№
|
Magistratura talabasi tomonidan
amalga oshirilgan ishlar, tadbirlar nomi
|
Hisobot shakli va
ijro nazorati
|
Baholash
mezonlari
|
Ilmiy-pedagogik faoliyat
|
1
|
Kafedra tomonidan belgilangan fan bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlarni o‘rganish:
Namunaviy va ishchi o‘quv reja;
Namunaviy va ishchi fan dasturi;
Kalendar taqvim reja, dars xaritasi;
O‘quv-uslubiy majmua, ma’ruza matni;
O‘quv adabiyotlari, uslubiy ishlanmalar, savollar va testlar to‘rlami
|
Magistratura talabasi amalga oshirilgan barcha ishlar bo‘yicha hisobot tayyorlaydi. Hisobot kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va bayonlashtiriladi.
Magistratura talabasi
tomonidan barcha amalga oshirilgan ishlarning asoslari, hujjatlarning nusxasi majmua ko‘rinishida attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
Ayrim masalalar bo‘yicha savol-javob qilinadi.
|
Taqdim etilgan hisobot, materiallar, kafedra, ilmiy
rahbarning xulosalari va IPITIMD fani o‘qituvchisining taqrizi, savol-javob asosida har bir band 5 ballik tizimda “5” bahodan “2” bahogacha baholanadi.
|
2
|
Kafedra tomonidan belgilangan fan mavzulari bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘tishda innovatsion (pedagogik va axborot) texnologiyalaridan foydalanishni o‘rganish.
|
Mavzular bo‘yicha qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar (kamida 10 ta) bo‘yicha taqdimotlar, tarqatma materiallar.
“Ilmiy-pedagogik, ilmiy – tadqiqot va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash” (IPITIMD) fani o‘qituvchisining xulosasi.
|
3
|
Talabalar bilimlarini baholash tizimini tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minotini o‘rganish. Oraliq va yakuniy nazoratlar savollarini, testlarni tuzish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish. Belgilangan fanlar bo‘yicha talabalar uchun mustaqil ish topshiriqlarini ishlab chiqish, mustaqil ishlar qabul qilish va baholash
|
Tuzilgan oraliq va yakuniy nazoratlar savollari, mustaqil ishlarni o‘tkazish jadvali va magistratura talabasi tomonidan qabul
qilingan mustaqil ishlar kafedra tomonidan belgilangan fan o‘qituvchisi xulosasi bilan taqdim etiladi.
|
4
|
Institut yetakchi professor –o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlariga tahlilga kirish
|
Dars mashg‘ulotlari tahlili (kamida 10 soat), “IPITIMD” fani o‘qituvchisining xulosasi
|
5
|
Guruh murabbiyi yordamchisi sifatida tarbiyaviy ishlar olib borishni o‘rganish, biriktirilgan guruh bilan axborot soatlari, davra suhbatlari va boshqa ma’naviy tadbirlar o‘tkazish uchun materiallar yig‘iish, ma’ruzalar tayyorlash va tadbirlar tashkil qilish.
|
O‘tkazilgan
tadbirlarning guruh
murabbiysi va “IPITIMD” fani o‘qituvchisi tomonidan
tasdiqlangan tadbirlar
bayonnomalari va axborot soati materiallari, rasmlar taqdim etiladi.
|
O‘rtacha to‘planadigan baho
|
|
Ilmiy-tadqiqot ishlari va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
|
1.
|
Dissertatsiya mavzusi muammosi bo‘yicha gipoteza tuzish. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, ob’ekt va predmeti, ilmiy yangiligi, tadqiqot usullarini ishlab chiqish.
|
Ilmiy-tadqiqot ishlari va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash yuzasidan magistrning hisoboti. Dissertatsiya mavzusi kirish qismi taqdimoti, ilmiy seminarda ma’ruza qilinganligi to‘g‘risida ilmiy seminar fani o‘qituvchisining va ilmiy rahbarning taqrizi.
|
Taqdim etilgan hisobot, taqdimot materiallari, kafedra, ilmiy
rahbarning xulosalari va ilmiy seminar o‘qituuvchisining taqrizi, savol-javob asosida har bir band 5 ballik tizimda “5” bahodan “2” bahogacha baholanadi.
|
2.
|
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy adabiyotlar va internet resurslari asosida ularning sharhini tayyorlash
|
Ilmiy adabiyotlar va internet resurlari asosida dissertatsiya mavzusining o‘rganilganlik darajasi, nazariy tushunchalari va metodologik masalalari taqdimot qilinadi, ilmiy seminarda ma’ruza qilinganligi to‘g‘risida ilmiy seminar fani o‘qituvchisining va ilmiy rahbarning taqrizi..
|
3.
|
Dissertatsiya ishi 1 bobining dastlabki variantini tayyorlash, ilmiy rahbarning taqrizi va kafedra yig‘ilishining xulosasi olish.
|
Dissertatsiyaning 1 bobining dastlabki bosma varianti, ilmiy rahbar taqrizi, kafedra yig‘lishining bayonnomasidan ko‘chirma ketiriladi.
|
4.
|
Kafedra ilmiy seminarlarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ma’ruzalar bilan qatnashish, mustaqil topshiriqlarning bajarilishi.
|
Ilmiy seminar fani o‘qituvchisining taqrizi
|
5
|
Tadqiqotlar natijalarini chop etish
|
Ilmiy jurnallarda va konferensiyalarda chop etilgan maqola va tezis
|
|