23
10100 – asosiy hisobvaraq “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb
nomlanadi va quyidagi subschyotlarni o„z ichiga oladi:
10101 – aylanma kassadagi naqd pullar;
10102 – zaxiradagi naqd pullar;
10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari;
10107 – bankomatlardagi naqd pullar;
10109 – yo„ldagi pullar;
10111 – bank binosidan tashqaridagi kassalardagi naqd pullar.
Huddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo„yicha
ko„rib chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha
saqlanadigan” (muddatsiz) depozitlardan boshlanadi: ya‟ni,
20200 – talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlar, bunda:
2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga te-
gishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha
yordamchi hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o„z ichiga oladi:
20202 – Hukumatning budjetdan tashqari mablag„lari bo„yicha ta-
lab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlari;
20203 – Respublika qaramog„idagi budjet tashkilotlarining budjet-
dan tashqari mablag„lari bo„yicha muddatsiz depozitlari;
20204 – Mahalliy budjet qaramog„idagi budjet tashkilotlarining
budjetdan tashqari mablag„lari bo„yicha talab qilinguncha saqlanadigan
depozitlari;
20205 – Budjetdan tashqari fondlarning talab qilinguncha saqlana-
digan depozitlari;
20206 – Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlari;
20207 – Respublika yo„l jamg„armasining talab qilinguncha saqla-
nadigan depozitlari;
20208 – Xususiy korxonalar, xo„jalik shirkatlari va jamiyatlarning
talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlari;
20210 – Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilib
olinguncha saqlanadigan depozitlari;
20212 – Nodavlat notijorat tashkilotlarining talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlari;
20214 – Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning talab qilib
olinadigan depozitlari;
20216 – Bank bo„lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib
olinguncha saqlanadigan depozitlari;
24
20218 – Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinadigan
depozitlari;
20296 – boshqa talab qilib olinadigan depozitlar.
Demak, 20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
asosiy hisobvarag„i bir nechta yordamchi hisobvaraqni o„z ichiga olar
ekan. Yuqorida sanab o„tgan depozit hisobvaraqlarining hammasi kor-
xona va tashkilotlarining hisob-kitob schyotlariga tenglashtirilgan bo„-
lib, ular orqali mijozlarining hisob-kitob, kassa, kreditni qaytarish va
boshqa operatsiyalari o„tkaziladi.
Korxona va tashkilotlar o„zlarining ortiqcha pul mablag„larini jam-
g„armali (20400) yoki muddatli (20600) depozitlarda saqlashlari mum-
kin. Bu asosiy hisobvaraqlar ham talab qilib olinadigan depozitlar hisob-
varaqlari kabi nomerlanib, o„z ichiga yuqorida ko„rsatilgani kabi bir nechta
qo„shimcha hisobvaraqlarni oladi. Hisobvaraqlar rejasining qolgan
bo„limlaridagi hisobvaraqlari ham huddi shunday tartibda nomerlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: