«buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi»


Nomodliy aktivlarning buxgalteriya hisobi



Download 2,81 Mb.
bet37/139
Sana21.02.2022
Hajmi2,81 Mb.
#6306
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   139
Nomodliy aktivlarning buxgalteriya hisobi

Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha bo’lgan uning balans qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko’payishi: Dt «Nomoddiy aktivlar» schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti.
b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga balans qiymatini kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti.
Mazkur nomoddiy aktiv bo’yicha avvalgi qayta baholashdagi ko’payishdan ortadigan arzonlashtirish summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion xarajatlar" schyotida aks ettiriladi.
v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining ko’payishi: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti.
g) nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti.
Nomoddiy aktivlar hisobi schyotida xususiylashtirishda tashkil topgan Gudvill summasiga ega bo’lgan xususiylashtirilgan tashkilotlar qayta baholash natijalari bo’yicha bu summani kamaytirishi va buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettirishi kerak: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0480 – “Gudvil" schyoti.
Korxonalarda qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda nomoddiy aktivlarni ayirboshlash yo’li bilan sotib olish buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks etiriladi:
a) qo’shimcha haq to’lamasdan almashtirish yo’li bilan olingan nomoddiy aktivlar obektini uning qoldiq qiymati yoki o’xshash bo’lmagan nomoddiy aktivlarning joriy qiymati bo’yicha kirim qilishda: Dt «Nomoddiy aktivlar» schyotining turi bo’yicha schyoti, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti.
b) pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti bilan qo’shimcha haq to’lab ayirboshlash tariqasida olingan nomoddiy aktivlarning obektini kirim daftarida qayd etishda: Dt «Nomoddiy aktivlar» turi bo’yicha schyoti -o’tkazilgan nomoddiy aktivning qoldiq qiymati, Dt «Pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti» schyoti, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti o’tkazilgan nomoddiy aktivning qoldiq yoki hozirgi qiymati bo’yicha; Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti ayirboshlash paytida to’langan pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti summasiga.
v) pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarini olish bilan ayirboshlangan nomoddiy aktivlar obektini kirim daftarida qayd etishda: Dt «Nomoddiy aktivlar» aktivning turi bo’yicha schyoti - berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati va almashtirishda olingan pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti summasi o’rtasidagi tafovut summasiga, Dt 4890 - «Boshqa debitorlarning qarzi" schyoti ayirboshlash paytida olingan pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati.
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati 7-sonli BHMS ko’rsatilganlardan tashqari hollarda o’zgartirilishi mumkin emas.10
Nomoddiy aktiv dastlab etirof etilgandan keyin moliya hisobotida to’plangan amortizatsiya (qoldiq qiymat) chiqarib tashlangandan keyingi boshlang’ich qiymati bo’yicha yoxud qayta baholangan qiymat bo’yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivni moliya hisobotida ifoda etishda qo’llanilgan uslub dastlabki e’tirofdan keyin korxonaning hisob-kitob siyosatida majburiy tartibda aks ettirilishi kerak.
Nomoddiy aktivlar tashkil etilishi yoki korxonaga kelib tushishi va rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanishga yaroqli holatga keltirish ishlari tugatilishiga qarab qabul qilish dalolotnomasiga asosan nomoddiy aktivlar tarkibiga kiritilishi kerak.
Nomoddiy aktivlar bilan amalga oshiriladigan muomalalarni rasmiylashtirish uchun zarur bo’lgan boshlang’ich hisob hujjatlarining tasdiqlangan shakli yo’qligi sababli amaliyotda ko’pincha nomoddiy aktivlarning kelib tushishi va chiqib ketishi noto’g’ri rasmiylashtiriladi. Shuning uchun qonunning 9-moddasi va boshqa me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda nomoddiy aktivlar bo’yicha dastlabki hujjatlar shaklini mustaqil ishlab chiqish zarurati tug’iladi.11
Yirik korxonalarda nomoddiy aktivlarni kirim daftariga qayd etish bilan bog’liq barcha muomalalar, odatda, birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha majburiyat yuklangan doimiy harakatdagi komissiya ishtirokida amalga oshiriladi. Birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirishning boshqa varianti muayyan nomoddiy aktivni qabul qilib olish bo’yicha alohida buyruq chiqarish bilan bog’liq.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish