10. Mol-mulk tekinga olinganida qaysi buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshirilsa, auditor tomonidan to‘g‘ri, deb qabul qilinadi?
A. Debet 1010-“Xom-ashyo va materiallar”, schoti;
Kredit 8810-“Grantlar” schoti.
B. Debet 0130-“Mashina va uskunalar”, schoti;
Kredit 8530-“Beg‘araz olingan mol-mulk” schoti;
C. Debet 0820-“Asosiy vositalarni sotib olish”, schoti;
Kredit 8410-“Emission daromad” schoti;
D. Debet 0820-“Asosiy vositalarni sotib olish”, schoti;
Kredit 8310-“ Oddiy aksiyalar” schoti.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
“KORXONA XUSUSIY KAPITALI AUDITI” MAVZUSI BO’YICHA TARQATMA MATERIALLAR
Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har bir tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun turli mas’uliyatlar belgilanishini inobatga olish zarur.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun qonunchilikda belgilangan mas’uliyatlar
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkiliy-huquqiy shakli
|
Qonun va unda belgilangan mas’uliyatlar
|
Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari)
|
O’z.R. qonuni «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida»
Q/x kooperativi (sh/x) faoliyatining asosiy turi qishloq xo’jalik mahsuloti etishtirishdir.
Q/x kooperativi (sh/x) qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish bilan bir qatorda kooperativning o’z hududida ham, shuningdek undan tashqari ham qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’mol mollari, ishlab chiharish-texnika ahamiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo-sotiq, ta’mirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatish, shuningdek qonunlarda ta’qiqlanma-gan boshqa faoliyat turlari baln shug’ullanishga haqli.
(32-modda)
|
Fermer xo’jaliklari
|
O’z. R. qonuni «Fermer xo’jaligi to’g’risida»
Fermer xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanish va uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi.
(20-modda)
|
Dehqon xo’jaliklari
|
O’z. R. qonuni «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»
Dehqon xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanish va uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi.
(16-modda)
|
Ma’suliyat cheklangan jamiyatlar (MChJ)
|
O’Z. R. qonuni «Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlar to’g’risida»
MChJ ta’sischilarning majburiyatlari bo’yicha javobgar hisoblanadi. Ta’sischilar MChJ ustav kapitalidagi ulushlariga mutanosib majburiyatlari bo’yicha javobgardir.
(16-modda)
|
Aktsiyadorlik jamiyatlari
|
O’zbekiston Respublikasi Qonuni «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning himoya qilish to’g’risida»
|
Do'stlaringiz bilan baham: |