1.1. Ma’naviyat tushunchasi, kategoriyasi va uning tarkibiy qismlari 1.2. Jamiyat ma’naviy hayotida siyosatning o`rni va roli. Demak, ma’naviyat taraqqiyotida davlat tomonidan olib boriladigan siyosatning roli nihoyatda kattadir. Qaysi mamlakatda ma’naviyat va ma’rifatni yuksak darajaga kо‘tarish, u haqida g‘amxо‘rlik qilish davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgan bо‘lsa, о‘sha mamlakatda tinchlik, barqarorlik vujudga keladi, ilm-fan, ma’naviyat, ma’rifat va madaniyat rivojlanadi. Bu о‘z navbatida mamlakat oldida turgan turli eng murakkab muammolarni ham hal etish imkonini yaratadi. Bu holatni tо‘g‘ri anglagan mamlakatimiz rahbariyati, xususan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirishga alohida ahamiyat berib, unga rahnamolik qilib kelayotirlar. Yurtboshimizning biror nutqi, asari yо‘qki ularda u yoki bu jihatdan ma’naviyat va ma’rifat masalalariga yondoshmagan bо‘lsinlar. 1994 yil 23 aprelda «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish tо‘g‘risidagi; 1996 yil 9 sentabrdagi «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish tо‘g‘risidagi birinchi Prezidentimiz farmonlarini; О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 iyuldagi «Ma’naviy – ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora tadbirlari tо‘g‘risida» qarori; Respublika Oliy Majlisi birinchi chaqiriq tо‘qqizinchi sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi va umumiy о‘rta ta’limni isloh qilish tо‘g‘risida» qabul qilingan qonunni va boshqalarni kо‘rsatishimiz mumkin. 1.2. Jamiyat ma’naviy hayotida siyosatning o`rni va roli. Siyosat eng yirik ikki yо‘nalishga – tashqi va ichki siyosatga bо‘linadi. О‘z navbatida ular ham о‘zining bir necha tarmoqlariga bо‘linadilar. Bu yerda gap uning tarmoqlari haqida emas, balki siyosatning ma’naviyat bilan munosabatlari haqida bormoqda. Siyosat mamlakat ichki hayotida ikki yо‘nalishda olib borilishi mumkin. Ularning biri taraqqiyparvar, insonparvar, adolatli siyosat bо‘lsa, ikkinchisi adolatsiz, reaksion siyosatdir. Yaqin о‘tmishda sobiq shо‘ro davlatining mahalliy xalqlarga, jumladan о‘zbek xalqining milliy ma’naviyatiga nisbatan olib borgan adolatsiz siyosati uning ma’naviyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Natijada ma’naviy merosimiz butunlay kamsitildi. «Proletar madaniyati», «madaniyat va ma’naviyatga partiya rahbarligi», «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat», «milliy madaniyatlarning bir-biriga yaqinlashuvi va kelajakda qо‘shilib ketishi» kabi kelajagi yо‘q, sohta g‘oyalar xalqlar ongiga majburlab singdira boshlandi. Bu xalqlar, millatlar ma’naviyatiga nisbatan yuritilgan adolatsizlikka asoslangan zо‘ravonlik, siyosatidir. Bu siyosat milliy urf-odatlarga qarshi qaratilgan bо‘lib, u mahalliy xalqlar ma’naviyati va ma’naviy merosini, milliyligini kamsitish va yо‘q qilishga qaratilgan edi. Siyosatni ma’naviyat bilan bog‘lanishi tо‘g‘risida hatto sо‘z yuritilmasdi.