2.3. O`zbekistonda rahbar ma’naviyati - yangi O`zbekiston taraqqiyotining asosi.
“Bugun O'zbekiston o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo'ymoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini ta'minlash asosida O'zbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g'oya biz uchun dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda”. Darhaqiqat, 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etish orqali mamlakatimizni barcha sohalarda rivojlantirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
Bugun bir haqiqatni katta g‘urur va iftixor bilan aytishga to‘la asosimiz bor: mard va matonatli xalqimiz qanchalik qiyin va og‘ir sinovlarga duch kelmasin, o‘zining mustahkam irodasini namoyon etib, o‘zi tanlab olgan mustaqillik yo‘liga doimo sodiq bo‘lib kelmoqda.
- “Bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini ta’minlash asosida O‘zbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya biz uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Milliy yuksalish deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarishni tushunamiz.
2.3. O`zbekistonda rahbar ma’naviyati - yangi O`zbekiston taraqqiyotining asosi.
Ma'lumki, keyingi besh yil davomida mamlakatimizda keng miqyosdagi demokratik o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. “Yangi O'zbekiston” degan tushuncha real voqelikka aylanmoqda. Siz davlat boshlig'i, ana shu ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tashabbuskori va ularning markazida turgan islohotchi rahbar sifatida bu yangilanishlarning mazmun-mohiyati
Avvalo shuni aytish kerakki, o'z yurtida ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni o'z oldiga qo'ygan har qanday xalq, har qanday millat og'ir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yo'lini bosib o'tadi.
Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan o'zbek xalqi ham 1991-yil 31-avgustda muqaddas orzusiga erishdi – jonajon Vatanimiz o'z davlat mustaqilligini qo'lga kiritdi.
Nasib etsa, yana sanoqli kunlardan keyin ana shu qutlug' sananing 30 yilligini ulkan shodiyona sifatida keng nishonlaymiz.
Bu shonli bayram oldidan mamlakatimizda katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Joylarda keng ko'lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shiddat bilan olib borilmoqda. Jumladan, poytaxtimizga tutash 100 gektardan ortiq ulkan hududda “Yangi O'zbekiston” bog'i hamda betakror Mustaqillik majmuasi jadal sur'atlar bilan bunyod etilmoqda. Nasib etsa, bu yil eng ulug', eng aziz bayramimizni mana shu yangi maydonda o'tkazamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |