9. Investorning kompaniyadagi ulushi 20% dan 50% gacha bo‘lganida qaysi usul qo‘llaniladi? A. Tannarx qiymati usuli (cost method).
B. Ulushda qatnashish bo‘yicha baholash usuli (equity method).
C. Konsolidatsiya usuli (consolidation method).
D. Bozor bahosi.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
A. Nazorat.
B. So‘rov.
C. Hisoblash.
D. Analitik amallar.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
Mavzu: TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR AUDITI (amaliy mashg`ulotlar uchun tarqatma materiallar)
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR Masala. Korxona chet tashkilot kuchi bilan tsex qurmoqda. Buning uchun qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasi tuzildi .Shartnomaga ko‘ra pudrat tashkiloti obyektni zarur materiallar bilan ta’minlashi, shuningdek, ularning saqlanishi va qurilish subyektigacha tashilishini tashkil qilishi kerak. Buyurtmachining o‘z omborida pudrat tashkilotiga berish majburiyatini olgan 3000000 so‘mlik so‘mmadagi materiallar, shu jumladan QQS-500 000 so‘m mavjud. Pudratchi uchun sexning umumiy smeta qiymati 70 mln so‘m (QQS bilan birga) Buyurtmachi subyektni 70 mln so‘mlik qiymat bo‘yicha kirim qiladi.
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Masala. Shakar ishlab chiqarish zavodidan temiryo‘l orqali ulgurji savdo tashkilotiga 25 tonna shakar jo‘natilgan. Yuk ortilgan vagon belgilangan stansiyaga 21.12.da kelgan va yuklarni tushirishga berilgan. Shakarni qabul qilish paytida 23.12 kuni dalolatnoma rasmiylashtirilib, komissiya tarkibiga ombor mudiri T.Nizomov va O.Egamovlar va buxgalter N.Qosimovlar kiritilgan. Dalolatnomada ko‘rsatilishicha mol yetkazib beruvchining hujjatiga muvofiq 25000 kg shakar, har bir kilogrammi 120 so‘mdan umumiy so‘mmasi 3000000 so‘mni tashkil qiladi. Shakarni tortib ko‘rilganda 150 kg shakar so‘mmasi 18000 so‘m kam kelganligi ko‘rsatilgan. Qabul qilish dalolatnomasiga asosan 24850 kg shakar buxgalteriyada kirimga olingan. Kamomad so‘mmasi 2010 «Ishlab chiqarish xarajatlari» schotiga hisobdan chiqarilgan. Dalolatnoma hech kim tomonidan tasdiqlanmagan. Shakarni tashish paytidagi tabiiy kamayish normasi 0,15% etib belgilangan.
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring va holatga baho bering.
Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor quyidagilarni aniqladi: Hisobot davri boshiga materiallar qoldig‘i 2000 ming so‘m bo‘lib, hisobot davrida asosiy ishlab chiqarish uchun 1000 ming so‘mlik, yordamchi ishlab chiqarishga 200 ming so‘mlik, transport vositalarining remonti uchun 50 ming so‘mlik, boshqaruv extiyojlari uchun 10 ming so‘mlik, yotoqxonani ta’mirlash uchun 70 ming so‘mlik material sarflangan. Ushbu muomalalarni aks ettirish uchun buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilingan: