Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi



Download 370,61 Kb.
bet1/17
Sana22.06.2022
Hajmi370,61 Kb.
#691326
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17


16-variant
    1. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi

Buxgalteriya hisob registrlarida ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda, e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi mumkin.


Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi holatlarda aniqlanishi mumkin.

      1. Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.

      2. Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan.

      3. Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki kam yozilgan.

Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi.
Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud:

  1. «Korrektura» usuli.

  2. «Qizil storno» usuli.

  3. «Qo‘shimcha yozuv» usuli.

Korrektura usuli ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yozuv ustidan, uno‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri yozuv yozib qo‘yiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli registrning bo‘sh joyiga izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh daftarga o‘tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun belgilangan bo‘sh qator yoki grafada, maxsus buxgalteriya ma’lumotnomasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi. Jamlangan ma’lumotlar daftarga o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu ma’lumotnomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa xato topilgan jurnal-orderga ilova qilinadi (tikib qo‘yiladi).
Masalan: «Materiallar» hisob schyotini debeti bilan buxgalteriya hisob reestriga 40050 so‘m o‘rniga, 40000 so‘m yozilgan
40000 (14.03.17) «to‘g‘rilanganligiga ishonilsin» (imzo).
«Qizil storno» usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi.
«Qizil storno» usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali to‘g‘rilanadi. Ya’ni qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami summasidan ayirilishi kerak.
Qizil siyohdagi yozuv aks ettirib, xato yozuv to‘g‘rilanganidan so‘ngra, to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi.
«Qizil storno» usuliga misolni keltirish orqali talabalarni, ushbu usul mohiyati bilan yaqindan tanishtiramiz.
Masalan: «Asosiy ishlab chiqarish» uchun ombordan material berildi 60000 so‘m. Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo‘ladi:
Debet «Asosiy ishlab chiqarish» 60 000
Kredit «Materiallar» 60 000
Buxgalteriya xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000 so‘m aks ettirilgani aniqlandi.
Xato yozuvni bir «O» raqamini o‘chirish orqali to‘g‘rilash mumkin emas.
Demak, «qizil storno» usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
600 000–540 000 = 60 000
Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi sababli, 600 000 dan 540 000 ayirilishi shart. Sxema ko‘rinishida sintetik schyotlarga taalluqli buxgalteriya hisob registrlaridagi yozuvlar quyidagicha aks ettiriladi.

Download 370,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish