarda hisobga olib boriladi. Masalan: 12100 – Boshqa bank-
larga  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar,  12300  –  Hukumatga  berilgan 
qisqa  muddatli  kreditlar,  12500  –  Jismoniy  shaxslarga  berilgan  qisqa 
muddatli  kreditlar,  12600  –  Yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga  berilgan 
qisqa  muddatli  kreditlar,  12700  –  Davlat  korxona,  tashkilot  va  muas-
sasalariga  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar,  12900  –  Chet  el  kapitali 
ishtirokidagi  korxonalarga  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar,  13100  – 
Xususiy  korxonalar,  xo„jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga  berilgan  qisqa 
muddatli kreditlar. 
Uzoq  muddatli  kreditlar  esa  1450–15500  hisobvaraqlarda  hisobga 
olinadi.  Bu  kreditlar  ham  turli  mulkchilik  shakllariga  oluvchilar  bo„yi-
cha  umuman,  kreditlar  tijorat  banklarining  kreditga  doir  operatsiyalari-
dan bank foyda olishini belgilovchi moddasi hisoblanadi. 
Balansda  kredit  muddatlari  va  iqtisodiyotdagi  xo„jalik  yurituvchi 
subyektlarning qaysi mulkchilik shakliga berilishiga qarab tasnif qilina-
di.  Sud  jarayonidagi  kreditlar  va  avanslar  15300  asosiy  hisobraqamda 
olib boriladi. Bank investitsiyalari 15900 asosiy hisob raqamda hisobga 
olinadi va ikki kategoriyaga bo„linadi: 
–  Hukumat  obligatsiyalariga  investitsiya  qilingan  mablag„lar, 
O„zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Bankining  obligatsiyalariga  hamda 
xususiy obligatsiyalarga investitsiya qilingan mablag„lar; 
– O„z qimmatbaho qog„ozlariga qo„yilgan investitsiyalar. Bu qimmatli 
qog„ozlarning hisobi yuqorida ko„rsatilgan hisob raqamda olib borilmaydi. 
Bosh bank agentliklaridagi mablag„larni hisobga olib borish uchun 
16100 hisob raqam ajratilgan. Bu hisob raqamda Respublikada joylash-
gan bosh bank bo„limlar yoki bo„limlararo bo„linadigan milliy va xorijiy 
valutalardagi  operatsiyalarning  hisobi  olib  boriladi.  16300  hisob  raqam 
aktivlar bo„yicha hisoblangan foizlarni hisobga olishga mo„ljallangan.  
Bankning  asosiy  vositalari  16500  hisob  raqamlarida  hisobga  olib 
boriladi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar – bank aktivlarining aso-
siy  moddalaridan  biri  hisoblanadi,  chunki  bank  o„z  faoliyatini  tashkil 


 
29 
qilish  uchun  moddiy  bazaga,  operatsiyalarni  bajarish  uchun  shart-
sharoitga  ega  bo„lishi  lozim.  Kliring  hisobvaraqlari  va  boshqa  aktivlar 
17300 va 19900 hisob raqamlarda hisobga olib boriladi. 
II  bo„lim  «MAJBURIYATLAR»  bo„limi  bo„lib,  bank  balansining 
majburiyatlar  bo„limi  depozitlardan  boshlanadi.  Depozit  majburiyatlari 
muddati  va  uni  qo„ygan  mijozning  mulkchilik  shakliga  taalluqligicha 
tasniflanadi. 
Barcha depozitlar talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg„armali 
va  muddatsiz  depozit  turlariga  bo„linadi.  Talab  qilib  olinguncha  saq-
lanadigan depozitlar 20200 asosiy hisob raqamda hisobga olib boriladi. 
Unga o„zi o„z ichiga 20202-20296 sub hisob raqamlar kiritiladi. Bu sub 
hisob raqamlar turli mulkchilik shakllariga tegishli bo„lgan mijozlarning 
talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari bo„yicha alohida tasniflanadi. 
Jamg„armali va muddatli depozitlar ham xuddi shunday tasniflanib, ular 
bo„yicha hisob 20400 va 20600 hisob raqamlarda yuritiladi. 
Majburiyatlar  bo„limda  yana  20800  «O„zbekiston  Respublikasi 
Markaziy  Bankining  hisob  raqamlari»  deb  nomlangan  asosiy  hisob  ra-
qamlari boshqa banklarga to„lanadigan hisob raqamlar esa 21000 asosiy 
hisob  raqamida  yuritiladi.  Boshqa  banklardan  va  mijozlardan  olingan 
kreditlar  muddatlari  va  kreditorlarning  turlari  bo„yicha  tasniflangan. 
«Bank tomonidan olingan uzoq muddatli kreditlar» – 22000 asosiy hisob 
raqamda  hisobga  olib  boriladi.  Bu  asosiy  hisob  raqamlarning  har  biri 
kreditorlarning turiga ko„ra hisobga olib borish uchun mo„ljallangan sub 
hisob raqamlarni birlashtiradi. 
Majburiyatlar  bo„yicha  hisoblangan  foizlarni  hisobga  olish  uchun 
22400  hisob  raqam  ajratilgan.  Bank  o„zining  har  xil  majburiyatlar 
bo„yicha  to„lashi  uchun  hisoblangan  foizlari  22402-22496  balans  hisob 
raqamlarida  hisobga  olib  boriladi.  Bunga  bankning  depozit  majburiyat-
lari bo„yicha hisoblangan, lekin xali to„lanmagan foizli xarajatlar kiradi. 
Ushbu  hisob  raqamlar  bo„yicha  to„lovlar  ular  amalga  oshirilgan  davr 
uchun hisoblanadi, ya‟ni to„lovlar qaysi hisobot davriga tegishli bo„lsa, 
o„sha hisobot davri uchun aks ettiriladi. 
Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlarni hisobga olish 
uchun  23400  –  «Hukumatga  tegishli  daromad  va  boshqa  tushumlar» 
asosiy hisob raqamida aks ettiriladi. Shu hisob raqamlariga tegishli bo„l-
gan  23402-23432  balans  hisob  raqamlarida  hukumatning  «Davlat  bud-
jeti  to„g„risida»gi  Qonunda  ko„zda  tutilgan  daromadlar  bo„yicha  tu-


 
30 
shumlari  hisobga  olinadi.  Boshqa  barcha  passivlar  29800  asosiy  hisob 
raqam orqali ifodalanadi. 
Bank  balansining  III  bo„limi  «XUSUSIY  KAPITAL»  bo„limidir. 
Ushbu bo„lim o„z ichiga 30300 – «Ustav kapitali», 30600  – «Qo„shim-
cha kapital» va 30900  – «Zaxira kapitali» deb nomlangan  asosiy hisob 
raqamlarini  oladi.  Tijorat  bankining  aksiyadorlik  kapitali  bankning  o„z 
mablag„lari  hajmini  ifodalaydi.  Markaziy  Bank  tijorat  banklarining 
kapital hosil qilish darajasini va tuzilmasini tartibga solib turadi, bu esa 
bank daromadlarini yaxshilaydi. 
Kapital bo„limida yuqoridagi hisob raqamlardan tashqari 31200 hi-
sob raqam «Taqsimlanmagan foyda»ni hisobga olib borish uchun, 30908 
hisob raqam esa boshlang„ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi 
qo„shimcha  qiymatni  hisobga  olib  borish  uchun  ochilgan.  Ushbu  hisob 
raqamda inflatsiya natijasida bank asosiy vositalari qiymati qayta baho-
langanda  ularning  boshlang„ich  bahosiga  nisbatan  qo„shimcha  qiymati-
ning summasi aks ettiriladi. 
Bank daromadlarini hisobga olish uchun IV bo„lim, ya‟ni «DARO-
MADLAR»  bo„limi  ajratilgan.  «Daromadlar»  bo„limi  o„z  ichiga  bank-
ning  hisobot  davridagi  barcha  daromadlarini  oladi.  Barcha  foizli  daro-
madlar 40200-44900 hisob raqamlarda aks ettiriladi. Bankning aktivlari 
bo„yicha  amalga  oshirilgan  operatsiyalari  natijasida  olgan  foizli  daro-
madlari  40201-44901  hisob  raqamlarda  hisobga  olib  boriladi.  Balans 
hisoboti  davrida  hisoblangan,  lekin xali  olinmagan  daromadlar  summa-
siga  16300  –  «Aktivlar  bo„yicha  hisoblangan  foizlar»  hisobvarag„idagi 
tegishli  balans  hisob  raqamlari  debetlanadi  va  unga  mos  kelgan  daro-
madlar balans hisob raqami kreditlanadi. 
Vositachilik va boshqa xizmatlar bo„yicha daromadlar 45200 aso-
siy hisob raqamda, xorijiy valutadagi daromad esa 45400 hisob raqamda 
hisobga olib boriladi.  
Tijorat  operatsiyalari  bo„yicha  olingan  foyda  45600  asosiy  hisob 
raqamlarida hisobga olinadi. Ushbu asosiy hisob raqamga tegishli bo„l-
gan,  barcha  hisob  raqamlar  bankning  qimmatli  qog„ozlar,  qimmatbaho 
metallar  vositasida  amalga  oshirilgan  tijorat  operatsiyalari  natijasida 
olingan daromadlar hisobini yuritish uchun mo„ljallangan. 
45800  asosiy  hisob  raqamda  investitsiyalardan  olingan  foyda  va 
dividendlar  hisobga  olib  boriladi.  Investitsiyalarni  sotish  qiymati  ushbu 
aktivlarni  sotib  olingandagi  qiymati  yoki  balansga  kirim  qilingan 
qiymati nisbati yuqori bo„lganda foyda olinishi mumkin. 


 
31 
Boshqa  foizsiz  daromadlar  45900  asosiy  hisob  raqamda  hisobga 
olib  boriladi.  Bu  hisob  raqam  bankning  imoratlari,  jihozlari,  ko„chmas 
mulki  va  boshqa  xususiy  mulklari  kabi  aktivlari  ijarasidan  olingan 
daromadlarning hisobini yuritish uchun mo„ljallangan.  
Bank  balansining  V  bo„limi  bu  «XARAJATLAR»  bo„limidir.  Bu 
bo„limda  hisobot  davrida  bankning  barcha  xarajatlari  aks  ettiriladigan 
hisob raqamlar ochilgan. Bankning depozit majburiyatlari bo„yicha foizli 
xarajatlarining  hisobi  50101-54902  balans  hisob  raqamlarida  yuritiladi. 
Barcha xarajatlar majburiyatlarning turlari bo„yicha tasniflangan. 
Bankning  vositachilik  xarajatlari  va  turli  xizmatlar  bo„yicha 
xarajatlar 55100 balans hisob raqamida hisobga olinadi. Xorijiy valuta-
larda ko„rilgan zarar esa 55300 balans hisob raqamida aks ettiriladi. Bu 
hisob raqam banklarning spot, forvard, opsion va fyuchers shartlari aso-
sida tuzgan valuta bitimlari bo„yicha ko„rgan zararlarining hisobini yuri-
tishga mo„ljallangan.  
Bank  bino-inshootlarini,  jihozlarini,  ko„chmas  mulkni  sotishdan 
ko„rilgan zararlar hamda yuqorida ko„rsatilgan hisob raqamlarda, hisob-
ga  olingan  zararlarning  hech  biriga  tegishli  bo„lmagan  boshqa  foizsiz 
xarajatlar 55900 – «Boshqa foizsiz xarajatlar» asosiy hisob raqamda aks 
ettiriladi.  Bankning  operatsion  xarajatlarini  hisobga  olib  borish  uchun 
56100 «Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa 
xarajatlar», 56200 «Ijara va ta‟minot xarajatlari», 56300 «Xizmat safari 
va  yo„l  xarajatlari»,  56400  «Ma‟muriy  xarajatlar»,  56500  «Reprezen-
tatsiya  xarajatlari»  56700  «Sug„urta,  soliq  va  boshqa  xarajatlar»  kabi 
hisob  raqamlar  ochilgan.  Bankning  ko„rilishi  mumkin  bo„lgan  zararlari 
56800 asosiy hisob raqamda bankning daromad solig„ining baholanishi 
esa 56900 hisob raqamda hisobga olib boriladi. 
VI  bo„lim  «KO„ZDA  TUTILMAGAN  HOLATLAR  BO„YICHA 
HISOB  RAQAMLAR»  bo„limidagi  balansdan  tashqari  hisob  raqamlar 
ham  xuddi  balans  ichidagi  hisob  raqamlar  kabi  ikkiyoqlama  yozuv 
asosida  olib  boriladi.  Buning  uchun  hisob  raqamlar  rejasidagi  har  bir 
balansdan tashqarida joylashgan hisob raqam uchun kontr – hisob raqam 
biriktirib qo„yilgan bo„lib, ular buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirish 
maqsadida ishlatiladi.  
«Savdoni moliyalashtirish» 90900 asosiy hisob raqamlarga tegishli 
barcha  hisob  raqamlarga  kontr-hisob  raqam  ajratilgan  Bankning  bergan 
va  olgan  kreditlari  bo„yicha  «Kredit  majburiyatlari»  –  91800  asosiy  hi-
sob  raqamiga  esa  tegishli  96351  –  «Berilgan  kreditlar  bo„yicha 


 
32 
majburiyatlar»  va  96356  –  «Olingan  kreditlar  bo„yicha  majburiyatlar» 
kontr hisob raqamlari biriktirib qo„yilgan.  
Shunday  qilib,  banklarda  yuqorida  keltirilgan  hisobvaraqlarni  o„z 
ichiga  olgan  balans  tuziladi,  bank  boshqaruvchisi  va  bosh  buxgalter 
unga imzo qo„yishlari lozim. Shundan so„ng, bank ish kuni to„liq yakun-
langan hisoblanadi. 
  

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish