Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


 Uzoq muddatli kreditlash operatsiyalarining hisobi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

 
9.5. Uzoq muddatli kreditlash operatsiyalarining hisobi  
va rasmiylashtirilishi 
 
Kapital  qo„yilmalarini  moliyalashtirishning  manbalaridan  biri  – 
uzoq muddatli kreditlashdir. Uzoq muddatli kreditlash deb yangi turdagi 


 
175 
mahsulot  ishlab  chiqarish  va  yangi  texnologiyalarni  o„zlashtirish,  shu-
ningdek,  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  sohalar  uchun  mo„ljallangan 
obyektlarning  qurilishi,  rekonstruksiyasi  va  texnik  jihatdan  qayta  quri-
lishi  bilan  bog„liq  bo„lgan  maqsadlarga  1  yildan  10  yilgacha  muddatga 
beriladigan kreditlarga aytiladi. 
Uzoq muddatli kreditlash obyektlariga quyidagilar kiradi: 
–  bino-inshootlar qurilishi; 
–  korxona yoki uning sexlari qurilishi
–  ishlab  chiqarish  obyektlarini  qurish,  kengaytirish,  rekonstruksiya 
qilish va jihozlash
–  texnika, texnologiya, jihozlar, transport vositalarini sotib olish
–  turar joy binolarini qurish yoki sotib olish
–  yangi yerlarni o„zlashtirish va hokazo. 
Kreditni rasmiylashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o„z ichiga 
oladi: 
1.  Kredit buyurtmasini o„rganib chiqish 
2.  Bo„lajak qarzdorlarning moliyaviy holati va kreditga layoqatlili-
gini tahlil qilish va baholash. 
3.  Kreditlanadigan obyektni keng qamrovli ekspertiza qilish. 
Taqdim  etilgan  hujjatlar  asosida  mijozning  moliyaviy  holati  va 
kreditga  layoqatliligi  o„rganib  va  baholab  chiqilgandan  so„ng  barcha 
hujjatlar kredit komissiyasiga xulosa berish uchun taqdim etiladi. 
Kredit  komissiyasining  kredit  bo„yicha  ijobiy  xulosasi  qabul 
qilingandan  keyin  bank  protokolni  bankning  bosh  boshqarmasiga 
yo„llaydi.  Bosh  boshqarma  ijobiy  xulosa  qabul  qilgandan  keyingina 
bank bo„limi qarz oluvchi bilan kredit shartnomasini tuzadi.  
Kredit shartnomasi bank bilan qarzdor o„rtasidagi munosabat asosi 
bo„lib,  shartnoma  tuzilgan  vaqtdan  to  kreditning  to„liq  qaytarilishi  va 
ular bo„yicha foizlar to„lanishigacha amal qiladi. 
Shuni  ta‟kidlash  joizki,  bank  bilan  qarzdor  o„rtasida  kredit  shart-
nomasi  imzolanayotganda  bankning  yuridik  xizmati  bo„limi  ishtirok 
etishi lozim, chunki u hujjatlarning rasmiylashtirilishi uchun mas‟uldir. 
Banklarda  uzoq  muddatli  kredit  berish  kredit  shartnomasida  ko„r-
satilgan  tartibda  va  muddatlarda  amalga  oshiriladi.  Kredit  bo„limi 
inspektori  tomonidan  bank  hisob  operatsion  bo„limiga  ssuda  hisob-
varag„ini  ochish  haqida  yozma  farmoyish  beradi.  Farmoyishga  asosan 
hisobvaraq ochilib, ushbu hisobvaraq bo„yicha ssuda berish va qaytarish 


 
176 
operatsiyalari  aks  ettiriladi.  Kreditni  va  hisoblangan  foizlarni  qaytarish 
grafigi yillar va oylar bo„yicha tuzib chiqiladi. 
Uzoq muddatli kredit berish mijozning hisob-kitob hujjatlarini to„lash 
orqali amalga oshiriladi, bu operatsiya quyidagi provodka orqali bajariladi:  
Debet “Uzoq muddatli ssuda hisobvarag„i” 
Kredit“Mol sotuvchi yoki pudratchining hisobvarag„i”. 
Agar  kredit  olayotgan  korxona  davlat  korxonasi  bo„lsa,  u  holda 
provodka quyidagi ko„rinishga ega bo„ladi: 
Debet 15101“Davlat korxonasiga berilgan uzoq muddatli kreditlar” 
Kredit 20200 “Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari”. 
Shartnoma  ko„rsatilgan  stavkada  dasturiy  yo„l  bilan  har  kuni  foiz 
summasi hisoblab boriladi. Hisoblangan foizlar 16309 hisobvaraqda aks 
ettiriladi.  Hisoblangan  foizlar  summasi,  shuningdek,  tegishli  daromad 
hisobvarag„ida  ham  aks  ettiriladi.  Foizlar  hisoblanganda  quyidagi  bux-
galteriya provodkasi bajariladi. 
Debet 16309 «Kreditlar bo„yicha hisoblangan foizlar» 
Kredit  44401  «Davlat  korxona  va  tashkilotlariga  berilgan  uzoq 
muddatli kreditlar bo„yicha foizli daromadlar» 
Foizlarni  undirish  kredit  sharnomasida  ko„rsatilgan  hajmda  va 
belgilangan  ketma-ketlikda  qarzdorlarning  talab  qilib  olinguncha  hisob 
raqami  bo„yicha  memorial  orderlarni  rasmiylashtirish  orqali  amalga 
oshiriladi.  Foizlarni  undirish  qarzdorning  ruxsatisiz  amalga  oshiriladi. 
Bu operatsiya quyidagi provodka orqali rasmiylashtiriladi: 
Debet  20210  «Davlat  korxonalarining  (qarzdor)  talab  qilib  olin-
guncha hisob raqami» 
Kredit 16309 «Kreditlar bo„yicha foizlar» 
Kredit va ular bo„yicha foizlar korxonalarning hisob raqamiga tusha-
digan  kelasi  real  pul  oqimini  hisobga  olgan  holda  tuzilgan  jadval  asosida 
qaytariladi. Bu operatsiya quyidagi provodka orqali rasmiylashtiriladi: 
Debet 20210 «Davlat korxonalarining talab qilib olinadigan hisob 
raqamlari»  
Kredit 15101 «Davlat korxonalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar» 
Kreditlarni  qaytarish  bo„yicha  to„lovlar  har  oyda  yoki  har  kvar-
talda  amalga  oshirilishi  mumkin.  Agar  lozim  bo„lsa,  kredit  va  foizlarni 
qaytarish  bo„yicha  jadvalga  ikkala  tomon  roziligi  bilan  aniqliklar 
kiritilishi  mumkin.  Qarzdor  hamma  kreditni  va  ular  bo„yicha  foizlarni 
muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega. 


 
177 
Bunday  holda  qarzdor  bankning  kredit  resurslarini  jalb  qilish 
uchun  sarflangan  xarajatlarini  qoplashi  lozim.  Agar  kredit  va  ular 
bo„yicha  foizlar  belgilangan  muddatda  qaytarilmasa,  bank  joriy 
qonunchilik  asosida  da‟vogarlik  xatini  topshirish  va  xo„jalik  sudiga 
da‟vo arizasini topshirish choralarni ko„radi. 
Qarz  qoldig„i  bank  tomonidan  to„lov  talabnomasi  orqali  rasmiy-
lashtiriladi va ikkinchi kartotekaga joylashtiriladi. Qarzni qaytarish kalen-
dar ketma-ketlikda amalga oshiriladi, foizlar asosiy qarzdan oldin qaytariladi. 
 Kredit  muddati  o„tgan  hisoblanganda,  kredit  summasi  muddati 
o„tgan  kreditlar  hisobvarag„iga  o„tkaziladi  va  quyidagi  provodka  bilan 
rasmiylashtiriladi: 
Debet 12705 “Davlat korxonalariga berilgan muddati o„tgan kreditlar” 
Kredit 15101 Hisobvaraq nomini mustaqil yozing 
Bank  kreditlarning  asosiy  summasini  va  to„lanmagan  foizni 
undirganda quyidagi provodka bajariladi: 
Debet 20210 – Bu hisobvaraq qaysi mulkchilik shaklidagi kor-

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish