Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha



Download 1,57 Mb.
bet44/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

7.Tashqi audit – ….
A) Bosh buxgalter va kassir tashabbusi bilan o‘tkaziladi.
B) Korxona rahbarining buyrug‘i bilan o‘tkaziladi.
C) Korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi va umumiy majlis qaroriga asosan o‘tkaziladi.
D) Yuqori tashkilot buyrug‘i bilan korxona mutaxassislari va zarur hollarda tergov organlari xodimlari jalb qilinib o‘tkaziladi.
E) Tekshirilayotgan korxonada buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini baholash maqsadida auditorlik tashkiloti tomonidan, shartnoma asosida o‘tkaziladi.


8. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi kim?
A) Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt;
B) Auditorlik tashkiloti;
C) Huquqni muhofaza qiluvchi organ;
D) Davlat hokimiyati;
E) Soliq inspeksiyasi.
9. Nazort qiluvchi yoki xuquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga ko‘ra audit o‘tkazishda auditorlik tekshiruviga kim haq to‘laydi?
A) Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt;
B) Huquqni muhofaza qiluvchi organ;
C) Auditorlik tekshiruvini belgilagan organ, ya’ni buyurtmachi;
D) Davlat hokimiyati;
E) Soliq inspeksiyasi.
10. Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi-bu:
A) Davlat hokimiyati;
B) Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt;
C) Huquqni muhofaza qiluvchi organ;
D) Soliq inspeksiyasi;
E) Moliya vazirligi.
5-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDITORLIK FAOLIYATINING IJODIY IMKONIYATLARI


5.1. Talabalar ilmiy–tadqiqot ishlarini tashkil qilish
5.2. Kurs va bitiruv malakaviy ishlari ilmiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish vositasi
5.3 Ilm-fan va ta’lim hamkorligi


5.1. Talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilish
Talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilish bo‘yicha «Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit» kafedrasida ma’lum tajriba to‘plangan. Kafedra qoshida «Yosh buxgalterlar klubi» talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) tashkil etilgan bo‘lib, unga a’zolar «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishining birinchi bosqichida «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanini o‘qitish davrida tanlab olinadi.
Birinchi bosqichda talabalarda ilmiy ish uslublari to‘g‘risida dastlabki tasavvurlar shakllanadi, ular buxgalteriya hisobining predmeti, ob’ektlari, uslubi va uning usullarini o‘zlashtirib oladilar. O‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni mustaqil o‘rganish, vaziyatli mashqlarni yechish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar shakllanadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», «Moliyaviy va boshqaruv hisobi», «Audit», «Moliya», «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fanlaridan yetarli darajada ma’ruzalar tayyorlangan va talabalar ularni o‘rganishadi. Mavzu tanlanganidan so‘ng talaba kafedraning yetakchi professorlari, dotsentlari, katta o‘qituvchilari hamda ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yosh assistentlardan ilmiy rahbarlar tayinlanadi. Talabalar tanlangan mavzular bo‘yicha ilmiy raxbarlari bilan birgalikda tadqiqot rejasi va dasturini ishlab chiqadilar va ular kafedra majlisida muhokama qilinib tasdiqlanadi.
Ilmiy izlanishlar mavzulari har o‘quv yili boshida qayta ko‘rib chiqiladi, yangi dolzarb mavzular kiritiladi va tasdiqlanadi. 2004/2005 o‘quv yilidan boshlab Moliyaviy hisobning xalqaro standartlari (International Accounting standarts – IAS) va yangi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS) hamda boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlar asosida mavzular yangilanib borilmoqda. Talabalar tomonidan ham iliy maruzalar tayyorlanadi, ilmiy ma’ruzada talaba bir vaqtning o‘zida buxgalteriya hisobi, audit, moliya va tahlil uslublarini takomillashtirish bo‘yicha o‘zining taklif hamda tavsiyalarini ko‘rsatib o‘tadi. «Yosh buxgalterlar klubi» TIJ da shug‘ullanayotgan 3-bosqich talabalari tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlarni sharhlaydi. Ilmiy rahbarlar ish kunining ikkinchi yarmida talabalarga amaliy yordam beradi. Buning uchun kafedrada ilmiy, o‘quv-uslubiy va amaliy materiallar to‘plangan, shu bilan birga alohida kompyuter xonasi ham mavjud. Klubda mashg‘ulotlar har oyda ikki marta o‘tkaziladi. Har yili ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilib, unda talabalarning eng yaxshi ma’ruzalari eshitiladi va konferensiya ma’ruzalari to‘plami sifatida chop etiladi. Har bir talaba klub mashg‘ulotlarida kamida 2-3 marta ma’ruza qilgandan so‘ng, konferensiyada maruza qiladilar. Konferentsiyalarga fermerlar, agrar korxonalar buxgalterlari va auditorlar ham taklif qilinadi.
Eng dolzarb mavzu bo‘yicha tayyorlangan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ilmiy mavzular universitet ilmiy to‘plamlarida, «O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi», «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi» va boshqa jurnallarda chop etish uchun tavsiya qilinadi. Klub a’zolari boshqa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda ham ishtirok etadilar.
Kelajakda «Kichik korxona va mikrofirmalarda buxgalteriya hisobi» nomli to‘garak loyihasi tashkil etish va uning o‘quv-uslubiy materiallarini tayyorlash rejalashtirilmoqda.
Fikrimizcha, bu borada ayrim kamchiliklar ham mavjud bo‘lib, ularning hal etilishi talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini yaxshilaydi va natijada buxgalteriya hisobi bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga yordam beradi:

  • ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonini ilmiy izlanish ishlari bilan bog‘lashni rivojlantirish ;

  • buyurtmalar asosida ilmiy ishlarni tashkil etish;

  • xorij tajribalarini o‘rganish va amaliyotimizda joriy etish;

  • kompyuter va boshqa tashkiliy-texnik vositalar yetishmasligi;

  • dasturiy va ilmiy-uslubiy ta’minotni rivojlantirish va boshqalar.

Shunday qilib, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishini ilmiy salohiyat, me’yoriy-uslubiy va tashkiliy-texnik ta’minot negizida tashkil etish samarali natija beradi. Roqobatbardosh kadrlar tayyorlashni rivojlantirish bilan birga oliy talimdan keyingi talim uchun bo‘lajak katta ilmiy-xodim izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchilar zahirasini shakllantirishga yordam beradi.



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish