Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi


M ol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan



Download 370,61 Kb.
bet5/17
Sana22.06.2022
Hajmi370,61 Kb.
#691326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
M ol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan 

hisob-kitoblar hisobi
Mol yetkazib beruvchilar bilan kapital qo‘yilmalar hisobidan qurilish 
materiallari, konstruksiyalar va qismlar hamda o ‘rnatiladigan uskunalar 
sotib olishga, shuningdek, pudratchilar bilan ularga qurilishda sarflash va 
o ‘matish uchun berilgan qurilish materiallari, konstruksiyalar, qismlar va 
o‘matiladigan uskunalarga hamda ular bajargan qurilish-montaj ishlariga 
doir hisob-kitoblar 150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan 
hisob-kitoblar» subschyotida hisobga olinadi.
Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar hisobi olib borilganda 
150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 
subschyotining dcbetiga mol yetkazib beruvchilarga qurilish materiallari
konstruksiyalar va qismlar hamda o ‘matiladigan uskunalar uchun o ‘tkazib 
berilgan pul mablag'lari summasi yoziladi, bu subschyotning krcditiga csa 
mol yetkazib beruvchilardan olingan qurilish materiallari, konstruksiyalar 
va qismlar hamda o ‘matiladigan uskunalar summasi yoziladi.
Pudratchilar bilan hisob-kitoblar hisobi olib borilganda 150-«Mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» subschyotining 
debetiga pudratchilarga berilgan qurilish materiallari, konstruksiyalar va 
detallar hamda o'matiladigan uskunalar summasi va pudratchilar bajargan 
qurilish-montaj ishlari uchun o ‘tkazib berilgan pul m ablag‘lari summasi 
yoziladi, bu subschyotning kreditiga esa pudratchilar tomonidan bajarib 
topshirilgan qurilish-montaj ishlari summasi, pudratchilar tomonidan 
sarflangan budjet tashkilotining qurilish materiallari, konstruksiyalari va 
qismlari hamda o'matilgan uskunalar summasi yoziladi.
Mol yetkazib beruvchilarga budjet mablag'lari hisobidan amalga 
oshirilayotgan kapital qurilishda sarflanadigan qurilish materiallari, 
konstruksiyalar va qismlar hamda o ‘matiladigan uskunalar sotib olish 
uchun o ‘tkazib berilgan pul m ablag‘lari summasiga quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
Debet 150 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 
subschyoti;
Kredit 093 - «Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilm alar uchun talab 
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti yoki 
269

Kredit 103 - «Kapital qo'yilm alar uchun talab qilib olgunga qadar depozit 


hisobvarag‘i» subschyoti.
Mol yetkazib beruvchilarga maxsus mablag‘lar hisobidan amalga 
oshirilayotgan kapital qurilishda sarflanadigan qurilish materiallari, 
konstruksiyalar va qismlar hamda o'matiladigan uskunalar sotib olish 
uchun o ‘tkazib berilgan pul m ablag‘lari summasiga quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D ebet 150 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 
subschyoti;
Kredit 111 - «Maxsus m ablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit 
hisobvarag‘i» subschyoti.
Mol yetkazib beruvchilardan kapital qurilishda sarflash uchun 
sotib olingan qurilish materiallari, konstruksiyalar va qismlar hamda 
o ‘matiladigan uskunalar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi 
tuziladi:
Debet 040 - « 0 ‘matiladigan uskunalar» subschyoti yoki
Debet 041 - «Kapital qurilish uchun qurilish materiallari» subschyoti;
Kredit 150 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 
subschyoti.
Pudratchilarga kapital qurilishda sarflash uchun berilgan qurilish 
materiallari, konstruksiyalar va qismlar hamda o ‘matiladigan uskunalar 
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 150 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 
subschyoti;
Kredit 040 - « 0 ‘matiladigan uskunalar» subschyoti yoki
Kredit 041 - «Kapital qurilish uchun qurilish materiallari» subschyoti.
Pudratchilardan qabul qilib olingan bajarilgan qurilish-montaj ishlari 
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 203 - «Kapital q o ‘yilmalarga budjet bo‘yicha xarajatlar» subschyoti 
yoki

Debet 212 - «Kapital qo'yilm alarga va uskuna sotib olishga maxsus mablag'lar 


bo'yicha xarajatlar» subschyoti;
Kredit 150 - «Mol yetkazib bcruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 
subschyoti.
Pudratchilardan qabul qilib olingan bajarilgan qurilish-montaj 
ishlari uchun o'tkazib berilgan pul mablag‘lari summasiga quyidagi 
buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 150 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 


subschyoti;
Kredit 093 - «Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab 
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti yoki
Kredit 103 - «Kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit 
hisobvarag'i» subschyoti yoki
Kredit 111 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit 
hisobvarag'i» subschyoti.
150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 
subschyotiga doir analitik hisob har bir mol yetkazib beruvchi va 
pudratchi b o ‘yicha 292-a-shakldagi kartochkada (yoki 292-shakldagi 
kitobda) olib boriladi.



Download 370,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish