Foyda solig‘i stavkalari va ularni tabaqalanishi
Yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining keyingi yil uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi pasayish tendensiyasiga ega bo‘lib, 1998 yilda 36 foizni tashkil etgani holda, 2001 yilda 26 foizga tushgan. 2002 yilda esa 24 foiz, 2003 yilda 20 foiz, 2004 yilda 18 foiz, 2005 yilda 15 foiz, 2006 yilda 12 foiz, 2007 yilda 10 foiz va 2010 yilda 9 foiz 2014 yildan 8 foiz qilib belgilangan.
3-rasm. Yuridik shaxslar foyda soligi stavkalari o‘zgarish dinamikasi1
Quyidagi jadval ma’lumotlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-sonli Qaroriga ko‘ra, 2014 yilda yuridik shaxslarning foydasiga soliq stavkalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |