Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


VII bob. BANKLARARO HISOB-KITOBLARNING HISOBI



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

VII bob. BANKLARARO HISOB-KITOBLARNING HISOBI 
 
7.1. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni 
 
Hozirgi kunda respublikamizda juda ko„plab filial va mini banklar-
ga  ega  bo„lgan  keng  tarmoqli  31  ta  tijorat  banki  Markaziy  bank  bosh-
chiligida  faoliyat  ko„rsatib  kelmoqda.  Bu  tijorat  banklarining  har  biri 
turli  mulkchilik shakllariga tegishli bo„lgan korxona, tashkilot,  muassa-
salar hamda yuridik maqomga ega bo„lmagan tadbirkorlar va barcha jis-
moniy shaxslarga xizmat ko„rsatadi. Banklar tomonidan iqtisodiyotning 
turli tarmoqlariga tegishli bo„lgan turli mulkchilik shakllaridagi korxona, 
tashkilot,  muassasalar,  tadbirkorlar,  dehqon  va  fermer  xo„jaliklariga 
hamda  aholiga  xizmat  ko„rsatish  jarayonida  banklararo  munosabatlar 
vujudga keladi.  
Chunki  har  doim  ham  bu  xo„jalik  yurituvchi  subyektlar  bir  bank 
mijozi  bo„lavermaydilar.  Banklararo  munosabatlar  banklararo  hisob-
kitoblar  (aylanmalar)  orqali  olib  boriladi.  Banklararo  aylanmalarning 
mazmuni  shundan  iboratki,  bunda  bir  bank  xizmatidan  foydalanuvchi 
korxonaning  hisobvarag„idan  boshqa  bank  xizmatidan  foydalanuvchi 
korxonaning  hisobvarag„iga  hujjatda  ko„rsatilgan  summa  buxgalteriya 
yozuvlari orqali o„tkaziladi.  
Demak, bir-birlari bilan hisob-kitoblarni yurituvchi korxonalarning 
hisobvaraqlari turli banklarda ochilganligi ikkita bank o„rtasidagi hisob-
kitoblarni yuzaga keltiradi. Agar o„zaro aloqada bo„lgan korxonalarning 
har  ikkisi  bitta  bank  xizmatidan  foydalansalar,  u  holda  banklararo 
aylanmalar  vujudga  kelmaydi.  Unda  pul  o„tkazish  operatsiyalari  bir 
bankning o„zida amalga oshiriladi.  
Operatsiyalarni boshlagan bankdagi aylanmalar boshlang„ich bank 
aylanmalari  deyiladi.  Operatsiyalarni  tugallagan  bankdagi  aylanmalar 
yakuniy  aylanmalar  deyiladi.  Har  bir  boshlang„ich  aylanmaga  yakuniy 
aylanma mos kelishi shart. Bu banklar o„rtasida operatsiyalar yakunlan-
ganini bildiradi. 
Mustaqillik  yillarida  yangi  bank  tizimi  barpo  etilishi  munosabati 
bilan  banklararo  hisob-kitoblarga  ham  o„zgarishlar  kiritildi,  progressiv 
usullar izlab topildi, yangi dasturlar yaratildi va takomillashtirib borildi. 
1995-yilda  Markaziy  bank  tomonidan  hisob-kitoblarni  tezlashtirish 
maqsadida barcha hududiy markaziy bank boshqarmalari qoshida hisob-
markazlari  tashkil  etish  haqida  qaror  qabul  qilindi.  90-yillarning 
boshlarida  tashkil  etilgan  kliring  markazlari  tugatildi.  Pochta  orqali 


 
136 
jo„natiladigan ogohnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob tizimi 
“elektron pochta” to„lov tizimi joriy etildi.  
2002-yildan boshlab respublika bank tizimida yana katta o„zgarish-
lar bo„lib, banklararo hisob-kitoblar yagona vakillik hisobvarag„i asosida 
tashkil  etila  boshlandi.  Hududiy  hisob-kitob  Markazlarining  faoliyati 
tugatilib,  faqat  Toshkent  shahar  Hisob-kitob  Markazi  faoliyati  saqlab 
qolindi. Hozirgi kunda turli tipdagi banklar o„rtasidagi banklararo hisob-
kitoblar  aynan  Toshkent  shahar  Hisob-kitob  Markazi  orqali  amalga 
oshiriladi. Bir tipdagi bankka tegishli bo„lgan barcha operatsiyalar bosh 
bankning yagona vakillik hisobvarag„i orqali o„tkazila boshlandi. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish