Rinoskopiyada (oldingi va orqangi rinoskopiyada) quyidagi o`zgarishlar bo`ladi: Burun bo`shligi shilliq qavatlari quruqshagan, yupqalashgan,rangi xiralashgan, chiganoqlarni xajmi kichraygan, burun yo`llari kengaygan va qo`yiq, yopishqoq shilimshiq ajralma yoki oq kulrang qasmoklar bilan to`lgan. Sassik tumovdan farqi bu qasmoklar xidsiz bo`ladi. Burun medial devorini kirish qismida shilliq qavatlar keskin yupqalashib, xatto teshilib qolishi xam mumkin. Bunday atrofik jarayon qo`shni a`zolarni shilliq qavatlariga tarqalib (eshituv nayi, burun ko`z yoshi yo`li, ҳalqum, xiqildok) ularda xam atrofik o`zgarishlar keltirib chiqarish mumkin.
Davolash: Atrofik tumovni davolashdan avval uni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash va ularni bartaraf qilishdan boshlash zarur. Buning uchun davolashnizarali chiqindilar bilan ishlaydigan joylarda sharoitlarni yaxshilash yoki ish joyini o`zgartirishdan boshlanadi. Bemorda boshqa yo`ldosh kasalliklarni (burn va burun yondosh bo`shliqlarini surunkali yalligliglanishlari,oshqozon – ichak yo`llari kasalliklari) bartaraf etish zarur.
Davolash umumiy va maxalliy chora tadbirlar qo`llashdan iborat bo`ladi. Umumiy davolar asosan bemorda yod va mikroelementlarni almashinuvini meyorga etkazish maqsadida, ichgani 3% kaliy yod eritmasidan 15 tomchidan, kuniga 3 maxal, temir preparatlari (ferrotseron,ferropleks), vitaminlarni A, V, D guruxlari tavsiya qilinadi SHilliq osti bezlarini faoliyatini qo`tarish maqsadida biostimulyatorlar (aloe, gumizol’, peloidin, va boshkalar) maxalliy shilliq qavatlari ostiga in`ektsiya xolida yuboriladi.
Maxalliy davolardan: burun bo`shlig’ini qasmoqlardan tozalash uchun turli yoglar (vazelin,shaftoli,o`rik,namatak moylari) shimdrilgan dokali pliklar burun bo`shligiga 1-1,5 soatga qo`yiladi. Qasmoqlar yoglar ta`sirida yumshab qolgandan so`ng antiseptik suyuqliklar bilan shprits yordamida yuvib tozalanadi, so`ngra turli dori moddalari (balig yogi, aloe, kallanxoe sharbatlari) shimdrilgan dokali piliklar kuniga bir maxal 2-2,5 soatga qo`yiladi. Burun ichiga turli dorilardan (aloe, tripsin, peloidin, gumizol) elektroforez va ingolyatsiyalar qilinadi. Mikroblarga qarshi ta`sir etishi uchun burunga yodinol eritmasi shimdirilgan tampon kuniga ikki maxal 1,5-2 soatga qo`yiladi.
Burun shilliq qavati Lyugol’ eritmasi bilan kuniga 2 maxal 10-15 min. massaj qilinadi, bu davoning samarasi yaxshiligi shundaki, bir tomondan yod shilliq qavatlarga qo`gatuvchi ta`sir etsa, ikkinchi tomondan massaj qilinganda shilimshiq ishlab chiqaruvchi bezlarni faoliyati 2-2,5 marotabaga yaxshilanadi.SHilliq qavatlarni trofikasini yaxshilash maqsadida yoglarga tokoferol, retinol qo`shib, qo`llash yaxshi natija beradi, shuningdek shu maqsadda oblepixa moyi 1: 2 nisbatda shaftoli moyi aralashmasi bilan birga ishlatilishi xam kutilgan natijalarni beradi. Keyinchalik shilliq qavatni yaxshi xolatini saqlash va qisman shilliq osti bezlarini faoliyatini kuchaytirish maksadida uzum sharbati, aloe sharbati, 3-5% li mumiyo eritmasi va 2% propolis eritmasi shimdrilgan tamponlar 10 kun davomida kuniga ikki maxal 2-2,5 soatga qo`yiladi.
Seravodorodli shifobaxsh balchiq bilan davolashda burun yoki burun yon bo`shliqlari soxasiga balchiqli applikatsiyalar qo`yish bilan amalga oshiriladi. Balchiq bilan davolashda umumiy (ayniqsa serovodorodli) vannalarni, maxalliy tozalovchi yoki sul’fidli ingalyatsiyalar bilan almashtirib qo`llash davolash samarasini oshiradi. SHilliq shilliq osti qavatni faoliyatini ko`tarish maqsadida 0,5 ml. aloe sharbati kun ora, 8-10 kun davomida burun tubining shilliq qavatlar ostiga yuboriladi. Atrofik rinitlar qanchaliq ogir va uzoq davom etsa davolashni xam shunchalik ko`p marotaba qayta-qayta amalga oshirish zarur.
Bemorlarga iqlimi mo`tadil va xavosi namli dengiz bo`ylarida dam olish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |