7. Ichki audit hisobotining tuzilishi O’tkazilgan ichki audit yakunlari bo’yicha, ichki audit rahbari tomonidan imzolanadigan yig’ma hisobot tuziladi.
Yig’ma hisobot: tahliliy qismni; yakuniy qismni; tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga olishi kerak. Yig’ma hisobotning tahliliy qismi ichki audit xodimlari tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari to’g’risidagi umumlashtirilgan axborotni o’z ichiga olishi kerak.
Hisobotning yakuniy qismi:
korxonaning ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari faoliyatiga, shuningdek likvidligiga umumiy bahoni;
aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etish bo’yicha ichki audit xizmatining tavsiyalarini hamda korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga, korporativ boshqarishni takomillashtirishga doir umumlashtirilgan takliflarni o’z ichiga olishi kerak.
Yig’ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida tugallanishi zarur.
Yig’ma hisobotlar bevosita korxonaning kuzatuvchi kengashiga uning ko’rib chiqishi va keyinchalik tasdiqlashi uchun taqdim etilishi kerak. Hisobotlar nusxalari tasdiqlangandan keyin korxona ijro etuvchi organiga taqdim etilishi kerak.
Korxonaning ijro etuvchi organi ichki audit natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rishi shart.
Ichki audit xizmati tekshirish davomida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek umuman korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarning o’z vaqtida va zarur darajada bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishi kerak.
15-MAVZU: ICHKI AUDIT ASOSLARI (amaliy mashg`ulotlar uchun tarqatma materiallar)
Masala.Auditorlikfirmasi mijozi “Raduga” kompaniyasi quyidagi keltirilgan muammoni hal etish bo‘yicha auditorlarga murojaat etdi. Kompaniyada quyidagi funksiyalarni bajaruvchi 3 ta ma’muriy xodim mavjud va bu xodimlar quyidagi funksiyalarni bajarishlari lozim:
1. Bosh kitobni yuritish.
2. To‘lanadigan schotlar registrlarini yuritish.
3. Cheklarni imzolashga tayyorlash.
4. To‘lov jurnalini yuritish.
5. Bankdagi schetlarni nazorat qilish.
6. Pul tushumlarini yig‘ish va ularni bankdagi hisob-kitob schetiga o‘tkazish.
Talab qilinadi: 1. Keltirilgan muammo shundan iboratki yuqorida keltirib o‘tilgan xodimlar bo‘yicha bajariladigan funksiyalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganidadir. Siz ushbu funksiyalarini xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanganki, natijada kompaniyada ichki nazorat yuqori darajada tashkil etilsin.
2. Har bir funksiyani bajaruvchi xodimlarni lavozimi bo‘yicha ajratib chiqing.
Masala. Ichki auditorlik tekshiruvi jarayonida shu narsa aniqlandiki, tekshirish davrida ishlab chiqarish stanoklariga kumulyativ usulda quyidagicha eskirish hisoblanganligi tekshirildi. Ishlab chiqarish stanoklarining dastlabki qiymati 125000000 so‘m, foydalanish muddati 5 yil;
1-yil 8800000 so‘m.
2-yil 5600000 so‘m.
3-yil 4500000 so‘m.
4-yil 3800000 so‘m.
5-yil 4600000 so‘m.
Talab qilinadi: Ichki auditor sifatida korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Xodimlar bo‘limining boshlig‘i ichki auditor vakanti mavjudligini va unga xodim jalb qilish lozim. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun internetda e’lon berishi lozim.
Talab qilinadi: Talabgor korxonaga taqdim qiladigan hujjatlar ro‘yxatini tuzing.
Talabgorga beriladigan 10 ta savol tuzing.
Talabgorga uning malaka va professionalligidan tashqari kamida 3 ta talab keltiring.