Talab qilinadi: Bu holatda sizning auditorlik firmangiz qanday yo‘l tutishi lozim?
Masala. Auditorlardan mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan quyidagicha savollar bilan murojaat qilindi:
Joriy hisobot davriga tegishli, hisobot tuzilganga qadar aniqlangan xatolar buxgalteriya hisobotida qanday aks ettiriladi?
Joriy hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillardagi xatolar hisobda qanday aks ettiriladi?
Korxona turli faoliyat bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa foyda solig‘i bazasi qanday aniqlanadi?
Transport vositasiga 100% eskirish hisoblangan bo‘lib shartnoma bahosida 1840000 so‘mga sotib olingan. Bu transport vositasiga amortizatsiya hisoblash kerakmi? Transport vositasini asosiy vositalar tarkibiga qo‘shilganda qanday buxgalteriya provodkalari beriladi?
Korxonada telefon o‘rnatish va uning xizmati, kommutator xizmati, o‘t o‘chirish sistemasi, signalizatsiya moslamalari xarajatlari qanday xarajatlar tarkibida hisobga olinadi?
Yilning natijasi bo‘yicha o‘tkaziladigan majburiy auditorlik xizmati uchun to‘lov sarflari qaysi xarajatlar tarkibida hisobga olinadi va soliqqa tortish bazasiga qo‘shiladimi?
Temiryo‘l chiptasida temiryo‘l ta’rifi va sug‘urta so‘mmasi ko‘rsatilgan QQS so‘mmasini qanday ajratish mumkin. Temiryo‘l chiptasining jami so‘mmasidanmi yoki temiryo‘l ta’rifi so‘mmasidanmi?
Sho‘ba korxona alohida balans va hisob-kitob schotiga ega. Nizom talablariga ko‘ra o‘zining tushumini bosh korxonaga pul ko‘chirish orqali o‘tkazib berish kerak. Bosh korxonaga naqd pulda belgilangan limitda ortiqcha to‘lash huquqiga egami?
Xo‘jalik shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun jarima so‘mmalari qaysi mablag‘lar hisobidan qoplanadi?
Ustav kapitalidagi xorijiy ta’sischilarning ulushini baholash tarkibi qanday amalga oshiriladi?
Kichik korxonalarida yagona soliq to‘lash mezonlari qanday tartibda amalga oshiriladi?
Sho‘ba korxona va qaram korxonalarni tuzishda qaysi me’yoriy hujjatlarga asoslanadi?
Safar xizmati xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Xorijiy mamlakatlar bo‘yicha safar xizmatlarini hisoblash va hisobdan chiqarish xususiyati qanday amalga oshiriladi?
Vakillik xarajatlari me’yorlari va ularni hisobdan chiqarish qanday amalga oshiriladi?
Reklama xarajatlari me’yorlari va hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Kadrlar tayyorlash xarajatlari qanday hisobdan chiqariladi?
Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilar uchun berilgan moddiy yordam pullari mahsulot tannarxiga kiritiladimi?
Kredit foizi so‘mmalari mahsulot tannarxiga kiritiladimi?
Korxona investitsiya uchun qilingan sarf xarajatlar, jumladan sotib olingan asosiy vositalar qaysi qiymatda (boshlang‘ich yoki qoldiq) soliq solish bazasidan imtiyoz sifatida chegirib tashlanadi?
Asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga sotilganda qanday tartibda va qaysi qiymatidan QQS to‘lanadi?
Tekinga olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblanadimi?
Talab qilinadi: Auditorlar tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?