Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir. O’tkazilgan audit natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi berishni ko’zda tutadigan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda, «tavsiya tavsifiga ega» deb ko’rsatilgan qoidalardan tashqari barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Muvofiklikni tanlab tekshirishning vazifalari - Tekshiriladigan hisobot davri ichida ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan iborat.
Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi - ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o’lchashdan iborat. Mohiyatan tanlab tekshirish miqdoriy tanlab tekshirish deb ham ataladi. Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Tekshiriladigan to’plam – bu ma’lum elementlar yig’indisidir. Auditda buxgalteriya yozuvlari (provodkalari), moddalar, yozuvlar to’plam elementlari sifatida tanlab olinib, ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim. Tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz-korxonaning barcha hujjatlari turli belgilar – hujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar, vaqtinchalik izchilligi va boshqalar bo’yicha ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga bo’lib chiqiladi.
Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash. Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining katta-kichikligiga bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qay tarzda amalga oshirilishini aniqlash zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirish №14-«Auditorlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq tartibga solinadi. Xususan, ushbu standartda auditorlik tanlash maqsadi, mohiyati va usullari; tanlash tamoyillari, tanlash risklari va natijalarini baholash masalalari bayon etilgan. Ularni batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Auditorlik tanlash tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 % dan kam qismiga nisbatan auditorlik amallarini qo’llash maqsadida o’tkaziladi.
Auditorlik tanlashga qo’yiladigan muhim talablardan biri - reprezentativlik, ya’ni tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining ta’minlanishidir. Auditorlik tashkiloti ushbu talabni ta’minlash uchun quyidagi statistik usullarning birortasidan foydalanishi mumkin:
Har qanday tanlash (statistik yoki nostatistik) uchun auditorlik tashkiloti quyidagilarni bajarishi lozim:
tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil qilish;
tanlash jarayonida olingan natijalarni barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatish (ekstrapolyatsiya);
tanlash risklarini baholash.
Nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishda tanlash risklarining quyidagi turlari mavjud:
Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishnig to’g’riligini batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud:
a) birinchi toifa xatarlar - tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari;
b) ikkinchi toifa xatarlar - tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar mavjud bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari.
Tanlash riski. Jamlanmaning hajmi (o’lchamini) belgilashda auditorlik tashkiloti tanlash riskini, yo’l qo’yilgan va kutilayotgan xatolarni aniqlashi kerak. Tanlash shundan iborat bo’ladiki, auditorning tanlash ma’lumotlari asosida yuzaga kelgan, muayyan masalalar bo’yicha fikri, xuddi shu masalalar bo’yicha butun jamlanmani o’rganish asosida yuzaga kelgan fikrlardan farq qilishi mumkin.
Tanlash riski nazorat tizimi vositalarini testdan o’tkazishda ham, buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo’yicha oborotlarni va saldolarning to’g’ri aks ettirilganligini tekshirishda ham mavjud bo’lishi mumkin.
Tanlashga kirib qolgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda tanlashga kirib qolgan xatolarning tabiatini aniqlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |