2. Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari.
Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifiga ega bo’lishi lozim.
Auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli manbalarda turlicha bayon qilingan. Masalan, professor M. M. To’laxo’jaevaning «O’zbekiston Respublikasida Moliyaviy nazorat tizimi» nomli kitobida auditga quyidagicha ta’rif berilgan:
«audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risi-da xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir».
«Audit» tushunchasi lotincha bo’lib, «auditing» - aynan tarjimasi «u eshitayapti», «eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi. Birinchi mustaqil auditorlar XIX asrda, Evropadagi yirik aktsionerlik kompaniyalarida vujudga kelgan.
Auditning tarixiy vatani deb Angliya hisoblanadi. 1844 yil kompaniyalar to’g’risida bir qator qonunlar chiqib, ularda aktsioner kompaniyalari bir yilda bir marotaba maxsus mutaxassislarni taklif qilib buxgalteriya schetlarini tekshirib va aktsionerlar oldida hisoboti eshitilishi lozim edi.
Moliviy nazorat va uning turlari
|
Nazoratning qo’llanish doirasi
|
Yuridit shaxsga nisbatan nazorat shakli
|
Nazorat sub’ektlari
|
Nazoratni olib boruvchi
shaxs yoki organ
|
1
|
Boshkaruvdagi nazorat (keyinchalik)
X1X asrlarga kadar
|
Tashki
|
Dalat nazorati
(keyinchalik)
|
Davlat boshkaruvidagi mutaxasis xodimlar
|
2
|
Moliyaviy nazorat
(Dastlabki, joriy va keyinchalik)
|
Ichki
|
Taftish va nazorat guruxlari
|
Buxgalter –iktisodchi mutaxasislar
|
Ichki audit bulimi
|
Malaka sertifikatiga ega auditorlar
|
Tashki
|
Davlat nazorati
|
O’z.R. xisob palatasi,
O’z.R. Moliya vazirligi,
O’z.R. Solik kumitasi,
O’z.R. Bojxona kumitasi,
O’z.R. Prokuraturasi va boshka yuridik tashkilotlar mutaxasislari
|
Bank va irjalar nazoarti
|
mutaxasislar
|
Moliyaviy yuridik ekspertiza
|
mutaxasislar
|
Tashki audit
|
Malaka sertifikatiga ega auditorlar
|
Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan iqtisodiy inqirozlari buxgalter auditorlar xizmatiga bo’lgan talabni yanada kuchaytirdi. Bu davrlarda auditorlik tekshiruvi sifatiga talablar murakkablashtirildi hamda majburiy tus oldi. Bular hammasi ushbu xizmatga bozor talabini oshirdi. Hamma davlatlarda iqtisodiy va moliyaviy axborotlarga zarur talablar belgilanib, ular auditor xulosasi bilan birga albatta chop etilishi belgilandi. Audit aldamchilikka qarshi katta qurol bo’lib xizmat qila boshladi.
Angliyada auditorlar deb moliyaviy hisobotning ishonchliligini nazorat qilish bilan shug’ullanuvchi barcha mutaxassislar, shu jumladan davlat tashkilotida ishlayotgan mutaxassislar ham hisoblanadi. Frantsiyada mustaqil moliyaviy nazorat bilan shug’ullanuvchi ikki professional tashkilot buxgalter ekspertlar ularning vakolatiga bevosita buxgalteriya hisobini, hisobot tuzish ushbu doirada konsalting xizmatlari ko’rsatish hamda moliyaviy hisobot ishonchliligini nazorat qiluvchi schetlar bo’yicha komissarlar mavjud. AQShda moliyaviy hisobotning ishonchliligini tekshiradigan diplomli jamoat buxgalterlari mavjud.
Rivojlangan barcha davlatlarda buxgalter auditor mutaxassisligini egallashga hohish bildirganlar uzoq yillar davomida o’qishi amaliyot bilan shug’ullanishi va ko’plab imtihonlarni topshirishlari lozim.
Auditning vujudga kelish
1
|
Boshkaruv nazoratining tashkil etilishi
|
Xitoyda eramizdan 700 yil avval davlat xodimi ( tsenz) teritoriyalarda nazorat olib borgan
Rim imperiyasida eramizdan 200 yil avval davlat xodimi ( kvestor) teritoriyalarda nazoart olib borgan
|
2
|
Audit atamasining ishlatilishi
|
1324 yil Angliya kiroli «Eduard 11» 3 ta auditorni ( «Audit» lugatiy mazmuni –u eshitadi) tayinlagan. Chunki viloyat territoriya boshliklari moliyaviy ishlar buyicha xisobot berishni bilmagan.
1689 yil Rossiyada Petr 1 podshox armiyadagi mulkiy munozaralarni tekshirish uchun belgiladi
|
3
|
Davlat mikyosida
majburiy auditning kiritilishi
(konun bilan belgilanishi)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |