Kasbga doir ko’rsatilgan xizmatlar natijalari to’g’risidagi hisobot rekvizitlari
|
|
|
Hisobot nomi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt (buyurtmachi) nomi hamda manzili
|
|
|
|
Aniq bajarilgan taomillar ro’yxati
|
|
|
|
Taomillar natijalari bayoni
|
|
|
|
Taomillar andozalarga (aynan qaysilariga) muvofiq bajarilganligini ko’rsatish
|
|
|
|
Kelishilgan taomillarni bajarishning maqsadi
|
|
|
|
Shartnoma raqami va sanasini ko’rsatish
|
|
|
|
Hisobot tuzilgan sana
|
|
|
|
Auditorlik tashkiloti nomi va manzili
|
Kasbga doir xizmatlar uchun javobgarlik. Kasbga doir xizmatlarni sifatsiz ko’rsatganligi uchun auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi. Kasbga doir ko’rsatilgan xizmatlar natijalari to’g’risidagi hisobotda berilgan axborot maxfiy hisoblanadi. Buyurtmachining roziligisiz ushbu axborotni e’lon qilishda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.
MAVZU BO’YICHA MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
Quyidagi atamalarga izoh bering: Malakaviy talablar, ahloqiy talablar, auditor malakasini oshirish shartlari, kasb etikasi, auditor kompetentligi, maxfiylik, mustaqillik, vijdonlilik, adolatlilik, litsenziya talablari, litsenziyani bekor qilish va to’xtatish, auditor ish sifatini nazorat qilish.
NAZORAT SAVOLLARI
Buyurtmachi mustaqil ravishda auditorlik tashkilotini (auditorni) tanlash huquqiga egami?
Qanday holatlarda audit o’tkazish uchun shartnomani tuzish mumkin emas?
Auditorning huquqlari va majburiyatlari qaysi me’yoriy hujjatlarda qayd etilgan?
Qaysi hujjatda buyurtmachining huquqi va majburiyatlari aniqlanadi?
Buyurtmachining javobgarligiga nimalar kiradi?
Auditorlik tashkilotining (auditorlarning) javobgarligiga nimalar kiradi?
Auditorlik malaka sertifikatini olish uchun qanday talablar qo’yilgan?
Auditorlik faoliyatini yuritish uchun litsenziyani olishda Moliya vazirligiga qanday hujjatlar taqdim etilishi shart?
Auditorlar qanday ahloq me’yorlariga amal qilishlari lozim?
Auditor boshqa auditor yoki ekspert ma’lumotlaridan foydalanishi mumkinmi, ularni o’zaro munosabatlari qanday bo’lishi lozim?
Auditor tekshirilayotgan korxonani roziligisiz U xaqidagi ma’lumotni oshkor qilish mumkinmi?
Auditorlar Palatasi funktsiyalari nimalardan iborat?
Auditorlik faoliyatini kim nazorat qiladi?
Auditorlik kasbiga qanday malakaviy talablar qo’yilgan?
Auditning Axloq kodeksi to’g’risida nimalar bilasiz?
Auditorlik tekshiruvi jarayonida siz buxgalterning ishida xato topdingiz. Bu esa, albatta, unga yo’l qo’ygan kishini ranjitadi. Ehtimol, shu munosabat bilan qiyinchiliklar yuzaga kelar? Tekshirilayotgan kompaniya buxgalterlari bilan qanday ishlaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |