6. Xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tashkil etishga kim javobgar?
A) bosh buxgalter
B) xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari
C) iqtisodiy masalalar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari
D) bosh iqtisodchi
E) bosh buxgalter o‘rinbosari
7. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to‘plami
A) Hisob siyosati
B) Buxgalteriya hisobining milliy standarti
S) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun
D) O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizom
E) “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun
4-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA AUDITORLIK FAOLIYATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
4.1.Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
4.2. Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari
4.3. O‘zbekistonda auditorlik faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi haqida
4.4. Auditor kasbiga qo‘yiladigan kasbiy va ahloqiy talablar
4.1.Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bo‘lishidan qat’iy nazar, ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid manbalarda ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan:
axborot yetkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (mulkdorlar va investorlar, kreditorlar) o‘rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishi;
qabul qilinadigan qarorlar (ular esa juda ko‘p bo‘lishi mumkin) oqibatlarining axborotlar sifatiga bog‘liqligi;
axborotlarni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi;
foydalanuvchilarda axborotlar sifatini baholash uchun ularni olish imkoniyatining yo‘qligi.
Ushbu va boshqa bir qator sabablar tegishli tayyorgarlik, malaka, tajriba va bunday xizmat turlarini ko‘rsatish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan, mustaqil ekspertlarning xizmatlariga ijtimoiy ehtiyojni vujudga keltirdi 12.
Ayrim manbalarga ko‘ra buxgalter-auditor kasbi XIX asrning o‘rtalarida Yevropaning aкsiyadorlik kompaniyalarida aкsiyadorlar, kreditorlar va soliq xizmati xodimlari o‘rtasidagi munozarali masalalarni hal qilib berish zarurati tufayli shakllana boshlagan. O‘sha paytlarda mustaqil faoliyat ko‘rsatib, korxonaning ishlab chiqarish – moliya faoliyati to‘g‘risida aniq xulosa beradigan mutaxassislarga ehtiyoj kuchaygan. Natijada, 1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1937 yili esa AQShda majburiy audit to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o‘zining tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega bo‘lgan audit institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda13.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillarda jahon iqtisodiy tanazzuli katta turtki bo‘ldi. Bu davrda aкsiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ko‘pchiligi inqirozga yuz tutgan. Natijada hisobotlarni, xususan, balans, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini qat’iy belgilash, ularning to‘g‘riligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan14.
Audit XIX asr o‘rtalarida Shotlandiyada ham vujudga kela boshlagan. Shotlandiyada professional buxgalterlarning birinchi rasmiy birlashmalari Qirollikning alohida farmonlariga muvofiq vujudga kelgan. 1854 yil 23 oktyabrda Edinburg Buxgalterlar Jamiyati; 1855 yil 15 martda Glazgo buxgalterlar va aktuariylar instituti; 1867 yil 10 aprelda Aberdin buxgalterlar jamiyati15.
1844 yilda Angliyada aкsiyadorlik kompaniyalarining buxgalteriya schyotlarini, aкsiyadorlarga taqdim etiladigan hisobotlarni yiliga kamida bir marta mustaqil buxgalterlar tekshiruvidan majburiy o‘tkazilishini talab qiladigan qonunlar chiqarilgan.
Shunday qilib, dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bo‘lib, barcha investorlar, aкsiyadorlar, kreditorlar auditorlarni o‘zlarining himoyachisi sifatida qabul qilganlar.
Auditorlar haqida ularni aкsiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash «Kompaniyalar to‘g‘risidagi qonun» chiqarilishi bilan o‘zgargan. Ushbu qonunga muvofiq barcha kompaniyalar o‘zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda va zararlarni majburiy ravishda ko‘rsatishlari belgilab qo‘yildi16 .
Tarixiy manbalardan ma’lumki, markazlashgan davlatchilikning barpo bo‘lishi hamda rivojlanishi natijasida mamlakatni boshqarish uchun hisob, nazorat va moliya ishlariga zaruriyat kuchaygan. Ularning ildizlari insoniyatning uzoq tarixiga borib taqaladi. Masalan, auditorlik, professor P.I.Kamыshanov ma’lumotlariga ko‘ra taxminan eramizdan oldingi 200 yillarda kasb sifatida shakllana boshlagan. Bu paytlarda kvestorlar, ya’ni Rim Imperiyasi davrida moliya va sudlov ishlarini olib boruvchi mansabdor shaxslar joylardagi hukumat buxgalterlari ustidan nazorat qilib turganlar. Kvestorlarning hisobotlari Rimga yuborilib, imtihon qiluvchilar tomonidan eshitilgan. «Auditor» lotinchadan «eshituvchi» degan tushuncha ham shundan kelib chiqqan17.
Demak, «Audit» tushunchasi lotincha bo‘lib, «auditing» - aynan tarjimasi «u eshitayapti», «eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi.
Rossiyada auditorlik faoliyati va auditor kasbi uning zamonaviy ko‘rinishida nisbatan yaqinda mamlakatdagi iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida vujudga keldi18.
Audit, nazorat va taftish sohasida taniqli rossiyalik mutaxassis professor Yu.A.Dinilevskiy yozishicha «Rossiyada Audit institutini yaratishga 1889, 1912 va 1928 yillarda harakat qilingan, ammo ularning barchasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan»19.
Shuningdek, rossiyalik taniqli soha olimlari A.D.Sheremet, V.P.Suytslar yozishicha: «Rossiyada auditor unvoni rasman Petr 1 tomonidan kiritilgan. Auditor lavozimi ish yurituvchi, kotib va prokurorning ayrim majburiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. XX asr boshlariga kelib Rossiyada auditorlar jamoat buxgalterlari deb nomlangan»20. Rossiyada audit asosan XX asrning 80-yillarida yirik shaharlarda rivojlana boshlagan, auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun faqat 2001 yilning avgustida qabul qilindi21.
O‘tmishda ajdodlarimiz ham hisob, moliya va nazorat ilmiga alohida ahamiyat berishgan. Jumladan, “Temur tuzuklari”da ham hisob, moliya va nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda muhim vosita bo‘lganligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |