Burg'ulash va portlatish ishlari loyihasi to'g'risida ma'lumot Reja



Download 42,38 Kb.
bet1/2
Sana26.11.2022
Hajmi42,38 Kb.
#873080
  1   2
Bog'liq
MA’ruza №11. Burgulash va portlatish ishlariga tayyorgarlik uchu


Burg'ulash va portlatish ishlari loyihasi to'g'risida ma'lumot
Reja



    1. YOppasiga portlatishga tayyorgarlik uchun zarur xujjatlar

    2. BPI uchun loyixaviy hujjatlar




    1. YOppasiga portlatishga tayyorlash uchun zarur hujjatlar.

    1. Kombinatning ochiq kon ishlarida burg‘ulash va portlatish ishlari (BPI)ni olib borish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • PI ni o‘tkazish grafigi;

  • BPI ning namunaviy loyihasi;

  • YOppasiga portlatish loyihasi;

  • YOppasiga portlatishni o‘tkazishga buyrug‘i.

    1. PI ni olib borish grafigi har bir kon boshqarmasida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bo‘lim nomi va yoppasiga PI o‘tkaziladigan hafta kunlari va soatini. PI ni olib borish grafigi BPI bo‘yicha bosh mutaxassis tomonidan ishlab chiqiladi va kon boshqarmasining bosh muhandisi (kon ishlari bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Undan so‘ng bo‘limning PI bo‘yicha rahbari bu grafik bilan kon-transport kompleksi (avtoxo‘jalik, kon ishlarini mexanizatsiyalash sexi, kon-shaxta qurilmalarini yig‘ish (montaj qilish) va tamirlash sexi) rahbarlarini va xavfli zona radiusida ish yurituvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarini tanishtirishi va imzo qo‘ydirib tanishtirishi lozim.

    2. BPI ning namunaviy loyihasi har bir kon boshqarmasida konni (yoki uning uchastkasini) qazib olish bo‘yicha tasdiqlangan loyiha, kombinatda o‘tkaziladigan eksperimental (tajriba) va sanoat portlatish ishlari natijalari, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, o‘xshash shart-sharoitlarda ishlab chiqarish tajribalariga asoslangan holda tuziladi (ishlab chiqiladi). BPI ning namunaviy loyihasi BPI bo‘yicha bosh mutaxassis tomonidan kon boshqarmasining ishlab chiqarish-texnik bo‘lim boshlig‘i, bosh geolog, bosh marksheyder, bosh mexanik, bosh energetik, bosh muhandis bilan kelishilgan holda tuziladi va kon boshqarmasining bosh muhandisi (kon ishlari bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy loyiha kon boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilinadi va aniq sharoitlarda yoppasiga portlatish loyihalarini ishlab chiqish uchun asosiy (baza) hujjat hisoblanadi.

    3. BPI ning namunaviy loyihasida quyidagilar ko‘rsatiladi: tog‘ jinslarining qisqacha geologik va gidrogeologik tavsifi (xarakteristikasi); ularning qattiqlik, yoriqlilik, burg‘ulanuvchanlik, portlanuvchanlik bo‘yicha tasnifi (klassifikatsiyasi); kon massivining ko‘ndalang kesimi; burg‘ulash uskunalari (stanoklari) va dolotalar turlari (tiplari); PM va Initsiyalovchi vositalar turlari; zaryadlarni va jangovar patronlarni, oraliq detonatorlarni initsiyalash usullari; pog‘onalarda portlovchi skvajinalarni joylashish parametrlari; portlatish to‘ri (setkasi) parametrlari; pog‘onalar balandligi; skvajina chuqurligi va diametri; portlatishning hisobiy ko‘rsatkichlari; PM ning solishtirma sarfi; 1 pogonometr skvajinadan kon massasi chiqishi; bino va inshootlar, yer osti kon lahimlari va karyer bortlarigacha seysmik xavfsiz masofani hisoblash uslubiyoti (metodikasi); zarbli havo to‘lqini tasiri va alohida bo‘laklarning uchib chiqishidan xavfsiz masofani hisoblash uslubiyoti (metodikasi); sekinlatish intervali (oralig‘i, vaqti)ni hisoblash uslubiyoti va qabul qilingan intervallar; portlatish setkasini yig‘ish (montaj qilish) sxemasi; PM zaryadlari, BPI ni mexanizatsiyalash vositalari hisobi; qo‘llaniladigan portlatuvchi va nazorat-o‘lchov asboblari. BPI ni tashkil etishda xavfsizlik choralari, PI ni o‘tkazish haqida ogohlantirish (xabar berish) tizimi, insonlarni xavfli zonadan tashqariga chiqarish tartibi, portlamay qolgan zaryadlarni zararsizlantirish (likvidatsiya otkazov) tartibi aniq chora-tadbirlari ko‘rsatiladi.

    4. YOppasiga portlatish loyihasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • YOppasiga portlatishni o‘tkazish tartibi;

  • Situatsion plan (joylashish rejasi, plani);

  • Bloklarni zaryadlash uchun loyihalar;

  • Noo‘lcham bo‘laklarni (xarsangtosh, nogabarit) maydalash pasporti.

    1. YOppasiga portlatishni o‘tkazish tartibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: portlatish sanasi, joyi va vaqti; PMat umumiy hisobiy miqdori; initsiyalash usuli; xavfli zonada joylashgan obyektlar va ularning zararlanishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar; konlarni bir vaqtning o‘zida ham ochiq usulda ham yer osti usulida qazib olishda ochiq va yer osti kon ishlarida ishlovchi xodimlarni xavfsizligini taminlash bo‘yicha chora-tadbirlar; PI ni olib borishda (o‘tkazishda) xavfsizlikni taminlashga javobgar shaxslar ro‘yxati (perechen); portlatish ishlari olib boriladigan hududda PI ni o‘tkazgandan so‘ng, odamlarga hududga kirish uchun ruxsat berish tartibi.

YOppasiga portlatishni o‘tkazish tartibi Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha muhandis tomonidan tuziladi va rudnik(karyer)ning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.

    1. Situatsion plan quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1:10000 yoki 1:5000 masshtabda kon ishlarining holati; portlatiladigan bloklar konturlari (chegaralari); insonlar va uskunalar uchun xavfli zona chegaralari; xavfli zonaga tushib qoluvchi elektr uzatish tarmoqlari, statsionar (qo‘zg‘almas) kommunikatsiya inshootlari; xavfli zonani qo‘riqlash postlari joylashish o‘rni; portlatish stansiyasi, portlatish apparatlari, portlatishni boshqaruv pulti, portlatish priborlarini o‘rnatish joyi. Situatsion planni Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha muhandis tayyorlaydi, BPI bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari tekshiradi, rudnik (karyer) bosh muhandisi tasdiqlaydi. Situatsion plan bilan kon ishlari, burg‘ulash, portlatish ishlari uchastkalari rahbarlari, shuningdek, xavfli zonani qo‘riqlashni amalga oshiruvchi shaxslar tanishtirilishlari shart.

    2. Blokni zaryadlash uchun loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Blokning texnik hisobi;

  • Portlovchi skvajinalar joylashishi va portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi;

  • Blokning tuzatilgan (to‘g‘rilangan) hisobi;

  • Blokni zaryadlashga tayyorligi to‘g‘risida dalolatnoma.

    1. Blokning texnik hisobi, portlovchi skvajinalar joylashishi va portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi rudnik (karer) ning Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha muhandisi tomonidan ikki nusxada tuziladi va rudnik(karer)ning bosh muhandisi (BPI bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Portlovchi skvajinalar joylashishi va portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi marksheyder tomonidan imzolanadi. Portlovchi skvajinalar joylashishi va portlatish to‘rini yig‘ish sxemasini, blokning texnik hisobini tuzishga quyidagilar asos bo‘ladi:

  • PI da YAgona xavfsizlik qoidalari;

  • BPI ning namunaviy loyihasi;

  • Portlatiladigan blok to‘g‘risida geologik va gidrogeologik malumotlar;

  • Blok to‘g‘risidagi marksheyderlik malumotlari (materiallari);

  • Ilmiy-tadqiqot ishlarining tavsiyalari(rekomendatsiya);

  • Avvalgi portlatish ishlari natijalari.

    1. Blokning texnik hisobi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Umumiy malumotlar: pog‘onaning o‘rtacha balandligi, skvajinalar diametri va soni, perebur uzunligi, portlatiladigan kon massasi hajmi, PM solishtirma sarfi;

  • Geologiya va gidrogeologiyasi;

  • Talab etiladigan PMat hisobiy miqdori;

  • Skvajinalar joylashish sxemasi (setkasi), ko‘ndalang profil va zaryadlar konstruksiyasi;

  • PI ni olib borishda bino va inshootlargacha seysmik xavfsiz masofa hisobi;

  • Zarbli havo to‘lqini tasiri bo‘yicha xavfsiz masofa hisobi;

  • Alohida bo‘laklarning uchib chiqishi bo‘yicha xavfsiz masofa hisobi;

  • Portlatish setkasini elektr hisobi;

  • Tuzatish kiritilib to‘g‘rilangan xavfsiz masofalar.

    1. Portlovchi skvajinalar joylashishi va portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: skvajinalarning joylashish nuqtalari, blokning, gorizontlarning raqami, portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi, sekinlatish oralig‘i (intervali) qiymatlari, qo‘llaniladigan Initsiyalovchi Vositalar turlari, sekinlatish bosqichlari soni, Taqsimlovchi punktni(RP) ulash joylari, portlatish to‘ridagi zaryadlarni initsiyalash usullari, blokdagi portlovchi skvajinalar soni, taqiqlangan hudud o‘lchamlari, blokning asosiy parametrlari (skvajinalar joylashish to‘ri, pog‘onaning o‘rtacha balandligi, blok bo‘yicha skvajinalarning o‘rtacha chuqurligi, perebur uzunligi, blok hajmi), taqiqlangan zona (hudud) chegarasidagi portlatiladigan pog‘ona va yuqori pog‘onaning ostki va ustki brovkalari.

    2. To‘g‘rilovchi hisob-kitob quyidagilarni o‘z ichiga oladi: blok, gorizontlarning raqami, burg‘ulash uskunasi raqami, blokdagi skvajinalar soni (loyihaviy va haqiqiy), pog‘onalar balandligi va skvajinalardagi suv sathi, portlovchi skvajinalar to‘ri va diametri, bitta skvajinaga PM sig‘imi va miqdori, oraliq detonator og‘irligi va uning skvajinada joylashuvi, skvajinada zaryad va zaboyka uzunligi, skvajinalardagi PM ning umumiy og‘irligi (loyihaviy va haqiqiy), portlatiladigan kon massasi hajmi, qo‘llaniladigan initsiyalovchi vositalar, PM turi va ularning umumiy miqdori, alohida shart-sharoitlar (zaryadlash boshlangandan so‘ng suv kelib tushishining ko‘payishi bilan bog‘liq holda alohida skvajinalardagi PM miqdorini qayta hisoblab chiqish, blokdagi skvajinalar sonini oshishi va shu kabilar). To‘g‘rilovchi hisob-kitob rudnik(karer)ning Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha muhandis yoki PI uchastka boshlig‘i tomonidan marksheyderlik xizmati malumotlaridan olingan zaryadlashga tayyorlangan blokning haqiqiy parametrlariga asoslangan holda ikki nusxada tuziladi va rudnik (karer)ning bosh muhandisi (BPI bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. To‘g‘rilovchi hisob-kitobning alohida shart-sharoitlari rudnik(karer)ning bosh muhandisi (BPI bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari) tomonidan qaytadan tasdiqlanadi. To‘g‘rilovchi hisob-kitobning haqiqiy qiymatlari loyihadagidan oshib ketadigan bo‘lsa, PI uchastka boshlig‘i bevosita zaryadlash vaqtida skvajinalar soni hamda skvajinalar va blok bo‘yicha zaryad og‘irligining haqiqiy qiymatini kiritib boradi.

    3. Blokni zaryadlashdan oldin burg‘ulash ishlari va PI uchastkalari boshliqlari birgalikda “Blokni zaryadlashga tayyorligi to‘g‘risida dalolatnoma” tuzishadi.

    4. YOppasiga portlatishni o‘tkazishga tayyorlash ishlarida rudnik (karer)ning Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha muhandisi portlatishning karyer ichkarisida joylashgan inshootlarga, ko‘chma elektr uzatish tarmoqlari (LEP), elektr qurilmalari va kon uskunalariga tasir zonasini aniqlaydi. PI tasir etuvchi xavfli zonada mavjud elektr uzatish tarmoqlari, elektr qurilmalari va kon uskunalarining joylashuv o‘rinlari karyer kon ishlari jamlovchi (yig‘uvchi, yig‘ma) planiga kiritiladi va portlatishdan kamida ikki kun oldin (undan kechiktirmasdan) rudnik (karer)ning bosh energetigiga taqdim etilishi kerak.

    5. Har bir yoppasiga portlatishni amalga oshirish uchun kon boshqarmasi bo‘yicha “YOppasiga portlatishni bajarishga (o‘tkazishga) buyruq” berilishi kerak. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: portlatish vaqti va joyi; PM hisobiy miqdori; yoppasiga portlatishga masul (javobgar) rahbar familiyasi; obyektlari xavfli zonaga tushib qoluvchi korxona (tashkilot)lar va alohida shart-sharoitlar. YOppasiga portlatishni bajarishga (o‘tkazishga) buyruq loyihasi BPI ni olib boruvchi rudnik (karer)ning Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha muhandisi tomonidan rudnik (karer)ning BPI bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari (kon ishlari bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari) rahbarligi ostida tuziladi va yoppasiga portlatishdan kamida ikki kun oldin (undan kechiktirmasdan) kon boshqarmasi bosh muhandisi tomonidan imzolanadi. U bo‘lmagan hollarda esa kon boshqarmasining kon ishlari bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. YOppasiga portlatishni bajarishga (o‘tkazishga) buyruq bilan portlatishdan kamida bir sutka oldin (undan kechiktirmasdan) ob’ektlari xavfli zonaga tushib qoluvchi korxonalar rahbarlari tanishtirilishlari shart. Konni bir vaqtning o‘zida ham ochiq ham yer osti usulida qazib olishda YOppasiga portlatishni bajarishga (o‘tkazishga) buyruq bilan shaxta rahbari ham tanishtirilishi shart.

    6. Kon boshqarmasining boshqa bo‘limi yoki boshqa tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatuvchi obyektlari (elektr uzatish tarmoqlari, suv quvurlari, podstansiya, zavodlar, temir yol transporti yollari, qo‘zgalmas (statsionar) burg‘ulash qurilmalari va shu kabilar)ga yaqin joylarda PI shu korxonalar va tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda olib borilishi kerak.


    1. Download 42,38 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish