Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

 


 
149 
6-sxema. 
 
 
Tijorat banklari kassalarining  turlari 
 
                
 
Kassa
  
turlari
 
 
 
 
 
  Kirim kassasi 
 
 
     Chiqim kassasi   
 
 
 
 Kechki kassa 
 
 
Mini banklar kassasi   
 
 
 
 
  Maxsus kassalar   
 
 Valuta ayirboshlash 
shoxobchasi kassasi   
 
 
  
 Omonat kassalar   
 
 
 Qayta sanash kassasi   
 
Kassa operatsiyalari bo„limlarining boshliqlari egallab turgan lavo-
zimlariga Markaziy bank va tijorat banklarning viloyat boshqarmalarida 
tayinlanadilar, tasdiqlanadilar va undan ozod etiladilar. Bo„lim boshlig„i 
yoki kassa mudiri lavozimida bank tizimida kamida 3 yil ishlagan shaxs-
lar tayinlanadi. 
Bank muassasalarining rahbarlari kassalar va pul omborlarida boy-
liklar bilan ishlashning belgilangan qoidalarini ta‟minlovchi zarur shart-
sharoitlarni  ta‟minlashlari  lozim.  Banklardagi  kassa  tormozlari  “Kassa 
tarmoqlarini  loyihalashtirish  va  o„rnatishning  texnikaviy  talablari”ga 
muvofiq  holda  jihozlanadi,  uni  boshqa  xizmatlardan  ajratib  qo„yish  va 
qoidalarga ko„ra, binoning birinchi qavatida joylashtirilish lozim. 


 
150 
Begona  shaxslarning  pul  omborlari  joylashgan  joyni  kuzatishlari 
va o„rganishlari uchun hech qanday imkoniyat bo„lmasligi kerak. Kassa 
binosining  eshiklari  kun  bo„yi  davomida  ichkaridan  berkitilgan  bo„lishi 
lozim.  Eshiklarga  tashqarini  ko„rish  uchun  kichkina  maxsus  oynacha 
o„rnatilgan  bo„lish  kerak.  Kassa  tarmog„ining  barcha  derazalari  kechki 
payt pardalar bilan to„silgan bo„lishi shart. 
Operatsiya  kassasi,  har  bir  kassirning  ish  joyi  kabina  o„rnatish 
orqali ajratib qo„yilishi lozim. Bunday holda boyliklar saqlanishi ustidan 
mas‟ul bo„lgan shaxslarga kassirlar ishini kuzatib turishiga imkon tug„iladi. 
Kassirlar stolida qulflanadigan tortmalar bo„lishi kerak, uning kod 
nomerini faqat kassirlar bilishi kerak. Kassirlar kun davomida boyliklar-
ni saqlash uchun seyflar,  metall shkaflar, boyliklarni tashish uchun ara-
vachalar  bilan  ta‟minlanishi  lozim.  Mijozlarga  xizmat  ko„rsatiladigan 
darchalarga ichkari tomonidan qulflanadigan eshikchalar o„rnatilishi lozim. 
Kassirlarning  o„z  pullari,  ustki  kiyimlari  hamda  shaxsiy  narsalari 
kassa tarmog„ida, biroq kassa xonasidan tashqarida o„rnatilgan shkaflar-
da yoki maxsus ajratilgan xonalarda saqlanishi lozim. 
Operatsiya kassalarining kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatla-
rini imzolash vakolatiga ega bo„lgan hisob-kassa xodimlarining imzolari 
namunalari  bilan,  kirim-chiqim  kassa  operatsiyalarini  rasmiylashtirish 
bilan  shug„ullanadigan  hisob-operatsiya  xodimlari  esa  kassirlar 
imzosining namunalari bilan ta‟minlanishi kerak. Imzolar namunalarini 
tegishli xodimlarga  o„z vaqtida berish va ular bekor qilingach, qaytarib 
olish  ustidan  nazoratni  bank  muassasasining  bosh  buxgalteri  amalga 
oshiradi. Ro„yxatlar har yili 1-yanvar holatiga ko„ra yangilanib turiladi. 
Umuman,  banklarda  kassaning  kirim  va  chiqim  operatsiyalarini 
tashkil qilish uchun yangi hisobvaraqalar rejasining “Aktivlar” bo„limi-
da  bir  nechta  hisobvaraqlar  ochilgan.  Hozirgi  amalda  bo„lgan  hisobva-
raqlar rejasida “Naqd pullar va kassa hujjatlari” nomli 10100 asosiy hisob-
varag„ida  kassa  operatsiyalarining  hisobi  olib  boriladi.  Bu  asosiy  hisob-
varaq bo„yicha bir nechta yordamchi hisobvaraq, ya‟ni subschyot ochilgan:  
10101 – Aylanma kassadagi naqd pullar 
10102 – Naqd pullar zaxirasi 
10103 – Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar 
10105 – Cheklar va boshqa to„lov hujjatlari 
10107 – Bankomatlardagi naqd pullar 
10109 – Yo„ldagi pullar 
10111 – Bank binosida joylashmagan operatsion kassalardagi naqd pullar 


 
151 
Yuqorida ko„rsatilgan barcha hisobvaraqlar ham mazmun jihatidan 
aktivdir, ularda qoldiq va mablarlarning ko„payishi debet tomonida, mab-
lag„larning kamayishi esa hisobvaraqning kredit tomonida aks ettiriladi. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish