Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

Hisob-kitoblar  Markazi  –  bu  O„zbekiston  Respublikasi  Marka-
ziy  banki  hududiy  bosh  boshqarmalarining  buxgalteriya  hisobi,  hisob 
va  hisob-kitoblar  boshqarmasining  bo„limi  bo„lib,  uning  funksiyasiga 
banklarning  vakillik  hisobvaraqlariga  xizmat  ko„rsatish  va  banklararo 
hisob-kitoblarning uzluksizligini ta‟minlash kiradi.  
  
7.3. Elektron to„lovlar tizimining joriy etilishi 
 
O„zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o„tishi bilan 
bank  tizimida  bir  qator  o„zgarishlar  bo„lib  o„tdi.  Ikki  pog„onali  bank 
tizimi  paydo  bo„ldi,  tijorat  banklarining  shoxobchalari  kengaytirildi. 
Bundan  tashqari,  turli  mulkchilik  shakllarining  paydo  bo„lishi  banklar 
o„rtasidagi munosabatlarning ko„payishiga olib keldi. Shu munosabatlar 
bo„yicha  hisob-kitoblarni  o„z  vaqtida  tezkorlik  bilan  amalga  oshirish 
uchun yangi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish zarurati tugildi.  
Ilgari  pochta  yoki  telegraf  orqali  to„lov  hujjatlari  bir  bankdan 
ikkinchi  bankka  jo„natilganda  to„lovlar  bir  necha  kunga,  hatto  15-20 
kunga cho„zilib ketar edi. Bundan tashqari, noqonuniy avizolarni jo„na-
tish hollari ham kuzatilgan edi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish 
maqsadida  yangi  to„lovlar  tizimini  joriy  etish  masalasi  kun  tartibiga 
qo„yildi.  Vazirlar  Mahkamasining  1994-yilning  18-martdagi  146-sonli 
“Bank  tizimini  rivojlantirish  va  pul  muomalasini  barqarorlashtirish 


 
139 
chora-tadbirlari”  haqidagi  qarorida  banklararo  hisob-kitoblarni  yaxshi-
lash bilan bog„liq bo„lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Ular 
quyidagilardir:  
1. Bank tizimini kompyuterlashtirish va bank kompyuter markazlari-
ni joriy etish; 
2.  Elektron  pochta  (elektron  to„lovlar)  tizimini  ishlab  chiqish  va 
joriy etish; 
3. Hisob ishlarini avtomatizatsiyalashtirish; 
4. Noqonuniy hisob-kitob operatsiyalari o„tkazishning oldini olish; 
5. Noqonuniy avizo-ogohnomalarni rasmiylashtirishga yo„l qo„ymaslik. 
6. Pochta avizolarini bekor qilish. 
Ko„pgina  tijorat  banklarida  bankning  hisob  ishlarini  mexani-
zatsiyalash  darajasi  juda  past  ekanligini  hisobga  olib  O„zbekiston  Res-
publikasi  Markaziy  banki  banklararo  hisob-kitoblarni  elektron  pochta 
tizimi orqali tashkil etishga qaror qildi. Elektron pochta orqali to„lovlar 
tizimini  texnik  jihatdan  o„rnatishning  uncha  qimmat  emasligi,  qisqa 
muddatda  tatbiq  etilishi,  kadrlarni  tez  muddatlarda  o„qitilishi  yangi 
tizimning  joriy  etilishini  tezlashtirdi.  Dastlab  tajriba  o„tkazildi.  1994-
yilning  iyul-oktabr  oylarida  Markaziy  bank  tomonidan  dastur  ishlab 
chiqildi  va  shu  yilning  1-oktabridan  elektron  pochta  tizimidan  tajriba 
sifatida  foydalanila  boshlandi.  Tajriba  davomida  uni  ishlatish  bo„yicha 
o„zgarishlar  kiritildi.  Dastlab  to„lovlarni  2-4  kun  ichida  o„tkazilishga 
erishildi. 
Iqtisodiyotdagi  hisob-kitoblarni  tezlashtirish  maqsadida  1995-yil 
boshidan  boshlab  har  bir  viloyatda  Markaziy  bank  qoshidagi  hududiy 
hisob markazlarini tashkil etishga qaror qilindi. Har bir tumandagi ilgari 
faoliyat  ko„rsatib  kelgan  kliring  markazlari  yopilib,  ularning  faoliyati 
to„xtatildi. Shu munosabat bilan oddiy pochta avizolari bekor qilindi. Res-
publika  ichidagi  barcha  hisob-kitoblar  uzog„i  bilan  ikki  kun  ichida 
o„tkazilishi belgilab berildi. Shu tariqa elektron to„lovlar tizimi joriy etildi. 
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish