Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha



Download 1,57 Mb.
bet7/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

Buxgalteriya balansi – xo‘jalik mablag‘lari ulurning tarkibi, joylashgan joylari va ularning vujudga kelish manbalarini ma’lum bir sanaga pulda ifodalab turadigan jadval. Balans ikki tomonlama jadval bo‘lib, uning chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni passiv deb nomlanadi. Balans aktivida xo‘jalik mablag‘lari, joylashgan joylari va tarkibi ko‘rsatilsa, passivida ushbu xo‘jalik mablag‘larining manbai aks ettiriladi. Aktiv va passivning xar bir unsuri (elementi), mablag‘lar turi yoki ularning manbai balans moddasi deb ataladi. Uning aktivida ham, passivida ham balans moddalari ikki bo‘limga bo‘lib ko‘rsatiladi.


2.2. Hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilar

Buxgalteriya hisobi o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ko‘p hollarda «biznesning tili», rivojlangan bozor ishtirokchilarining muloqat qiladigan umumiy tili deb ham ifodalanadi. Tegishli axborotlar ulardan foydalanuvchilarga buxgalteriya hisobi tilida, ya’ni tadbirkorlar «o‘qiy oladigan» tilda yetkaziladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt to‘g‘risidagi axborotlarga qiziquvchi istalgan yuridik yoki jismoniy shaxs moliyaviy hisobotdan foydalanuvchi bo‘lib hisoblanadi. Shu munosabat bilan hisob axborotlaridan foydalanuvchilarning manfaatlari shakllanadi. Mazkur foydalanuvchilar doirasi yetarli darajada barqaror bo‘lishiga qaramasdan, ularning axborotlarga talabi har xil. Farqlar eng avvalo manfaatlar xilma-xilligidan kelib chiqadi. Birovlarni mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’ektga qo‘yilgan kapitaldan olinadigan daromad qiziqtirsa, boshqalarni – ushbu daromadni soliqqa tortish, uchinchi toifa foydalanuvchilarni – sarflangan mehnatga to‘liq va o‘z vaqtida haq to‘lash hamda boshqa shu kabilar qiziqtiradi. Barcha axborotdan foydalanuvchilar ikkita katta guruhga: ichki foydalanuvchilar va tashqi foydalanuvchilarga bo‘linadi(2.1-rasm).


Birinchi guruh ichki foydalanuvchilarni tashkil etadi. Keng ma’noda ularga korxona ma’muriyati, uning menejerlari va nihoyat korxona xodimlari kiradi. Korxona ma’muriyati boshqaruv qarorlarini qabul qilishning barcha bosqichlarida: biznes-reja tuzish, nazorat va boshqaruv funksiyasining samaradorligini baholashda hisob axborotlaridan foydalanadi. Ma’muriyatning barcha hatti-harakatlari korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Shuning uchun buxgalteriya zarur ma’lumotlarni tayyorlagan holda javob berishi lozim bo‘lgan savollarning mazmuni: ishlab chiqarish quvvatlarining materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar holatini, ayrim turdagi materiallarni, hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxining qanday shakllanayotganligini, debitor va kreditor qarzlar o‘zgarishining holatini va boshqalarni ko‘rsatadi.





Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish