Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit



Download 0,51 Mb.
bet10/12
Sana31.03.2022
Hajmi0,51 Mb.
#520092
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
NOMODDIY AKTIVLAR QAYTA BAHOLASH XAMDA QAYTA BAHOLASH HAMDA ULARNI BALANSDAN CHIQARISH HISOBI

2.2.1-jadval
4
Nomoddiy aktivlar kirimiga oid buxgalteriya o‘tkazmalari



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo‘luvchi xujjat

Ishlab chiqarish tugaganidan so‘ng yaratilgan ob’ektni qabul qilish-
topshirish


a)Nomoddiy aktivni yaratilishi
bilan bog‘liq xarajatlar summasiga

080

15-16 schyotlar ning
tegishli
subschyotl ari

Yuk xati, bajarilag
ishlarni qabul qilish
topshirish
dalolatnomasi va boshqalar


b) Nomoddiy aktivlarni dastlabki qiymati bo‘yicha kirim qilinishi

030

080

Kirimga olish dalolatnomasi

Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olish

1.

Nomoddiy aktivlarni sotib olinishi:
a) sotib olish qiymati va boshqa sotib olish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar summasiga

080

15-16 schyotlar ning
tegishli
subschyotl ari

Yuk xati, avans hisoboti va boshqalar




b) Nomoddiy aktivlarni dastlabki qiymati bo‘yicha kirim qilinishi

030

080

Qaydnoma, buxgalteriya
ma’lumotnomas
i

Beg‘araz kelib tushishi




Nomoddiy aktivlar beg‘araz

080

262

Yuk xati,


Nomoddiy aktivlar hisobini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishni kuyidagi sxema ko‘rinishida aks ettirish mumkin (2.2.1-rasm).
4. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishni hisobga olish hamda nomoddiy aktivlar xolati va xarakati bo‘yicha hisobotlarni tuzish.
Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqsiz holga kelguniga qadar hisobda aks ettiriladi. Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan nomoddiy aktivlar belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan hisobdan chiqariladi:
-tugatish; -sotish; -beg‘araz berish; -kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi;
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Nomoddiy aktivlar quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan chiqarilishi mumkin:
a) foydali xizmatning belgilangan muddati tugaganidan (amortizatsiya
ajratmalari to‘liq hisoblab yozilganidan) keyin;
b) tegishli davlat vakolatli organlarining qarorlariga muvofiq;
v) ma’naviy eskirgan nomoddiy aktivlar;

Tashkilotlarda ularni tugatish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun rahbar tomonidan tayinlanadigan shaxs raisligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga tegishli mutaxassislar, buxgalteriya xodimlari va tashkilotning moddiy javobgar shaxslari kiritilishi kerak. Komissiya tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tuziladi.


Ularni tugatish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tuziladigan komissiya quyidagi vakolatlarga ega bo‘ladi:
a) hisobdan chiqariladigan nomoddiy aktivlarning holatini o‘rganishni amalga oshirib, bunda mutlaq huquqlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlar (patent, pasport va boshqa hujjatlar), shuningdek buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanadi;
b) ularni tiklashning mumkin emasligi yoki iqtisodiy maqsadga
nomuvofiqligini belgilaydi;
v) nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish sabablarini belgilaydi (amortizatsiya ajratmalarini to‘liq hisoblab yozish, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi, tabiiy ofatlar va hokazo);
g) nomoddiy aktivlarning foydalanishdan muddatdan avval chiqib ketishida
aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi.
Nomoddiy aktivlarni sotish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular sotuvchi tashkilot balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi
Nomoddiy aktivlarni tekinga berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular tekinga beradigan tashkilot balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi
Nomoddiy aktivlar tashkilotlar balansidan inventarizatsiyalash chog‘ida kamomad yoki talafotlar aniqlanishi munosabati bilan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.
Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni kamomad yoki talafotlar aniqlanishi munosabati bilan balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida 2004 yil 10 martdagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 37-son, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2004-26-son, O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 20/1-son qarori bilan tasdiqlangan Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi xujjatlar rasmiylashtiriladi:
tugatish bo‘yicha amal qilish muddati tugaganligi tufayli hisobdan
chiqarilganda – hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma; sotish bo‘yicha – shartnoma, xaq olinganligini tasdiqlovchi to‘lov
xujjatlari, chiqib ketish to‘g‘risida dalolatnoma; beg‘araz berilish bo‘yicha - chiqib ketish to‘g‘risida dalolatnoma; kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi bo‘yicha – inventarizatsiya dalolatnomasi.
Nomoddiy aktivlarni chiqib ketishiga oid buxgalteriya xujjatlariga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib 274-son shakldagi memorial order rasmiylashtiriladi. Memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Nomoddiy aktivlar balansdan chiqarilishida o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma yoki buxgalteriya ma’lumotnomasi rasmiylashtirilib tegishli qaydnomalarga tushiriladi va buxgalteriya yozuvlari berilib memorial order va bosh jurnal daftariga tushiriladi.
Nomoddiy aktivlarni balansdan hisobdan chiqarilishi 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyoti kreditida va tegishli xarajat schyotlari yoki boshqa tegishli subschyotlarning debetida aks ettiriladi
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha axborotlar nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risida hisobotda tashkilotning hisobot yili mobaynidagi nomoddiy aktivlarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiriladi.
Mazkur hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar:

  • hisobot yili boshiga mavjud nomoddiy aktivlarning to‘g‘riligini (asoslanganligini);

  • yil mobaynida tashkilotga kirim bo‘lgan va tashkilotdan chiqim bo‘lgan barcha nomoddiy aktivlarni (budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi bo‘yicha alohida holda) hisob registrlarida ("nomoddiy aktivlar bo‘yicha aylanma vedomost" 326-shakl, “Moddiy qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi) 296-shakl, "Bosh jurnal kitobi" 308-shakl va boshqa tegishli registrlarda) to‘g‘ri aks ettirilganligini;

  • kirim va chiqim operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini va to‘liqligini tekshirib chiqadilar.

Ushbu hisobotda nomoddiy aktivlar to‘g‘risida ma’lumotlar "Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) va boshqa nomoddiy aktivlar hisobi yuritiladigan hisob registrlari ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi. Hisobotda nomoddiy aktivlarning (budjet yoki budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan olinganligi ko‘rsatilgan holda) yil boshiga mavjud qoldig‘i, hisobot yili mobaynida kirim bo‘lgan nomoddiy aktivlarning qiymati va chiqim bo‘lgan (hisobdan chiqarilgan)larining qiymati, shuningdek, hisobot davri oxiriga tashkilotlar balansidagi mavjud qiymati ko‘rsatiladi.
Xulosa
Budjet tashkiloti tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk ob’ektlari nomoddiy aktivlar sifatida qayd etiladi.
Bu hisob ob’ekti budjet tashkilotlarida oxirgi uslubiyotdagi isloxatlar natijasida kiritilgan bo‘lib ular hisobini aloxida tashkil etish talab etiladi
Referat ishida nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish uslubiyoti nazariy va amaliy jixatdan o‘rganilishi natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalarga kelindi.

  1. Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobi balansga olinishi manbaasidan kelib chiqib budjet mablag‘lari hisobiga sotib olingan, budjetdan tashqari (Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg‘armasi, boshqa maxsus ) mablag‘lar hisobiga alohida tashkil etiladi;

  2. Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlarni balansga kirim qilish va chiqarish qatiy qonunchilik tartibida amalga oshiriladi;

  3. Nomoddiy aktivlarga amartizatsiya hisoblanmanmaydi.

Budjet tashkilotlari hisob tizimida amalga oshirilayotgan isloxatlar jarayonida nomoddiy aktivlar hisobini takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

  • Nomoddiy aktivlarni hisobda aktiv sifatida qayd etishni yo‘riqnoma talablariga qatiy amal qilgan xolda amalga oshirish;

  • Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobini bazaviy tamoyillarini aks ettiruvchi aloxida Davlat sektori buxgalteriya hisobi milliy standartini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobini tashkiliy, texnik va uslubiy jixatlarini aks ettiruvchi aloxida mutaxassislar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;

  • budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan balansga kirim qilingan nomoddiy aktivlar xarakati hamda xolatini aks ettirish uchun ishchi schyotlar rejasini tuzib olish;

  • budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar saqlanishini ta’minlash bo‘yicha material javobgar shaxslar tomonidan xar oyda hisobotlarni topshirilishini yo‘lga qo‘yish va nazorat qilish;

  • Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar bo‘yicha 19 sonli «Inventarizatsiyani tashkil etish va utkazish» Buxgalteriya xisobi milliy standartiga asosan inventarizatsiya utkazish reja grafigini tuzish va uni bajarilishini ta’minlash;

  • Nomoddiy aktivlar hisobini avtomatlashtirilgan shaklda tashkil etish.

  • Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar bo‘yicha ichki audit uslubiyotini shakllantirish;

Keltirib o‘tilgan taklif va tavsiyalar budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobini takomillashtirish imkoniyatini beradi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish