Bog'liq NOMODDIY AKTIVLAR QAYTA BAHOLASH XAMDA QAYTA BAHOLASH HAMDA ULARNI BALANSDAN CHIQARISH HISOBI
Mualliflik huquqlari - bu fan, adabiyot yoki san’at asarlarini nashr qilish, ommaviy ijro etish yoki boshqacha tarzda foydalanish uchun maxsus beriladigan huquqdir. Muallifga shaxsan mulkiy va mulkiy bo‘lmagan huquqlar biriktiriladi. Muallifning hayotligida yoki o‘limidan so‘ng begona qilinmaydigan yoki boshqa birovga o‘tkazilmaydigan mualliflik huquqi muhim nomulkiy huquq hisoblanadi.
Avval aytib o‘tilganidek, bulardan tashqari, nomoddiy aktivlarga yer uchastkalari va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ilmiy-Kurs ishi va tajriba - konstruktorlik ishlari uchun qilingan uzoq muddatli xarajatlar va firmaning amaliy shuhrati (mavqeyi) kiradi. Yer uchastkalari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari ular egalarining tegishli ravishda xo‘jalik faoliyati uchun yoki boshqa maqsadda foydalanishga alohida huquqqa egaligini nazarda tutadi. Shuni nazarda tutish kerakki, yerdan foydalanish huquqiga egalik mazkur yer uchastkasining mulk qilib olinishini bildirmaydi. Korxona ushbu yerdan sotish huquqiga ega bo‘lmasdan foydalanishi mumkin.
Ilmiy Kurs ishi va tajriba - konstruktorlik ishlanmalari u yoki bu muayyan amaliy maqsad yoki qo‘llash sohasiga tegishli bo‘lmasdan butkul bilimlarni oshirishga ko‘maklashadigan, asosan ilmiy - Kurs ishilar natijasida olingan bilimlardan foydalanish uchun yo‘naltirilgan amaliy Kurs ishilar: muayyan buyumlar yoki jarayonlar sifatini yaxshilash, joriy qilish uchun o‘tkaziladigan tajriba - konstruktorlik ishlari.
Nomoddiy aktivlar haqidagi ma’lumotlarni balansda aks ettirish borasida har xil mamlakatlarda turlicha yondoshuvlar mavjud, shuningdek bir xil iqtisodchilarning o‘zlarida bu mablag‘larga nisbatan qarama-qarshi tushunchalar uchraydi. Milliy va xalqaro standartlarda ko‘rsatilishicha, u yoki bu birliklarni balans aktiviga qo‘shish shunday hollarda bo‘lish mumkinki, agar u to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishonchli va uning pulda baholanishi asoslangan bo‘lsa, agar shu birlikdan iqtisodiy resurslar yoki iqtisodiy foyda olish ehtimoli mavjud bo‘lsa.
Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etishdan maqsad smetalar ijrosi jarayonida nomoddiy aktivlar xolati va xarakati bo‘yicha tegishli buxgalteriya axborotlarini shakllantirishdan iborat.
Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:
nomoddiy aktivlarni amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha hisobga olishni tashkil qilish;
nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli me’yoriy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;
nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;
nomoddiy aktivlar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.
Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etishning aloxida xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobi balansga olinishi manbaasidan kelib chiqib budjet mablag‘lari hisobiga sotib olingan, budjetdan tashqari (Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg‘armasi, boshqa maxsus ) mablag‘lar hisobiga alohida tashkil etiladi;
Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlarni balansga kirim qilish va chiqarish qatiy qonunchilik tartibida amalga oshiriladi;