II bob. BANKLARDA ANALITIK VA SINTETIK HISOBNING
YURITILISHI
2.1. Analitik va sintetik hisob to„g„risida umumiy tushuncha
Banklarda buxgalteriya hisobi ikki yo„nalishda olib boriladi.
Ulardan biri analitik, ikkinchisi sintetik hisobdir. Banklarda buxgalteriya
ishining tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining analitik va sintetik
yo„nalishda yuritilishi kompyuter texnikasi qo„llaniladigan sharoitni
hisobga olgan holda olib boriladi. Buxgalteriya hisobi jahon amaliyotida
va hisob yuritishning xalqaro andozalarida sintetik hisob o„rniga Bosh
kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlari qo„llaniladi. Shuningdek, analitik
hisob o„rniga Yordamchi kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlaridan
foydalaniladi. Biz nazarda tutgan kitob bir qator hisobvaraqlar guruhidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |