Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Xarajatlarni aks ettiruvchi schyotlar bo‘yicha turkumlanishi



Download 480,59 Kb.
bet3/20
Sana31.03.2022
Hajmi480,59 Kb.
#521135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
USTAMA XARAJATLAR HISOBI

Xarajatlarni aks ettiruvchi schyotlar bo‘yicha turkumlanishi Sarflarni shakllantirishni boshqarish tizimida amaliy foydalanish uchun sarflar mazmuni va maqsadiga ko‘ra, ikki usulda guruhga bo‘linadi: iqtisodiy tarkibi hamda sarflarning moddalariga ko‘ra. Guruhga bo‘lishning ikkala usulida ayni bir xil sarflar hisobga olinadi, lekin ularni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ayni bir nomli moddalar va tarkibiy qismlari kattaligiga ko‘ra farklanadi. Xarajatlarni iqtisodiy tarkibiga ko‘ra guruhlashda u yoki bu zahiralar turi qaerda va qaysi maqsadda ishlatilishi muhim emas, faqat sarflar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lishi muhim hisoblanadi.
Xarajatlarni iqtisodiy tarkibiga ko‘ra guruhlarga bo‘lish korxonada ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini tahlil etish, buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun qo‘llanadi.
Sarflar tasnifi sarf-xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarishga nisbatan turlicha ekanligini aks ettirish va ularning turlarini belgilashga imkon beradi. Buxgalteriya ma’lumotlarini tasniflashning ko‘pgina sxemalari mavjudligiga qaramay, ulardan birini namuna sifatida ajratib ko‘rsatish mumkin emas. Tasniflash sxemasi ma’lumotning maqsadiga bog‘liqdir. Ingiliz olimi Alborov, Rolan A. sarflar hisobining quyidagi yo‘nalishlarini va ularning ehtimoliy tasniflarini taklif etadi. Xarajatlar yo‘nalishlari va ularni tasniflashning ehtimoliy turi



Hisobning yo‘nalishi

Tasniflashning ehtimoliy usuli

1

Mahsulot zahiralarining qiymatini aniqlash uchun

  • hisobot davri va mahsulot tannarxi sarflari;

  • mahsulot ishlab chiqarish sarflarining tarkibiy qismlari;

  • xarajatlarning buyurtma bo‘yicha va jarayonlar bo‘yicha kalkulyatsiyasi.

2

Qarorlar qabul qilish uchun

  • xarajatlar dinamikasi;

  • kelgusi davr xarajatlari va o‘tgan davr xarajatlari;

  • bartaraf etiladigan va bartaraf etilmaydigan xarajatlar;

  • qaytarib bo‘lmaydigan sarflar; • faraz qilingan sarflar;

  • chegaraviy sarflar.

3

Nazorat va boshqaruv uchun

  • boshqarib bo‘ladigan va boshqarib bo‘lmaydigan xarajatlar;

  • xarajatlar dinamikasi.

Ya’ni, buxgalteriya ma’lumotlarining foydalanuvchilari biror sarf-xarajat haqida nimanidir bilib olmoqchi bo‘lsalar, aynan shu narsaning o‘zi hisob yo‘nalishi bo‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining yo‘nalishiga mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi, sotish bo‘limi ta’minoti sarflari kalkulyatsiyasi, ya’ni amalda Biron-bir mansabdor shaxsning ishlatilgan zahiralarni baholash zaruratini yuzaga keltiradigan holatlar misol bo‘lishi mumkin.
Sarflarni shakllantirishni boshqarish tizimida amaliy foydalanish uchun sarflar mazmuni va maqsadiga ko‘ra, ikki usulda guruhga bo‘linadi: iqtisodiy tarkibi hamda sarflarning moddalariga ko‘ra. Guruhga bo‘lishning ikkala usulida ayni bir xil sarflar hisobga olinadi, lekin ularni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ayni bir nomli moddalar va tarkibiy qismlari kattaligiga ko‘ra farklanadi. Xarajatlarni iqtisodiy tarkibiga ko‘ra guruhlashda u yoki bu zahiralar turi qaerda va qaysi maqsadda ishlatilishi muhim emas, faqat sarflar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lishi muhim hisoblanadi.
Mahsulotga tegishli xarajatlar tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Bu xarajatlar zahiralar qiymatiga kiritiladi. Mahsulotga tegishli xarajatlarga asosiy materiallarni, asosiy mehnatni va ishlab chiqarishga ustama sarflarni kiritishadi.
Asosiy materiallar – xom-ashyo va materiallar, ular tayyor mahsulotning qismiga aylanadi. Ularning qiymati bevosita va alohida xarajatlarsiz ma’lum buyumga qo‘shiladi. Bevosita moddiy xarajatlar miqdorini aniq bir buyumga qo‘shish mumkin bo‘lgan materiallar miqdorini materiallar birligiga ko‘paytirib hisoblab chiqarilishi mumkin.
Asosiy mehnat barcha ishchi kuchi xarajatlarini o‘z ichiga oladi, ularni bevosita tayyor mahsulotlarning ma’lum turiga tejab qo‘shish mumkin.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari – (ishlab chiqarish ustama xarajatlari) – bular mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan asosiy materiallar va asosiy mehnatdan tashqari barcha xarajatlardir, ya’ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin tayyor mahsulotning aniq bir turiga tegishli deb bo‘lmaydigan turli sarf-xarajatlarning yig‘indisidir. (Masalan, qo‘shimcha materiallar, qo‘shimcha ishchilar mehnati, ishlab chiqarish binolari va uskunalarning ammortizatsiyasi, kommunal xizmatlar, ishlab chiqarish binolarini ijaraga olishga doir xarajatlar yig‘indisi).
Davr xarajatlariga ular paydo bo‘lgan davrda qilingan, lekin zahiralar qiymatiga qo‘shilmaydigan sarflar kiradi. Davr xarajatlariga sotish xarajatlari va ma’muriy xarajatlar kiradi.
Mahsulotni sotish bilan bog‘liq xarajatlar – korxonaning mahsulotni sotish, uni bozorga olib borish xarajatlaridir.
Ma’muriy xarajatlar – korxonaning umumiy faoliyati bilan bog‘liq (masalan, ma’muriy xodimlarning ish haqi, ma’muriy bino va ofis anjomlari amortizatsiyasi va shu kabi xarajatlardir).
Xarajatlar mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilish usuli bo‘yicha bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.
Bevosita xarajatlar mahsulotning aniq turi talabidan xosil bo‘ladi. Ularni dastlabki xujjatlar ma’lumotlariga asoslanib sarflangan paytida mahsulotning ma’lum turiga qo‘shish mumkin. Bunga xom-ashyo materiallar, sarfi, ishlab chiqarish bilan band ishchilarning ish haqi, ya’ni dastlabki xarajatlar kiradi.
Bilvosita xarajatlar mahsulotning bir necha turi bo‘yicha hosil bo‘ladi. Odatda bilvosita xarajatga ishlab chiqarilgan mahsulotning ma’lum turiga bevosita ko‘shib bo‘lmaydigan ishlab chiqarishning ustama sarf-xarajatlari kiradi, shuning uchun xarajatlarning umumiy summasini maxsus stavkalar asosida mahsulotga taqsimlaydilar.
Ishlab chiqarish xarajatlari (asosiy mehnat, asosiy materiallar sarfi va ishlab chiqarish ustama xarajatlari) yig‘iladi hamda ishlab chiqarilgan mahsulot to‘g‘risida hisobot va sotilgan mahsulot tannarxi to‘g‘risida hisobot tarzida ko‘rsatiladi. Bu hisobotolar alohida tuzilishi yoki ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobotga birlashtirilishi mumkin.
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi – bu ma’lum davrda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotga tegishli ishlab chiqarish xarajatlaridir. Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini hisoblash uchun ma’lum davrda qilingan ishlab chiqarish xarajatlari tugallanmagan ishlab chiqarishning sof o‘zgarishiga ko‘paytirish yoki kamaytirish (tugallanmagan ishlab chiqarishning boshlang‘ich qoldig‘i minus tugallanmagan ishlab chiqarishning oxirgi qoldig‘i).

Download 480,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish