Talab qilinadi: 1.Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
2.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
Masala. Korxona 1400000 so‘mga aksiyalarni xarid qildi. Aksiyalarning nominal qiymati 1100000 so‘m. Korxona aksiyalarining ushbu paketi 13 oydan keyin sotishni rejalashtirgan. Aksiyalarning xarid narxi va nominal qiymati orasidagi farq 300 000 so‘m (1400-1100) 13 oy mobaynida teng ulushlar bilan hisobdan chiqariladi hamda korxonaning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar sifatida e’tirof etiladi. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar uchun buxgalteriyada quyidagicha yozuvlar qilingan:
Aksiya xarid qilindi:
Debet0610- “Moliyaviy qo‘yilmalar” schoti -1400000 so‘m; Kredit 5110 “Hisob-kitob” schoti -1400000 so‘m.
2)Nominal va xarid qiymat orasidagi farq bir me’yorda hisobdan chiqarildi:
Debet 6990 “Boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schoti -23100 so‘m;
Kredit 0610- “Moliyaviy qo‘yilmalar” schoti -23100 so‘m,
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteriyasi tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring.
Masala. Korxona ta’sischilari bilan kelishilgan holda aksiyalarni bozor qiymati bo‘yicha ustav kapitaliga ulush hisobida beradi. Nominal qiymati bo‘yicha aksiyalar paketining qiymati 850000 so‘m. Berilayotgan aksiyalar paketining bozor qiymati 1400000 so‘mni tashkil etadi
Talab qilinadi:Yuqoridagi muomalalarni buxgalteriyada hisobga olish uchun buxgalterga auditor sifatida amaliy yordam ko‘rsating.
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining “investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga binoan investitsiyalar - ? A. Iqtisodiy faoliyat subyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar.
B. Iqtisodiy va boshqa faoliyat subyektlariga kiritiladigan moddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar.
C. Iqtisodiy va boshqa faoliyat subyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar.
D. Iqtisodiy va boshqa faoliyat subyektlariga kiritiladigan nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar.
E. Iqtisodiy va boshqa faoliyat subyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar.