Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. Korxona mol yetkazib beruvchidan 270000 so‘mlik (QQS 45000) qurilish materiallari sotib oldi .shartnomada 45% oldindan tulov nazarda tutilgan .kolgan so‘mma 2 oyga kechiktiriladi. To‘lov muddati kechikkani uchun kechiktirilgan so‘mmaning 7% miqdorida haq to‘lanadi.
Debet 4310-“Tovar yetkazib beruvchi va pudratchilarga TMB hisobidan berilgan bo‘naklar” schoti -21500 so‘m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -21500 so‘m;
Debet 1050-“Qurilish mollari” schoti-225000 so‘m;
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti-225000 so‘m;
Debet 4410-“Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar” schoti -45000 so‘m;
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” -schoti -45000 so‘m;
Debet 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” -schoti -148500 so‘m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -148500 so‘m;
Debet 9610-“Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar” schoti -10395 so‘m;
Kredit 6920-“To‘lanadigan foizlar” schoti -10395 so‘m;
Debet 6920-“To‘lanadigan foizlar” schoti -10395 so‘m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -10395 so‘m.
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. To‘qimachilik korxonasi may oyida bo‘yoq sotib olish va sarflash bo‘yicha quyidagi operatsiyalar amalga oshirgan.
- 2-mayda 1 kg uchun 1200 so‘mdan 100 kg bo‘yoq olidi;
- 9-mayda 1 kg uchun 1170 so‘mdan 300 kg bo‘yoq olindi;
- 12-mayda ishlab chiqarishga 210 kg bo‘yoq sarflandi:
- 20-mayda 140 kg bo‘yoq sarflandi;
- 25-maydan 1 kg uchun 1230 so‘mdan 500 kg bo‘yoq olindi;
- Korxonada 1-may holatiga bo‘yoq zaxirasi bo‘lmagan. Korxona uzliksiz hisob tizimidan fodalanadi;
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Masala. Korxona materiallar qiymatini hisob bahosi bo‘yicha aks ettiradi. Oktyabr oyi boshidagi holatga ko‘ra quyidagilar hisobda turgan;
- Ombordagi material qoldig‘i -600000 so‘m.
- 1610-“Materiallar qiymatidagi og‘ishlar” schotning kreditidagi saldo 80000 so‘m.
- Oktabrda hisob bahosi bo‘yicha 800000 so‘mlik materiallar kirim qilindi. Mol yetkazib beruvchilar hisob-kitob hujjatlariga ko‘ra materiallarni tannarxi 720000 (QQS 120000 so‘m) tashkil qiladi. Oktabrda 1150000 so‘mlik hisob bahosi bo‘yicha material asosiy ishlab chiqarishga sarflandi.