Ustama xarajatlarni taqsimlashning reja stavkasidan foydalanish
Ustama xarajatlarni amaldagi miqdoriga asoslanib taqsimlash stavkasini hisoblash ko‘pincha bir qancha muammoni keltirib chiqaradi:
buyurtmalarning tannarxini hisoblash hisobot davri tugaguncha kechiktirilishi lozim, chunki ustama xarajatlar va ishlab chiqarish hajmini bundan oldin hisoblab bo‘lmaydi;
ustama xarajatlar ham, ishlab chiqarish faoliyati ham oy sayin o‘zgaradi va ustama xarajatlarni taqsimlash stavkalarining ko‘p darajada o‘zgarishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning reja stavkasini hisoblash quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi:
Ustama xarajatlar prognoz miqdorini hisoblash
Ustama xarajatlarni taqsimlash bazasini tanlash
Kelgusi davr uchun prognoz qilingan ustama xarajatlar miqdorini bazaning prognoz miqdoriga ajratish
Ushbu stavkadan foydalanib, ustama xarajatlarni mahsulotning har bir turiga o‘tkazish.
Ustama xarajatlarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bo‘yicha taqsimlashda xarajatlarni ikkibosqichli jarayoni qo‘llaniladi. Birinchi bosqichda ustama xarajatlar xarajatlar markazlari bo‘yicha taqsimlanadi. Xarajat markazlari bo‘lib masalan, ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘lishi mumkin. Ikkinchi bosqichda xarajat markazlarida to‘plangan xarajatlar talluqli taqsimlash bazalarini qo‘llagan holda aniq tannarx ob’ektlariga taqsimlanadi.
Taqsimlashning ikkibosqichli jarayonidan foydalanish uchun qo‘yidagi turtta qadamni amalga oshirilishi talab etiladi:
Barcha ishlab chiqarish ustama xarajatlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi xarajat markazlari bo‘yicha taqsimlash;
Xizmat ko‘rsatuvchi xarajat markazlariga (servis xarajatlari markazi) to‘g‘ri keladigan xarajatlarni xarajatlarning ishlab chiqarish markazlari bo‘yicha qayta taqsimlash;
Har bir xarajatlar ishlab chiqarish markazlariga to‘g‘ri keladigan ustama xarajatlarning alohida stavkasini hisoblash;
Ustama xarajatlarni har bir xarajatlarning ishlab chiqarish markazlariga to‘g‘ri keladigan xarajatlarini mahsulot turlari yoki boshqa tanlangan tannarx ob’ektlariga taqsimlash.
1 va 2-qadamlar birinchi bosqichni, 3 va 4-qadamlar esa ikkinchi bosqichni tashkil etadi.
Xarajatlarni kalkulyatsiya qilishning an’anaviy tizimi ustama xarajatlarni taqsimlashning birinchi bosqichida turli xil taqsimlash bazalari foydalaniladi (2.10-jadval):