. АБШ—1 sharoshkali burg‘ilash stanogi.
АБШ rusumidagi stanok ham yerosti sharoshkali burg‘ilovchi mashinalarga mansub bo‘lib, o‘ziyurar platforma 1 ga ega (26- rasm). Platformaga aylantiruvchining yuritmasi, gidroyuritma 2 va boshqarish 3 mexanizmi joylashtirilgan. Shpindel 4 uzatuvchi- ning gidrosilindri 5 bilan sharnirli birlashtirilgan va bo‘ylama o‘qda aylanishi mumkin, shuning uchun bitta stanok yordamida vertikal tekislikda bir necha skvajinalarni burg‘ilash imkoniga ega. Shpin- del reduktorini yerosti lahimlarida vintli tirgak 6 kolonka orqali qo‘shimcha mahkamlangan.
Pnevmouzatkichli aylanib burg‘ilaydigan stanoklar, odatda, drob — pitra, keskich yoki olmos koronkalar bilan burg‘ilashda ishlatiladi. Lekin yerostida drobli koronka bilan burg‘ilash nis- batan kam qo‘llaniladi.
Reykali uzatkichli stanoklar ishonchli konstruksiyaga ega bo‘l- gani uchun, drobli, keskich (резец)И va olmosli koronkalar bilan burg‘ilashda ishlatilib kelinmoqda. Ularda uzatish kuchi 500 kgk dan oshmaydi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
R R -jr, kgk,
bu yerda: Rr — uzatuvchi richagga ishchi tomonidan ta’sir kuch (Rr< 15—20), kgk; / — uzatuvchi richag uzunligi, sm; rsh — reykali uzatkich shesternasining o‘rtacha radiusi, sm.
Keyingi yillarda titrab-aylanib burg‘ilovchi stanoklarni qo‘llash sohasida katta ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu stanoklarning oldingi stanoklardan farqi, ishchi organiga aylanish momenti, uzatish kuchidan tashqari yana titrash kuchi berilib, bu tog‘ jinsini buzish samaradorligini oshiradi.
Titratish ishchi organiga unga mahkamlangan elektr, pnevmatik yoki gidravlik yuritmasi bo‘lgan titratkich o‘rnatib amalga oshiriladi. Vibroburg‘ilash hozircha eksperimental izlanish bos- qichida bo‘lib, olingan natijalar, bu usulning istiqbolli ekanligini ko‘rsatmoqda.
HKP—100M burg‘ilash agregati burg‘ilash stanogi 4 (HKP— 100M toifali) aylantiruvchi va uzatuvchi mexanizmlari, cho‘kti- rilgan pnevmozarb 6, skvajinaning ichida ishlaydigan salnigi 13 bilan shtanga 3, avtomoydon 1, yuk ko‘taruvchi chig‘ir 7 va tirgakli kolonka 5 dan tashkil topgan (27-rasm). Zarb-aylanma burg‘ilash chig‘irlari pnevmoenergiya yoki pnevmozarb va elektryuritma bilan harakatga keltiriladi.
Burg‘ilash stanoklari konstruksiyasiga qarab aylanib burg‘ilay- digan, pnevmatik uzatuvchisi bo‘lgan stanoklarga o‘xshash bo‘ladi, lekin rejimi mos kelganda skvajinani keskichli va olmosli koronka bilan burg‘ilashi mumkin.
Stanokka elektr yoki pnevmoyuritma o‘rnatilishi mumkin. Pnevmoyuritmaning o‘rnatilishi burg‘ilash asbobining aylanish tez- ligini rejalash imkonini beradi, ishda xavfsiz, lekin FIK past va shovqini nisbatan kuchli bo‘ladi. Amalda uzun yurish uzatuvchi 1000—1200 mm)li, ya’ni yurish yo‘li shtanga uzunligiga teng, masalan БА—100 stanogida yurish yo‘li qisqartirilgan (400 mm gacha) (HKP—100 va HKP—100M).
HKP—100M stanogining asosiy qismlari yo‘naltiruvchi shtangada 14 uzatuvchi qo‘zg‘aluvchi patron 8, reduktor 9 va pnevmoushlagich bilan birga qo‘zg‘aluvchi patron, dvigatel 10, boshqaruv pulti 11 dan iborat (28-rasm). Uzatuvchi qo‘zg‘aluvchi patron 2 reduktor 15—16 (shesternalar bilan), pnevmoushlagich 17 va stanokning o‘qiga parallel bo‘lgan ikkita yo‘naltiruvchi shtangadan iborat.
Qo‘zg‘almas patron 1 shesternali 10—11 bir pog‘onali reduktor- ning korpusiga o‘rnatilgan dvigatel 4 va pnevmoushlagichdan 12 tashkil topgan. Aylanuvchi moment dvigateldan, planetar reduktor 13 dan shlitsali o‘qqa 14, undan shesterna 10—11, pnevmoushlagich va shesterna 15—16 orqali qo‘zg‘aluvchi patron 2 hamda pnevmoushlagich 17 ga uzatiladi. Shunday qilib, aylanuvchi moment dvigateldan shtanga 18 ga va pnevmozarb 19 ga uzatilishi mumkin yoki qo‘zg‘almas patronning pnevmoushlagichi orqali va qo‘zg‘aluvchi pnevmoushlag‘ich orqali uzatilishi mumkin. Uzatuvchisining shtogi yuruvchi patron 2 ga ulangan ikkita pnevmosilindr 3 ko‘rinishida bajarilgan. Diafragmalar 7 va 5 porshenga o‘xshab siqilgan havo hisobiga qisuvchi plashkani su- radi. Siqilgan havo galma-galdan yo‘nalishini o‘zgartirib turadi. Shtangani burg‘ilash jarayonida avtomatik uzatish qo‘l bilan qo‘shimcha boshqariladigan maxsus havotaqsimlagich yordamida amalga oshiriladi.
Xulosa
Ishchi yurishida, burg‘ilash vaqtida, siqilgan havo kameraga 8 va 20 kiradi. Bunda yuruvchi patron 2 ning siquvchisi 17 shtangani siqib, unga aylanish momentini uzatadi va silindr 3 ta’sirida zaboyga uzatadi, pnevmoushlagich 12 esa bo‘shatiladi va shtangani bemalol qo‘yib yuboradi.
Qo‘zg‘aluvchi patron yurib oxirgi holatiga yetganda, havotaq- simlagichni qayta ulaydi va siqilgan havo bo‘shliqqa 6 va 9, shu- ningdek, pnevmouzatgich silindrining bo‘shlig‘iga o‘tadi. Bu holda burg‘ilash shtangalari ushlagich 12 bilan qisib, o‘q bo‘yicha qo‘zg‘alishdan ushlab qoladi va unga aylanish momentini uzatadi, ushlagich 17 esa bo‘shashadi va qo‘zg‘aluvchi patron uzatuvchi orqali orqaga suradi. Oxirgi orqa holatida yana havotaqsimlagich qayta o‘zining oldingi holatiga ulanadi va orqa patron orqali kuch va aylanish momenti berib burg‘ilash davom etadi. Zarb-aylanma va burg‘ilash agregatlarining ko‘pchiligi diametri 105 mm bo‘lgan skvajina burg‘ilashga mo‘ljallangan, skvajinaning chuqurligi 3550 m, siqilgan havoning bosimi 5-6 kgk/sm2, suvning bosimi 6-8 kgk/sm2, tog‘ jinsining qattiqlik koeffitsiyenti f = 8-18 bo‘l- ganda burg‘ilash unumdorligi 6-20 m/sm, suvning sarfi 10-20 l/min ni tashkil etadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |