Talab qilinadi: Yuqorida bajarilgan auditorlik amallarining qaysi biri korxonaning transport vositalariga egalik qilish huquqini isbotlab beradi?
Masala. Quyida keltirilgan dalillarni manbasi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot, tashqi yoki boshqa shu kabilar)ga ko‘ra turkumlang va ularni muhimligi va ishonchliligiga ko‘ra tartib bilan qo‘yib chiqing:
A) Kreditorlarning oylik hisobotida ko‘rsatilgan so‘mmalar;
B) Tasdiqlangan hujjatlarni ro‘yxatga olish jurnalining «Schotlar bo‘yicha to‘lovlar» bo‘limida ko‘rsatilgan so‘mmalar;
V) Auditorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llangan kreditorlar xatidagi ko‘rsatilgan so‘mmalar;
G) Direktorlar Kengashi majlisidan ko‘chirmada ko‘rsatilgan so‘mmalar.
Masala. Auditorlik dalillar bo‘yicha ishchi standart talabiga ko‘ra, auditor muhimlikka ko‘ra test o‘tkazishning quyidagi keltirilganlarning biridan foydalanishi mumkin a) Xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha testlar o‘tkazish; b) qoldiqlar bo‘yicha testlar o‘tkazish; v) analitik amallar.
Talab qilinadi:Quyida keltirilgan amallarni yuqorida aytib o‘tilgan muhimlilikka ko‘ra test o‘tkazishning qaysi turiga kirishini jadval asosida keltirib o‘ting:
1. Haqiqiy natijalar bilan rejadagi ko‘rsatkichlarni solishtirish.
2.Cheklar reystrida qayd etilgan «to‘langan» cheklar bo‘yicha provodkalarni topshirish.
3. To‘lashga doir hisoblangan foizlarni qayta hisob-kitobini o‘tkazish.
4. Zaxiralarning aylanuvchanlik koeffitsiyentini hisoblash va tarmoq bo‘yicha taqqoslash.
5. Yil oxiriga bank schotlarini tekshirish.
6. Realizatsiya jurnali provodkalari bilan schot-fakturalar hisobini solishtirib tekshirish.
7.Yil oxiriga mavjud korxona kantselyariya zaxiralarini inventarizatsiyadan o‘tkazish.
Masala. Toshkent shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish korxonasiga tegishli kafe haftada 7 kun, bir kunda 12 soat (haftada jami 84 soat) ishlaydi. Kafedagi xizmat ko‘rsatuvchi 4 o‘rindiqli stollar soni 36 ta. Ma’muriy xodimlar soni 2 kishini, texnik xodimlar 1 kishini tashkil etadi. Korxonada 2012 - yilning IV choragida butun korxona bo‘yicha haqiqatdagi mehnatga haq to‘lash fondi 14 200 000 so‘mni tashkil etsa, stollar soni o‘zgarmagan holda, korxona DSIga taqdim etadigan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hisob-kitobini qanday to‘ldirish lozimligi bo‘yicha maslahat-tushuntirish bering.