«buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi»


Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularning turlari



Download 2,81 Mb.
bet34/139
Sana21.02.2022
Hajmi2,81 Mb.
#6306
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   139

Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularning turlari

  • Nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi

  • Nomodliy aktivlarni qayta baholash

  • Nomodliy aktivlarning buxgalteriya hisobi


    Mamlakatimizda ularni etirof qilish, baholash va buxgalteriya hisobi tartiblarini qatiy belgilovchi asosiy hujjatlar 7-son buxgalteriya hisobi milliy standarti hisoblanadi.8
    Nomodliy aktivlar buxgalteriya hisobining asosiy holatlari: etirof qilish payti, qiymatini baholash va foydalanish muddatini aniqlash, amortizatsiya yani hisobga olish, balans qiymatining boshqa o’zgarishlarni hisobga olish va ularning so’nggi bahosi hamda ularning chiqishidan keyingi moliyaviy natijalarni aniqlash, shuningdek korxonaning moliyavii hisobotidagi nomoddiy aktivlar bo’yicha axborotlarni ochib berishdan iborat.
    Nomoddiy aktivlar — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida korxonalarning mulk obektlaridan foydalanish maqsadida, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish yoxud uzoq muddat davomila mamuriy va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mol-mulki saqlab turilmaydigan mulklarning Indentifikatsiya qilingan obektlaridir.
    Nomoddiy aktivlarni aniqlash, aktiv xo’jalik foydalanilgani va jismoniy mazmunga ega bo’lmaganini talab etadi. Jismoniy manoga ega bo’lmagan aktivlar, agar ularning egalik huquqini qo’shgan va ular uzoq muddat davomida foydalaniladigan hollarda nomoddiy aktivlarni aniqlashga javob beradilar.
    Shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlar vujudga kelishidan qatiy nazar. Agar:

    • aktiv bilan bog’liq kelgusida iqtisodiy manfaatdorlik korxonaga kelishiga ishonch mavjud bo’lsa;

    • aktiv qiymati aniq hisoblangan bo’lsa nomodliy aktivlar aktiv sifatida tan olinali.

    Korxona kelgusida faqat quyidagilar mavjud bo’lgan taqdirda nomoddiy aktiv bilan bog’liq hisoblangan iqtisodiy foydalar olishi mumkin:

    • kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko’payishi aktivning qobiliyati, shuningdek, korxonaning aktivdan shu maqsadda foydalanish borasidagi niyati isbotlansa;

    • yetarli resurslar mavjud bo’lsa, yoki korxona kelgusida kutgan iqtisodiy foydani chiqarib olishi uchun ularning qulayligi.

    Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining birligi inventar obekt hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar obekti bitta patent, guvohnoma, huquqiy yon berish shartnomasi va boshqalardan kelib chiqadigan huquqlar majmuidan iborat. Bir inventar obekt boshqasidan farq qilishining asosiy belgisi uning mahsulot ishlab chiqarishdagi mustaqil vazifasini bajarishda, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish yoxud korxonaning mamuriy yoki boshqa vazifalari bajarilishida foydalanishga xizmat qilishidan iborat,
    Ikki yoki bir nechta korxonaning egaligida bo’lgan nomoddiy aktivlarning obekti umumiy egalikdagi uning ulushiga qarab har bir korxonaga nomoddiy aktivlarning tarkibida aks etadi.
    Yuqorida qayd etnlgan barcha shartlarga javob beruvchi quyidagi obektlarni nomoddiy aktivlarga kiritish mumkin:

    • ixtiroga patent, sanoat namunasi, foydali modelga egalik qiluvchining qat’iy huquqi;

    • EHM uchun dasturlar, malumotlar bazalariga bo’lgan mualliflik yoki boshqa qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi;

    • integral mikrosxemalarning topologiyasiga bo’lgan mualliflik yoki boshqa qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi;

    • tovar va xizmat qilish belgisiga qonuniy egalik qiluvchining qatiy huquqi, shuningdek, tovar ishlab chiqariladigan joy nomidan foydalanish huquqi;

    • patentga egalik qiluvchining seleksiya yutug’iga bo’lgan qat’iy huquqi;

    • gudvill;

    • tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, yani yerosti va tabiiy muhitning boshqa resurslari, geologiya va tabiiy muhit haqidagi boshqa axborotlar singarilardan foydalanish huquqi;

    • mol-mulkdan foydalanish huquqi, ya’ni yer uchastkasi, binolar va boshqalardan foydalanish huquqi;

    • boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmat ko’rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish kabilarga bo’lgan huquq).

    Shu bilan birga, qati’y huquq — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat egalik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo’lgan mulkiy huquqdir.
    Nomoddiy aktivlar tarkibida, shuningdek tasis hujjatlariga muvofiq tan olingan tashkiliy xarajatlar ham hisobga olinadi.
    Shuni nazarda tutish kerakki, nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona ishchi xodimlarining aqliy va ishchanlik sifatlari, ularning mehnatga bo’lgan malakasi va qobiliyati qo’shilmaydi, chunki bu xususiyatlar o’z egalaridan ajralmaydigan xususiyat bo’lib, ulardan foydalanilmaslik mumkin.
    Nomoddiy aktivlarning eng ko’p tarqalgan ko’rinishlari litsenziyalar, patentlar, mualliflik huquqi, kompyuter dasturi bilan taminlanganlik, import kvotalari, nouxau, franchayz, savdo markalari, tashkiliy xarajatlar, gudvill va boshqalardir. Quyida nomoddiy aktivlarning subektlar faoliyatida ko’proq uchraydigan ba’zi ko’rinishlarning tavsiflari keltiriladi.
    Patent — u yuridik tomondan ro’yxatga olingan va tan olingan qati’y huquq. Patent huquqi egalik qiluvchiga boshqa shaxslarning aralashmasligida patent tatbiq etiladigan jarayon va faoliyat yuritishga hamda mahsulotlardan foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilishga imkon yaratadi.
    Sanoat dizaynini ro’yxatta olish. Sanoat dizaynini ro’yxatga olish patentning ishlab chiqarilgan mahsulotning shakli, namunasi yoki bezagiga nisbatan qo’llanilishiga o’xshashdir. Patent faoliyatni himoya qilsa, sanoat dizaynini ro’yxatga olish mahsulotning tashqi ko’rinishini himoya qiladi. Masalan, komputer terminalining yangi dizayni dizaynni ro’yxatga olish tomonidan himoya qilinadi, yangi "Rentium IV" kompyuteri esa patent tomonidan himoya qilinadi.
    Mualliflik huquqi — qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa, tasviriy san’at kabi ijodiy ishlarning mualliflariga qaratilgan himoya shakli. Mualliflik huquqi egalariga ma’lum ekskluziv huquq, shu jumladan o’z ishlarini nashr qilish, qayta nashr qilish va ko’paytirish, o’z asarlarini sotish va nusxalarini tarqatish, ijro etish va yozish huquqi beriladi.
    Savlo markalari va savlo nomlari. Savdo markalari (masalan, "Nestle", "Adidas") va (yoki) savdo nomlari (Coka-Cola) — bu kompaniyalarga, mahsulot yoki xizmatlarga berilgan nomlar, belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir. Ular egalik qilishni asoslash uchun ro’yxatdan o’tkazilishi mumkin. Bunday holatda mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi identifikatsiyalar yuridik tomondan himoyalangan bo’ladi.
    Franchayz — ma’lum shakllar, texnologiyalar yoki tashqi ko’rinishdan juda yaxshi foydalanishga bo’lgan huquq. Franchayzlar odatda davlat mulkidan foydalanish yoki kommunal xizmatlar ko’rsatish huquqini olish uchun hukumat organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq xizmatlardan foydalanish huquqini olish uchun xo’jalik subektlari tomonidan beriladi. Franchayz haqidagi har bir shartnoma u amal qiladigan davrdagi muddatni, shuningdek franchayz (foydalanish huquqidagi imtiyozlarni beruvchi subekt) va franchayzlar (mazkur imtiyozni oluvchi subektlar)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.
    Тashkiliy xarajatlar — faoliyatni tashkil etishda vujudga keladigan sarflar. Тashkiliy faoliyat, masalan, yuridik va ro’yxatga olishga to’g’ridan-to’g’ri mansub bo’ladigan sarflar tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtirilishi mumkin. Тashkiliy xarajatlarni kapitallashtirish uchun mazkur xarajatlar kelgusida foyda keltiradigan dalillar asos bo’lib hisoblanadi. Bir hisobot davrida tashkiliy xarajatlarning barcha yig’indisi faoliyatning foyda bilan xarajatga nomutanosiblikka olib keladigan moliyaviy natijalarga kiritiladi.
    Nomoddiy aktivlarning ba’zilari ikkita maxsus tavsifga ega bo’ladi: ular uzoq muddatli bo’nak to’lovlari hisoblanadi va ular boshqa tarafga sotilishi mumkin bo’lgan egalik qiluvchining hech qanday huquqlari bilan taqsimlanmaydi.
    Nomoddiy aktivlar quyidagi belgilar bo’yicha tasniflanishi mumkin:
    egalik qilish tavsifi bo’yicha: ayirboshlanganlar, masalan, litsenziyalar, patentlar, dasturiy ta’minlash, nouxau kabilar; ayirboshlanmaganlar, masalan, tashkiliy xarajatlar va gudvill.
    Identifikatsiyalash bo’yicha: a) alohida identifikatsiyalanganlar. Ba’zi nomoddiy aktivlar firmaning aktivlarilan alohila tenglashtirilishi mumkin, masalan, litsenziyalar, savdo markalari, franchayz, tashkiliy xarajat va boshqalar;
    b) alohila identifikatsiyalanmayliganlar. Boshqa nomoddiy aktivlar alohida identifikatsiyalanmaydi, balki aksincha — ularning siymati firmaning boshqa aktivlari bilan o’zaro aloqalaridan olinadi. Masalan, mijozlarning ishonchiga yoki xodimlar malakasining darajasiga asoslanadigan gudvil.

    Download 2,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   139




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish