Quvur tutqichlar
Quvur tutqichlar quduqdan silindr shakliga ega bo‘lgan quvurlarni va boshqa predmetlarni tashqariga chiqarishga mo‘ljallangan. Undan tashqari bu tutqich yordamida quduqdan chiqarilayotgan burg‘ilash quvurlar birikmasining istalgan joyidan tutish mumkin. Konstruktsiya bo‘yicha quvur tutqichlar tsingali va plashkali bo‘ladi. Chiqarilayotgan quvurlarning Yuqori qismiga kirgiziladigan tsingali kuvur tutqich quvurning xamma yuzalarni bir tekisda ushlaydi.
Paloshkali quvur tutqichlarning ushlash darajasi va ishonchliligi paloshkalar konstruktsiyasiga va uning korpusda joylashish holatiga bog‘liq. Quvur tutqichlar ichki va tashqi quvur tutgichlarga bo‘linadi. Burg‘ilash va nasos kompressor quvurlarni tashqariga chiqarish uchun ichki kuvur tutqichlar markazlashtiruvchi moslamalar bilan komplektlanadi. Quvur tutqichlar quduqga quvurlarda tushiriladi. Uni talab qilingan chuqurlikga o‘rnatib, nasos ishga tushiriladi. Keyin Yuvish suyuqligi bosimi ta’sirida porshen prujinani siqib pastga harakatlantiradi. Ular bilan birga shtok, zulfin (palets), tyaga va plashkalar ham pastga tushadi. Plashka quvur tutqich korpusining konussimon qismi bo‘yicha sirpanib avariya quvurini ushlab oladi. Quvur tutqichlar konstruktsiyasiga, bajaradigan ish maqsadga, texnik xarakteristikasiga qarab bir necha turlarga bo‘linadi.
a) quvurning ichidan tutkich quvurlarni ichidan tutkich-quduqdan bir xil ariqchaga ega, diametri 140 mm va undan kattaroq bo‘lgan mustahkamlovchi va burg‘ilash quvurlarini chiqarishga mo‘ljallangan.
Frezerlar
Frezerlarning tashqi shakliga va bajaradigan ishlarining xarakteriga qarab quduq tubili-frezer, tortsali frezer, frezer rayber va xalqali frezer kabi turlarga bo‘linadi.
a) Quduq tubili frezer
Quduq tubili frezer – quduqda qolgan metall predmetlarni yemirishga va qirindiga aylantirishga xizmat qiladi. Quduq tubili frezer va uning korpusi (OST – 26 – 02 – 110 – 74 GOST 1050 – 74 bo‘yicha) 40-nchi markali po‘latdan tayyorlanadi.
Uning tortsa qismi VK-8 markali metall keramik qattiq qotishmasiga kesuvchi plastik bilan qoplangan va armirlangan.
Ulovchi qulfli rezbasi GOST 5282-75 bo‘yicha yasalgan.
Odatda, frezer o‘ng va so‘l ulovchi rezbali qilib tayyorlanadi.
9.5-rasm. Quduq tubili frezerning umumiy ko‘rinishi.
b) Magnitli frezer
Quduq tubidan ferromagnit xossada ega bo‘lgan yirik metall predmetlarni tashqariga chiqarishga xizmat qiladi. Magnitli frezerning magnit kuchi bilan tutuvchi MF va magnit-qopqon tutqichli MTF turlari mavjud. (8.10 rasm). Magnitli frezerlarning diametri quduq diametridan 20-60mm kichik bo‘ladi. Magnitli frezerlar quduqga burg‘ilash quvurlarida tushiriladi.
9.6-rasm. Konussimon quvurli frezerning umumiy ko‘rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |